Kiberxavfsizlik. Kiberxavfsizlik deganda, elektron ma'lumotlarning maxfiyligini va buzilish yoki o'g'irlikdan saqlanishini ta'minlash choralari tushuniladi. Bundan tashqari, ushbu qurilmalar va ma'lumotlar noto'g'ri ishlatilmasligiga ishonch hosil qilish uchun foydalaniladi. Kiberxavfsizlik dasturiy ta'minotga ham, qo'shimcha qurilmalarga ham, Internetdagi ma'lumotlarga ham tegishli bo'lib, shaxsiy ma'lumotlardan tortib murakkab davlat tizimlariga qadar himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Kompyuter tizimiga tahdidlar hujum qilish uchun ishlatiladigan usul bo'yicha tasniflanadi. Kiberhujumlarning ko'p turlari mavjud bo'lsa-da, eng keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:
Orqa eshik hujumlari odatiy autentifikatsiya usullarini talab qilmaydigan tizimga kirishning har qanday muqobil usullaridan foydalanadi. Ba'zi tizimlar dizayni bilan ushbu orqa eshiklar bilan birga keladi, boshqalari esa xato tufayli.
Xizmatdan voz kechish hujumlari qonuniy foydalanuvchining tizimga kirishiga to'sqinlik qiladi. Ushbu turdagi kiberhujumning keng tarqalgan usuli hisobni qulflash uchun etarli marta noto'g'ri parolni kiritishdir.
To'g'ridan-to'g'ri hujumlar tizimga kirish huquqini beruvchi va uning ma'lumotlarini nusxa ko'chiradigan va / yoki tizimni o'zgartiradigan xatolar va viruslarni o'z ichiga oladi.
Kiberxavfsizlik oddiydan murakkabgacha o'zgarib turadi. Asosiy profilaktika chorasi sifatida, aksariyat qurilmalar buzilishni oldini olish uchun parol bilan himoyalangan. Agar tizim hujumga uchragan bo'lsa yoki hujum xavfi ostida bo'lsa, hujum turiga qarab aniq choralar ko'rilishi mumkin. Masalan, diskni shifrlash - bu to'g'ridan-to'g'ri kirish hujumlarini oldini olishning bir usuli, ba'zi antivirus dasturlari shubhali faoliyatni onlayn ravishda aniqlashi va aksariyat dasturiy ta'minot hujumlarini bloklashi mumkin.
Kiberhujumlarning asosiy maqsadlari. Har qanday alohida tizim kiberhujum xavfi darajasida bo'lsa-da, biznes va davlat tizimlari kabi yirik tashkilotlar ko'pincha ushbu hujumlarning nishoniga aylanadi, chunki ular juda ko'p qimmatli ma'lumotlarni saqlaydi. Ichki xavfsizlik vazirligi boshqa davlatlardan, milliy davlatlardan va alohida xakerlardan hukumatning nozik ma'lumotlarini himoya qilish uchun yuqori texnologiyali kiberxavfsizlik choralaridan foydalanadi.Kredit karta ma'lumotlarini o'z foydalanuvchilaridan saqlaydigan har qanday moliyaviy tizim katta xavfga ega, chunki xakerlar ushbu hisob raqamlariga kirish orqali odamlarning pullarini bevosita o'g'irlashlari mumkin. Katta korxonalarga tez-tez hujum qilishadi, chunki ular o'zlarining katta tarmoqlari haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni saqlaydilar. Boshqa maqsadlarga telekommunikatsiya va energetika tarmoqlari kabi infratuzilmalarni boshqaradigan tizimlar kiradi, chunki tajovuzkorlar ushbu uskunani boshqarishga intilishadi.
Hozirda O’zbekistonda ham kiberxavfsizlik yaxshi rivojlanmoqda. Biz raqamli iqtisodiyotga o’tar ekanmiz , kiberxavsizlik mutaxassislariga ehtiyoj sezamiz.Chunki tarmoqlardagi xavfsizlik juda muhim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan. Xususan, 2020 — 2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi qonun loyihasini hamda O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqish belgilandi. Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi.
