Takrorlash uchun savollar:
1.
Neyronni asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
2.
Neyronni asosiy tushunchalari va modellari.
3. Neyron tarmoqlar turlarini ko‘rsating.
4. Neyron tarmoqlar yordamida yechiladigan asosiy masalalar.
5. Neyron tarmoqlarni o‘rgatish usullari.
“Intellektual tizimlar” fani bo‘yicha
Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.
Bilim vakili uchun semantik tarmoqlardan foydalanish.
2.
Bilimni yoritish uchun (freym) ramkalar yordamida bajarish.
3.
Intellektual tizimning faktlar va qoidalari bazasini yaratish
89
4.
Axborotni aks ettirish uchun mahsulot qoidalarini qo‘llash, fikrlashning
teskari zanjiri
5.
Bayes nazariyasini intellektual tizimlarni loyihalashda qo‘llash
6.
Loyqa mantiq bilan aqlli tizimlarni loyihalashda ishonch omillaridan
foydalanish
7.
O'z-o'zini o'rganish tizimlarini rivojlantirish
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Bilimni taqdim etishda semantik tarmoklardan foydalanish.
2. Bilimni taqdim etishda freymlardan foydalanish.
3. Bilimni taqdim etishda maxsuliy koidalardan foydalanish.
4. Intellektual tizimlarni loyixalashda Bayeys nazariyasidan foydalanish.
5. Noaniq mantiqli intellektual tizimlarni loyixalashda ishonchlilik
koeffitsiyentidan foydalanish.
6. O‘qituvchi tizimni yaratish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar lokal va global kompyuter
tarmoqlar fizik va tarmoq sathlarida axborotlarni almashinish jarayonlari qanday
tashkil qilinganligini va ularning o‘ziga xos hususiyatlarini, Intellektual tizimlari
tarkibiga kirgan mahsus qurilmalarning ishlash tamoyillari va tuzilishlarini
o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada har
bir akademik guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar
yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni
o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Kurgazmali materiallar va axborotlar
multimedia qurulmalari yordamida uzatiladi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi: o‘qituvchining rahbarligi va
nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanadi:
- ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
- maket, model va namunalar yaratish;
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruzalar tayyorlash.