Tajribaning vazifasi: musobaqali emotsiyasining harakat tezligini aniq tartibga solishga ta’sir etish xususiyatlarini tekshiriluchining normal harakat tezligini musobaqa sharoitida uning individual bajarish ko‘rsatkichlarini solishtirish orqali aniklash.
Harakat tezligini tepping asbobi yordamida o‘lchanadi.
Tajriba Chernikova O.A. metodikasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu metodika bo‘yicha tekshiriluvchi tajriba vaqtida 5 marta ґar 10 soniya harakat tezligini o‘zgartiradi. Birinchi 10 soniya u plastinka bo‘ylab o‘ziga qulay bo‘lgan harakat tezligida taqillatadi. Keyinga 10 soniya tekshiriluvchi sekinlashgan tempda harakat qiladi, keyin esa yana normal tempda. To‘rtinchi un soniya harakat tezligi maksimal darajada bo‘ladi va oxirgi 10 soniyada harakat normal tempda bo‘ladi.
Tajriba 2 seriyadan iborat. birinchi seriyada o‘quvchi eksperemintal guruxlarga bo‘linadi. Har bir guruxga tepping va sekundomer beriladi. Bu seriyada tashiriluvchi vazifani musobaqa sharoitida bajaradi. Ekspirementator ularni 2 kishidan chaqiradi. Qolgan o‘quvchilar ishqibozlar rolini bajaradilar.
Tekshiriluvchi uchun instruksiya: Asbob oldidi qulay xolatda turib olib, o‘ng qo‘lga kalamni ushlaydigan holda tayoqchani ushlab "Diqqat! Marsh!" signali berilishi bilan asbob plastinkasi bo‘ylab o‘zingizga qulay bo‘lgan tempda taqillata boshlaysiz. "Stop! Sekinroq!" - signali berilishi bilan, siz harakat tempini sekinlatasiz. "Stop!" "O‘rtacha!" signali berilgandan so‘ng esa tajriba boshida qanday tempda takillatgan bo‘lsangiz o‘sha tempda taqillata boshlaysiz: "Stop! Maksimal!" signali berilgach plastinkalar bo‘ylab tezroq taqillata boshlaysiz. "Stop! Urtacha!" signali berilganda esa siz uchun qulay bo‘lgan tempda yana sekinroq taqillata boshlaysiz.
Sizning asosiy vazifangiz juda aniqlik bilan harakatning odatdagi tempini qaytarishdan iborat. Harakat tempini o‘lchash natijalari quyidagi tajriba protokoliga yoziladi.
Tekshiriluvchining familiyasi _______________________
Sana __________
№
Temp chastotasi
1seriya individual bajariladigan taqillashtishlar soni
2 seriya musobaqa sharoitidagi taqillashtishlar soni
1 va 2 seri ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq
1
O‘rtacha
35
38
3
2
Sekin
25
56
31
3
O‘rtacha
36
40
4
4
Maksimal
65
35
30
5
O‘rtacha
36
32
4
Tajribani tugallashda har bir tekshiriluvchining 1-inchi va 2-nchi seriyadagi odatdagi temp ko‘rsatkichlari solishtiriladi. Odatdagi temp faolligiga qarab g‘olib aniqlanadi.
Natijalarni solishtirib bo‘lgan o‘quvchilar, musobaqa sharoitida odatdagi tempning o‘zgarish ґarakteri to‘g‘risidagi va musobaqali emotsiyaning haraqat tempini boshqarishga ta’sir etish xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarini yozadilar.