Iogan sebastyan bax ijodi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana25.06.2021
Hajmi0,75 Mb.
#101522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Bax haqida

Organ  xoral  prelyudiyalar  protestan

1

  xorallar  asosida  kompozitor  bilan  yaratilgan. 



Olmoniyadagi  islohot  protestan  xoral  janrini  sahnaga  ko„tardi.  Xoral  (xorli  kuylash)-

                                                                 



1

Protestantizm-xristianlikda, xususan katolik cherkovidan ajralib chiqgan yо„nalish. Eng 

avvalo bu yо„nalish Olmoniya bilan bog„liq bо„lib XVI asrda katolik cherkoviga qarshi 

Isloxot  markaziga  aylandi.  Protestanlik  shuningdek,  nafaqat  diniy  oppozitsiya  balki 



cherkov  xizmatlariga  kiritilgan  rasmiy  an‟anaviy  va  qoidalashtirilgan  kuylash 

yo„llarining  umumiy  nomidir.  Katolik  cherkovida  bir  ovozda,  lotin  tilida  ijro  etiluvchi 

xoralga qarama qarshi protestan xorali taqqoslangan. 

Nemis  yerlarida  Genrix  Geyni  ta‟rifida  “Islohot  marselezasi”  deb  atalgan  bu  xoralning 

birinchi  namunasi  sifatida  Dehqonlar  urushi  (1524-1526)da  ilb  bor  yangragan  “Xudo-

bizning  tayanchimiz!”  asari  hisoblanadi.  Taxmin  qilishicha  uning  muallifi  Olmoniyada 

islohotni  rivoji  va  targ„ibotiga  katta  ulushini  qo„shgan,  islohot  otaxoni  Martin  Lyuter 

qalamiga mansubdir. Uning nomi bilan bu yo„nalish tarixda Lyuteranlik nomi bilan ham 

nom  qozondi.  Lyuter  musiqaga  katta  e‟tibor  berib,  ko„plab  diniy  aytimlarning  matn 

muallifi sifatida ham tanilgan. 

Lyuter  va  uning  safdoshlari  (eng  avvalo  –  Tomas  Myunser)  oddiy  nemis  xalqi  cherkov 

xizmatini  tushunishi  uchun  uni  nemis  tilida  olib  borilishini  talab  qilib  bunga  erishdilar. 

Tabiiyki  cherkov  xizmatga  kelgan  oddiy  xalq,  shahar  aholisi  ham  xorallarni  ona  tilida, 

xalq  ichida  mashhur  bo„lgan  kuy  va  qo„shiqlarga  solib  ijro  etishadi.  Mashhur  kuy 

ohanglar yangi matn va ijro etish  sharoitida o„zgarib, yangicha tusda, to„rt ovozli tizimda 

yangraydi.  O„z  navbatida  to„rt  ovozli  tizim,  akkorlarga  intilgan,  o„rta  ovozlari 

xarakatchan,  ovozlarni  bir  tekkisli  harakati  bilan  gavdalanadi.  Xoralni  ilk  palladagi  ijro 

etish an‟analariga ko„ra kuy tenor ovozida, kechroq esa soprano ovoziga o„tib boradi. O„z 

navbatida bu xoralni oson qabul va idrok etish, organ jo‟rligida yengil ijro etishga zamin 

yaratib berdi. 

Nemis  kompozitorlari  va  ijrochilari  protestant  xoraliga  o„z  nigohlarini  ko„p  murojaat 

qilib  ularni  qayta  ishlash  borasida  turfa  ko„rinishlarni  yaratdilar.  Tabiiyki  I.  S.  Bax 

bunday  bebaho  nemis  yodgorligiga  befarq  qolmadi  va  avvalgi  kompozitorlar  erishgan 

yutuqlari zaminida o„zining yorqin talqinida namoyon qildi. 

O„zining organ xoral prelyudiyalarida xoralning asosiy kuy yo„li va uning kuychanligini 

saqlab  qolishga  intilgan.  Natijada  aynan  shu  janr  kompozitor  bisotining  vokal  va  organ 

musiqa  o„rtasida  bog„lash  rishtasiga  aylandi.  Baxning  organ  prelyudiyalarining 

emotsional  rang  bo„yoqlari  avval  uning  asosiga  olingan  shoirona  matnlar  mavzuidan 

kelib  chiqadi:  bu  tantanalik  va  g„amgin  lirika,  quvonchli  parvoz  va  diniy  sajdagohlik. 

Ammo asarlarning timsoliy doirasi qanday bo„lishidan qatiy nazar ular o‟zining soddaligi 

va  tabiiyligi,  shu  bilan  birga  chuqur  ahamiyatlik  va  oliyjanobligi  bilan  ajralib  turadi; 

ixcham  shakl  va  kamer  jarangdorlik-tembr  turfaligi,  koloritning  rang  barangligi  va 

nafisligi, kuy ovozining hukum surishi,uning yaxlitligi, go„zalligi, kuychanligi, ifodaviy 

hamnafas  ovozlar,turli  registrlarning  tasodifiy  va  ifodaviy  birkmalari.  Bularning  bari 

janrining eng namunaviy misoli I. S. Baxning Fa minor Prelyudiyasi uchun hosdir. 


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish