2.3. Sportda musobaqalashish faoliyatining psixologik xususiyatlari
Musobaqa – jamiyatning tarixiy rivojlanishi turli bosqichlarida uning moddiy hayot sharoitlari bilan birlashgan faoliyat alohida turi sifatida sport atributidir. Jismoniy tarbiyada ham musobaqalardan foydalaniladi. Lekin bu yerda u maktabda, oliy o‘quv yurtida jismoniy tarbiya darsi ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida aniq vazifalarini hal etish bilan bog‘liq faqat ma’lum sharoitlarda aniqlanadigan bu jarayonning xususiyatlaridan biri sifatida ishtirok etadi. Bunday hollarda odatda shunchaki musobaqalashish emas, balki musobaqalashish metodini qo‘llash haqida gapiriladi. Faoliyatning tarixiy yuzaga kelgan sharoitlari sababli sportning aniq bir turlarida musobaqalar o‘z xususiyatiga ega bo‘ladi. U faoliyatning mazmuni va shakli bilan belgilanadi va musobaqalar qoidalari bilan tartibga solinadi. Biroq, sportning hamma turlari uchun umumiy bo‘lgan musobaqalarning ba’zi xususiyatlari mavjud.
Bu o‘ziga xosliklar asosan psixologik bo‘ladi. Ancha avvaldan sport sohasidagi mutaxassislar musobaqalarni sportchilarning aqli, irodasi, sezgisi, jismoniy va texnik mukammalliklari, kurashi, faqatgina jismoniy va motorli emas, balki psixik darajada ham bo‘ladigan kurash jarayoni sifatida qaraganlar.
Shu sababli umumiy shaklda kurash jarayoni sifatida sport musobaqalarining aynan psixologik jihatlari ko‘rsatiladi. Mana shundan musobaqaning asosiy xususiyati – musobaqalashuvchilarning bir xil maqsadga, raqibi ustidan ustunlikka erishish va shu bilan bir vaqtda shunday harakatiga unga qarshilik ko‘rsatishga intiluvchi bevosita yoki vositalar yordamida musobaqalashuvchi raqiblarning o‘zaro aloqalari yoki bir-biriga ta’siri kelib chiqadi.
Jamoali sport turlarida bu yana sport jamoasi hamma a’zolarining harakatlari mosligini, uning fikrlari, irodasi va sezgilari birligini umumlashtirib aytganda birlashib musobaqa kurashlarini olib borishni talab etadi.
Kurash jarayonining o‘zi va uning natijasi, ya’ni har doim faqat sport hakamlari tomonidan baholanadigan emas, balki jamoatchilik bahosini ham oladigan erishilgan natijaning har bir sportchi uchun shaxsiy va ijtimoiy ahamiyati ham sport musobaqasining xususiyati hisoblanadi.
Musobaqalashish kurashi va uning natijasi yuksak darajadagi sportchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Psixologiyada “ahamiyatlilik” tushunchasining mohiyati va bilimlarni egallashda, diqqati faoliyati, faoliyat mahsuldorligida uning roli ko‘rsatib berilgan. Sport musobaqalarida bularning hammasi ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Musobaqalarda ishtirok etishi ahamiyatini anglab yetish odatda musobaqalar maqsadiga erishishga yordam beruvchi kuchli omil bo‘lib qoladi. Ammo ahamiyatliligi har bir sportchi uchun o‘z o‘lchamiga ega (A.S.Puni), u nerv sistemasining va psixikasining uning diqqatini musoaqada ishtirok etish mas’uliyatiga qaratuvchi, musobaqa natijasining uning shaxsiy obro‘siga, nima bo‘lsa ham medal olishga sazovor bo‘lishga jalb etuvchi turli ta’sirlanishlarga nisbatan mustahkamligi darajasi bilan belgilanadi. Agarda o‘lcham buzilsa ahamiyatining ta’siri salbiy bo‘lib qoladi.
Sportchining imkoniyatlari darajasida yuqori natijaga erishishga intilishi sport musobaqasining yana bir xususiyatidir.Bu imkoniyatlar turlichadir, ular sportchining malakasiga, uning har bir musobaqaga tayyorgarligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin yuksak natijaga erishish har doim ham maksimal jismoniy va psixik kuch sarflash bilan, ba’zida sportning imkoniyatlaridan ustun bo‘lgan kuchlar sarflash bilan bog‘liq bo‘ladi. Sport musobaqalarining umumiy psixologik xususiyatlarini ko‘rsatib sportchilarga ko‘plab turli xildagi omillar – tomoshabinlar tartibi va xulqlari, hakamlar harakatlari, murabbiylar bilan o‘zaro aloqalar, meteorologik sharoitlar, deyarli har bir musobaqa davomida yuzaga keladigan kutilmagan vaziyatlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar situativ amal qilsa ham, sportchilarga ham ijobiy, ham salbiy psixologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bularning hammasi bir bo‘lib sport musobaqasini ekstremal sharoitlarda davom etadigan faoliyat sifatida ifoda etadi. Bunday faoliyat yuqori samarali bo‘lishi uchun har bir sportchi va har bir jamoa una har jihatdan ayniqsa psixologik tayyor bo‘lishi kerak. Sport psixologiyasida sportchilarning start oldidagi holatlari yaxshi ma’lumdir - jangovar tayyorlik, start oldi talvasasi, apatiya holati (A.S.Puni, O.A.Chernikova, A.S.Yegorov va boshqalar).
Bu holatlar haqidagi tushunchalar umumiy qabul qilingan hisoblanadi va faqatgina sport nazariyasi va psixologiyasiga emas, balki fiziologiyaga ham sport meditsinasiga, sport mashg‘uloti nazariyasi va metodikasiga ham kiritilgan. Start oldidagi bu holatlar turlari psixologik xususiyatlari va fiziologik mexanizmlari bo‘yicha ancha murakkab, ammo bo‘lajak musobaqalar oldidan sportchilarning emotsional ta’sirlanishlari bilangina ifodalangan. Shu bilan birga faoliyatga xususan musobaqalarga psixik tayyorlik holatini, faqat bitta alohida belgilar bilan aytaylik emotsional qo‘zg‘alishi bilan tasvirlash mumkin emas.
Start oldidan har bir holati uchun ma’lum belgilari to‘plami mavjuddir - ozmi yoki ko‘pmi shaxsiy xarakteristikalaridan iborat uning o‘ziga xos sindromi (A.S.Puni). A.S.Puni, B.A.Vyatkina, G.M.Gagaeva, A.D.Ganyushina, A.S.Yegorova, R.M.Zagaynova, D.A.Zaxarova, Yu.Ya.Kiseleva, N.P.Kazachenok, A.B.Livmane, O.N.mazurova, V.K.Petrovich, L.N.Radchenko va boshqalarning nazariy va eksperimental tadqiqotlari psixik holati sindromi tuzilish komponentlari aniqlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular quyidagilardan iborat:
o‘z kuchiga oqilona ishonch,
qat’iylik bilan va musobaqalashish maqsadiga erishish uchun oxirigacha kurashishga intilish,
emotsional ta’sirlanish optimal darajasi,
adashtiruvchi,
chalg‘ituvchi tashqi va ichki ta’sirlarga qarshi yuksak to‘siqlarga chidamliligi,
o‘z harakatlarini,
fikrlarini,
sezgilarini,
umuman xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati.
Psixik tayyorlik holati sindromida o‘z kuchiga oqilona ishonchi sportchi uchun musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos garovi bo‘lib xizmat qiladi. U sportchining imkoniyatlari va bo‘lajak musobaqaning taxmin qilinadigan sharoitlari nisbatlarini real hisoblari asosida yuzaga keladi va shakllanadi, misol uchun ulkan kurashchi va murabbiylik tajribasi asosida M.P.Midler va D.A.Tishaerlar qilichbozlar uchun ishonchi «ichki tayanchlari» mavjud bo‘lishini empirik ko‘rsatib berdilar. Buni R.M.Zagaykovning bokschilar bilan tajribalarida eksperimental tasdiqlandi. Sportchilarning musobaqada ishtirok etishga shaxsiy texnik, jismoniy tayyorligi darajasi, musobaqaning ekstremal sharoitlarida o‘z harakatlari va holatini o‘zi boshqara olish uslublarini bilishi mana shundan tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqa maqsadlariga, g‘alabaga erishishga qat’iylik bilan va oxirigacha kurashishga intilish belgilangan va hato yaxshiroq natijaga erishish uchun musobaqalarda boshidan oxirigacha – eng oxirgi daqiqagacha murosasiz urash olib borishga qaratilgan sportchining real harakatlarida namoyon bo‘luvchi maqsadga intilishini ifoda etadi.
Bunday natijalar musobaqalardan oldin va start berilishidan oldin sportchilarda musobaqalashish istagida sub’ektiv ifodalanadi, musobaqalar davomida esa - ularning kurash davomida yuzaga kelayotgan sharoitga mos ravishda harakatlarni tanlashlarida ifodalanadi. Ammo oxirigacha kurashishga intilishi labildir, tez so‘nishi mumkin va bu ko‘pincha yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. So‘nib borishiga sabablar juda ko‘p. Ulardan ikkitasi asosiy hisoblanadi. Ulardan,
birinchisi–raqibning yoki raqiblarning yaqqol, ko‘pincha kutilmaganda ustunligi. Sportchi obrazli qilib aytsak qurolni topshiradi, taslim bo‘ladi va hatto u erishish mumkin bo‘lgan natija uchun ham kurashmaydi.
Ikkinchi sababi–oldindan yuzaga keladigan ko‘pincha yolg‘on musobaqalar maqsadiga erishib bo‘lingandek tuyulishi hisoblanadi. Natijada «qo‘lga kiritilgan –alabani sportchi boy beradi».
Nima uchun? «g‘alabani qo‘lga kiritdim deb o‘yladim, bir oz e’tiborni pasaytirdim, oqibatda–g‘alabani boy berdim»-sportchining o‘zi mana shunday tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |