5
KIRISh.
5521900 - “Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash o‘quv rejasida «Intellektual tizimlar»
fani maxsus fanlar tarkibiga kiritilgan.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti - “5521900 -
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr
tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo‘lgan talablar’ga
muvofiq tuzilgan.
«Intellektual tizimlar» fanini o‘qitishdan maqsad: «Intellektual tizimlar»
haqida umumiy tushunchalar berish, ekspert tizimlar va bilimlar bazasidan
foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Intellektual tizimlar - xisoblash texnikasini takomillashtiruvchilarning
diqqat e’tibori yetuk ekspert tizimlarini yaratishga qaratilgan. Bu birinchidan,
EXMda yoki shaxsiy kompyuterda (ShK) yechiladigan masalalar sinfini, EXMning
mavjud imkoniyatlarini va undan foydalanuvchilar ishtiyoqini kengaytirish,
ikkinchidan ulardan foydalana bilish, ShK va dasturlash sohasiga mansub
bo‘lmagan
shaxsiy
kompyuterlardan
foydalanuvchilar
bilan
aloqasini
soddalashtirishdir. Yetuk ShKlar topshiriqlarni kiritish va ijodiy jarayonni amalga
oshirish, haqiqiy (tabiiy) til so‘rovlarini qabul qilish, axborotni belgi, tasvir, signal
ko‘rinishida qayta ishlash, ShKdagi bor bilimlarni yig‘ish imkoniyatiga ega. ShKda
joylashtirilgan yetuk interfeys kompyuterlarining bir qismi bilangina tanish bo‘lgan
insonlarni mashinada ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun yetuk EHMlarning
kelajagi porloqdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va iqtisodiy isloxotlarni
chuqurlashtirish borasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ekspert tizimlarini ishlab
chiqarish va iqtisodiyotning boshqarishida qo‘llashni talab etmoqda. Bu esa
informatika va informatsion texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan
kadrlarni chiqarishda intellektual tizimlar fanini axamiyati nihoyatda yuqori
ekanligini ko‘rsatmoqda.
Fanni o‘qitishning maqsadi — oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani
yechishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxasis (ekspert)larning yillar
davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari - intellektual tizimlar, sun’iy intellekt g‘oyalari va
usullar, bilimlar, ma’lumotlar yig‘indisi va ular yordamidagi boshqaruv sistemalari
hamda mantiqiy qidiruv, assotsiativ hisoblash amallari kabilarni o‘rgatishdir.
6
«Itellektual tizimlar» fanini o‘rganishi natijasida talaba yoki malakasini
oshiruvchi shahs quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi:
- bilimlar bazasining algoritmini yaratish;
- zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlaridan foydalanib bazalar tuza olish;
- yuqori darajadagi algoritmik tilda dasturlar tuza olish;
- turli muhandislik masalalarini yecha olish;
- tanlab olingan predmet soxa uchun intellektual tizim yarata bilish;
- foydalanuchi uchun qulay interfeys tuza olish va boshqalar.
Insonlarning zamonaviy kompyuterlarda turli masalalarni yechishi
(algoritmlash va dasturlash), ulardan zamonaviy axborot texnologiyalar bo‘lgan
INTERNET, elektron pochta, kompyuter tarmoqlari, multemedia, grafik
dasturlarida ishlashi mumkin. Bundan tashkari INTERNET tizimi orqali turli fanlar
bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarga ega bo‘lishi, fizika, kimyo kabi tabiiy fanlarda
tajribalar natijalarini qayta ishlashda ShKdan oqilona foydalana olishi mumkin.
Talabalarning «Itellektual tizimlar» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning
ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot - pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muxim axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: