Tajribalarning o‘tkazilishi. Tajriba №1. Musobaqadagi emotsiyaning sportchi harakati tezligiga ta’siri.
Tajribaning vazifasi: tekshiriluvchining musobaqa sharoitidagi maksimal tafakkur ko‘rsatkichlari bilan individual bajarishdagi ko‘rsatkichlarini solishtirish va xulosalar chiqarish.
Tajriba protokoli
Sana__________
Harakat tempining tezligi tepping asbobi yordamida o‘lchanadi.
Bu asbob yogochdan tayyorlangan bo‘lib, maydonga egadir. Unda 2 ta 10x20 sm razmerli metall plastinkalar bor. Bu metall plastinkalar bir-biridan 5 sm uzoqlikda joylashgan. Plastinkalarga o‘tkazgich orqali metall tayoqcha biriktirilgan. Bu tayoqcha bilan plastinka bo‘ylab taqillatiladi.
Tajriba vaqtida tekshiriluvchi asbob oldida turib, o‘ng qo‘lida tayoqchani ushlagan holda, maksimal tezlikda tepping ikkala plastinkasi bo‘ylab, navbatma-navbat taqillatib tayoqchani ura boshlaydi. Tajriba oldidan sinash taqillatishi o‘tkaziladi.
Tekshiriluvchi uchun instruksiya: asbob oldida qulay holatda turib olib, tayoqchani o‘ng qo‘lida xuddi qalam ushlaganday ushlab Diqqat! Marsh! signali berilishi bilan plastinkalar bo‘ylab iloji boricha tezroq taqillata boshlaysizlar. (O‘qituvchining o‘zi qanday qilishini ko‘rsatib beradi). Stop signali berilishi bilan haraqatni to‘xtatish kerak: Maksimal temp 15 soniya davomida o‘lchanadi.
Eksperementator o‘quvchi haraqatni boshlangani va tugagani to‘g‘risida komanda beradi. Eksperementaor yordamchisi bo‘lgan o‘quvchi asbobning ko‘rsatkichlari harakatlari to‘g‘riligini kuzatib boradi. Uning harakatlari sirg‘anmasdan belni bir plastinkadan ikkinchisiga sakrash tipida bo‘lishi kerak.
Tajriba 2 seriyadan iborat Birinchi seriya o‘quvchi eksperemental gruruxlarga bo‘linadilar. Har bir gurux 1 ta tepping va bitta sekundomer beriladi. Bu seriyada tekshiriluvchi vazifani yakka holda bajaradi. Bu paytda boshqa o‘quvchilar tomonida hech qanday ogohlantirish berish ruxsat etilmaydi. Ikkinchi seriyada tekshiriluvchi vazifani musobaqa sharoitida bajaradi.
Eksperementator 2 kishini 1-nchi 2 ta stolda turgan 2 ta teppingga chaqiradi. Boshqa studentlar esa ishqibozlar rolini bajarib musobaqachilarni rabalantirradi. Bu seriyada tekshiriluchvi oldida tez taqillatish bilan o‘z raqibi ustidan olib chiqish vazifasi turadi.
Tajriba oxirida har bir tekshiriluchvining birinchi va ikkinchi seriya ko‘rsatkichlari solishtiriladi. Farqi protokolning oxirgi grafasiga agar ikkinchi seriya ko‘rsatkichi birinchiga nisbatan ko‘p bo‘lsa plyus, kam bo‘lsa minus iboralari qo‘shilib yoziladi. O‘quvchilar natijalarni solishtirgach, musobaqa sharoitida harakat tempi natijalarining o‘zgarish xarakteri to‘g‘risida xulosalarini va buning asosida musobaqali emotsiyaning harakat tezligiga ta’sir etish xusussiyatlari to‘g‘isida yozadilar.
Tajriba № 2. Musobaqali emotsiyani harakat tezligini aniq tartibga solishga bo‘ladigan ta’siri.