Bizning kiberxavsizlik markazimiz qaydarajada bizni himoya qila oladi?
Sizga Kiberxavsizlik markazining 2020 – yilgi statistikasini taqdim etsam:
Monitoring natijalariga ko’ra o’tgan 2020–yil davomida milliy internet segmentiga axborot va kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi 27 000 000 dan ortiq zararli va shubxali tarmoq tarmoq hodisalari kuztildi.
Yuqorida keltirilgan tahdidlarning asosiy qismi Uztelecom , Ucell va Beeline kompaniyalarining manzillar guruhligida aniqlandi.
Shu bilan birga idoralararo malumotlar uzatish tarmog’iga ulangan axorot tizimlarida 9 995 152 ta qayd qilingan bo’lib, shundan 94 147 tasi maxfiy ma’lumotlar bazasining buzilishi va konfidensial malumotlarning tarqalishiga olib keluvchi xavfli hodisa ekanligi aniqlandi.
Internet mening hayotimda. Inernet mening hayotimda juda muhim ahamiyatga ega. Chunki meni kelajakda egallamoqchi bo’lgan soham ham internet bilan uzviy bog’liq. Ko’pchilik internetga yomon tarmoq sifatida qarashi mumkin hattoki o’ziham internetdan kun bo’yi foydalansa ham.Ya’ni internet insonlarni miyyasini zaharlayabdi , bolalarni tarbiyasini buzyabdi degan fikrlarni ko’p eshitamiz. Aslida insonlarni miyyasini zaharlayotgan internet emas , aksincha yomon contetlar va zararli malumotlardir.
Hozirgi kunda biz internet siz ham yashashimiz mumkin. Lekin bunday yashash tarziga endi ko’nika olmasak kerak. Internet siz hayotimiz qiyinlashib qolishi ham turgan gap. Chunki marsdagi sun’iy yo’ldoshdan tortib, yerdagi suv osti kemalarigacha internet tarmog’iga ulangan. Hatto ba’zi rivojlangan davlatlarda svetaforlar ham internet orqali ishlaydi. Shuning uchun ham bunday davlatlarda svetaforlarga ham xakerlik hujumlari uchrab turadi. Hullas internet bo’lmas ekan rivojalanish ham bo’lmaydi.
Xulosa.
Xulosa qlib shuni aytish joizki: internet bu qudratli kuch. U bilan juda ko’p ishlarni hal qilib yuborish mumkin. Oddiygina ijtimoiy tarmoqlar bizning kundalik ehtiyojimizga aylanib qolgan. Shuning uchun ham bu oddiygina ko’ringan ijtimoiy tarmoqlar juda ko’p narsalarga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Hatto insonlarni davlatga qarshi qilib qo’yishi ham turgan gap. Misol tariqasida AQSH da tik-tokni bloklanishini olaylik. Bu saylovlarga ham o’z tasirini o’tkazmay qolmadi. Yokida yaqinda o’zimiz da sodir bo’lgan voqea, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi. Atigi 2 soatlik cheklovlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida ko’plab noroziliklarni keltirib chiqardi. Hatto bu iqtisodiy tomondan ham juda katta zarar yetkazdi. Netblocks xalqaro nodavlat tashkiloti hisob-kitoblariga ko’ra Facebook, You Tube va Instagram’ni ikki soatga bloklash O‘zbekistonga 194 ming 937 dollarga tushgan. Bu hisob-kitoblarga hali O‘zbekistondagi eng ommabop va bizneslarning asosiy reklama kanallaridan biri bo‘lgan Telegram va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi kiritilmagan. Shunday ekan biz ineternet qudratli kuch ekanligini anglashimiz va undan to’g’iri, oqilona yo’lda foydalanishimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyot va manbalar :
www.Kun.uz sayti.
www.old.mitc.uz sayti.
www.zamin.uz sayti.
Kiberxavsizlik markazining rasmiy sayti www.tace.uz
www.yandex.uz sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |