Шахснинг интеллектуал сифатларини
ўрганиш
Кузатувчанлиги, дарс жараёнида ҳар бир фикрнинг мазмунига эътиборчанлиги
Мантиқийлиги, ўзаро суҳбат жараёнида мантиқий фикр айта олиши
Ижодкорлиги, жумбоқларни ечимини топиши,ёзма баёноти
Демократик эркин фикр юрита олиш маҳорати, адолатлилиги
Кузатиш орқали фикрини асослаб бериши
Ўз фикрини ўзгартирмас-лик даражаси
Ўз устида ижодий иш олиб бориш қобилияти
Кундалик янгиликлардан хабардорлиги ва хулосаси
“Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma’naviy –intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan”.
Intellektual salohiyatni oshirish har bir bolaning iqtidoriga bog‘liq. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash ularning salohiyatini rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yishdan oldin, qanday bola iqtidorli bo‘ladi?- degan savol tug‘iladi, ushbu savolning javobini barcha barobar o‘ylash kerak.
«Iqtidorli bola» so‘zi haqida fikr yuritishdan oldin, «iqtidor» tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz lozimdir. Iqtidor – bu insonlarga xos bo‘lgan eng buyuk fazilatlardan biridir. Inson iqtidori o‘zida barcha insoniy fazilatlarni, qobiliyatlarni, hislatlarni ifodalaydi va mujassamlashtiradi.
1.3.Inttelekt va tafakkurning psixologik tavsifi.
Inson rivojlanishi juda murakkab va ziddiyatli jarayondir. Inson rivojlanishi borasida bir qator ilmiy nazariyalar mavjud. Masalan, psixolog olimlar – M.G.Davletshin, G‘.Shoumarov, E.G‘oziev, Z.Nishonova, V.Karimova va boshqalar oliy psixologik hosilaning madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasini ilgari surdilar. Quyida ana shu nazariyaning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz:
1. Hozirgi zamon kishisining ruhiyati va hulqi ikki jarayon munosabatlarining biologik yetilish va bilish natijasidir. har ikki jarayon ham bola dunyoga kelishi bilan paydo bo‘ladi va rivojlanish yo‘llarida bir-birlari bilan amaliy ravishda uyg‘unlashadi.
2. Har qanday ruhiy hosila o‘z irsiyati bo‘yicha tug‘ma, tabiiy yoki madaniy bo‘ladi.
3. Belgi va qurollardan foydalanish kattalar tomonidan bolalarga dastlab munosabat va birgalikdagi ashyoviy faoliyatni tashkil etish chog‘ida ko‘rsatiladi.
4. Tarixiy-madaniy jarayonda inson turli tuman qurollarni yaratdiki, ularning ichidan eng muhimlari mehnat qurollari, til va sanoq tizimlari bo‘lib, inson ulardan foydalanish sirlarini o‘rganib oladi.
5.Yozuvdan foydalanish turlari inson idrok etishdan tortib to fikrlay olish vazifalarini bajara boshladi. Odamlar tomonidan turli tarixiy davrlar ijtimoiy qurolning ikki turi bunyod etildi. U birining yordamida (mehnat quroli) tabiatga ta’sir ko‘rsatsa, boshqasi (belgilar tizimi) bilan o‘ziga yordam beradi.
6. Mehnat qurollari va tanish tizimlarning amaliy faoliyatda qo‘llanishi odamning bevosita ruhiy jarayonidan bevosita ruhiy jarayonga o‘tishining boshlanishidir. Ya’ni, boshqaruv vositasi sifatida xuddi shu qurollar va belgilar ishga tushadi.
7. Ta’lim olish bolaga o‘z hulqi (faoliyati) va ruhiy jarayonlar (xat xotirani yaxshilash, uning imkoniyatlarini kengaytirish, so‘z esa idrok va diqqatni boshqarish vositasi)ni qurol yoki belgilar yordamida boshqarishda tajribaday bo‘lib tuyuladi.
8.Qurollar va belgilar dastlab boshqalarning hulq-atvorini boshqarish vositasi bo‘lib, keyinchalik bolalarni tarbiyalash vositasiga aylanadi.
Mashhur psixolog olim S.L.Rubinshteyn inson rivojlanishi xususida o‘ziga xos yondashuvni ilgari suradi. Unda asosan inson ta’lim va tarbiya jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga tayyor holda tug‘ilar ekan. Shu bois bolalar kattalar ta’sirida rivojlanib, insoniyat yaratgan madaniyat mazmunini egallab boradi. Bola rivojlanmaydi ham, tarbiyalanmaydi ham, aksincha, tarbiyalanib va o‘sib rivojlanadi, ya’ni bolaning yetilishi va rivojlanishi ta’lim va tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladi, hamda takomillashadi.
Rivojlanish va ta’lim, rivojlanish va tarbiya birligiga asoslangan jarayonlarning bir-biriga sig‘ishib ketishi yagona tizimni tashkil etadiki, unda sabab va oqibat to‘xtovsiz quriladi, balki yetilish unga poydevor yaratadi va o‘zi ham yetilish va rivojlanishga omil bo‘ladiyu ta’lim olish jarayonida bolaning qobiliyati namoyon bo‘libgina qolmay, shakllanadi ham. Xuddi shunday, tarbiya va ta’lim jarayonida ro‘y beradigan shakllanish va o‘zgarishlar tufayli inson xarakteri qaror topadi. Bolaning ruhiy xususiyati muayyan shart-sharoit, shuningdek, ta’lim va tarbiya jarayonida yuz beradigan rivojlanishning natijasi hamdir. Qulay sharoitning mavjudligi bolaning rivojlanishida samarali natijalarga olib keladi.
Rivojlanish jarayonining har bir o‘tish davri quyidagicha uch qonuniy almashuvlar asosida kechadi:
Faoliyat olib borayotgan mazkur tipning o‘z kuchini maksimal darajada sarflashi va eng yuqori darajaga ko‘tarilishi.
Faoliyatning muayyan rivojlanish davri.
Faoliyatning to‘yinishi va uning boshqa jihatlarining (ashyoviy va kommunikativ) faollashuvi.
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini intellektuallashtirish harakatlar ko‘nikmalarini egallab olishni taqlid qilish, passiv-ijrochilik faoliyatidan aqliy faollikka boy faoliyatga aylantirishi aniqlangan. Intellektuallashtirish boshqa fanlar bo‘yicha darslarda bolalarning aqliy ish bajaruvchanligini oshirishga yordam beradi. Umuman aqliy faoliyat ratsional va samarali uslublarini egallash uchun asos yaratadi va jismoniy tarbiyaning o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish katta ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Agar bolalarning rivojlanish jarayonida yetakchi faoliyatlarni bir tizimga keltirsak quyidagi tartib yuzaga keladi:
Bolaning ilk, ya’ni, bir-uch yoshlaridagi faoliyatida ijtimoiy-madaniy maqsadlarga to‘liq yo‘naltirilmagan turli o‘yinchoqlar va atrofdagi narsalar bilan ovunishi va kattalar bilan o‘zaro sust munosabati.
Voqeiy timsolli o‘yinlar – o‘yin faoliyatida ijtimoiy hodisalarni anglatuvchi va qatnashchilarning timsolli shakldagi xarakterli jihatlari.
O‘qish-o‘rganish faoliyati – o‘qish va kichik maktab yoshi davrida (olti-etti va o‘n-o‘n bir yoshgacha) ustunlik qiluvchi o‘zaro munosabatlarni qo‘shib olib borish.
Bolalar rivojlanishida aniq ko‘zga tashlanuvchi ikki davr mavjud. Ulardan birinchisi, ilk bolalik davridan maktabgacha bo‘lgan davr bo‘lib, “uch yillik inqiroz deb atalsa, ikkinchisi kichik maktab yoshidagi davr bo‘lib, o‘smirlikkacha bo‘lgan “o‘smirlik davrining inqirozi” deb nomlanadi.
Ushbu davrlar bolaning bir rivojlanish darajasidan ikkinchisiga o‘tish davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar o‘rtasida ta’lim va tarbiya ishlarini faol olib borish kerak. Aksariyat kishilarning ruhiy xususiyat va hulqiy odatlari ularning senzetiv rivojlanish davrida qaror topadi. Bolaga pedagogik tasir ko‘rsatish senzetiv davrlarda o‘z samarasini beradi. Bu o‘quv-tarbiya jarayonlarining asosiy ruhiy-pedagogik shartidir. Tafakkur darajasiga ko‘ra bola maktab yoshiga yetganda o‘quv dasturlari talablarini bemalol bajara oladi. o‘qitishga ruhiy jihatdan tayyorlash aynan shu bilan kifoyalanadiyu rivojlanish jarayonlarida his etish, diqqat, idrok, xotira, fikrlash, qobiliyat kabi shaxsiy xususiyatlar shakllanadi. Boshlang‘ich maktab yoshida bolada o‘zini tuta bilish, mehnat va o‘qish layoqati, odamlar bilan munosabat qila olish ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar), mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, samaradorligi va h.k.), shuningdek, axloq (muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni), ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini anglash va ularni to‘g‘ri aniqlash uchun uni turli munosabatlar jarayonida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Demak, shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudotdir.
Irsiyat – bu ota–ona va ajdodlarga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning naslga (bolaga) o‘tish jarayonidir.Nasldan-naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun, yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tizimi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi.
Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat (ijod) qilish qobiliyati va boshqa qobiliyat alomatlari ham nasldan-naslga o‘tadi. qobiliyat alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat yoki ijod turiga yo‘naltirilgan emas, inson hayotining ilk davrlarida u muayyan faoliyatga moyillikni aks ettiradi xolos. Fiziologiya va psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishiga, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan – layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo “mudroq” holatda bo‘lib, uning “uyg‘otishi” - rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.
Shaxs xarakterining ayrim ko‘rinishlarining nasldan-naslga o‘tishi xususida ham qobiliyat nishonalarining avlodlar timsolida takrorlanishi borasidagi fikrlarni aytish mumkin. Shaxs muayyan ijtimoiy tuzum mahsulidir. Uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlarning majmui tashkil etadi va u yashayotgan ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarixiy sharoit belgilaydi. Shaxsning hayotiy faoliyati amalga oshadigan ijtimoiy muhit unga yoki ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.
Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam (voqelik, hodisalar) majmui tushuniladi. “Muhit” tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhitni qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabi unsurlarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy, rivojlantiruvchi (progressiv) va inqiroz etuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa yo‘q bo‘lishi yoki “mudroq”ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar – shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi.
Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, uning shaxsning shakllanish jarayoniga ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat muhim ekanligini ta’kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, deya ta’kidlaydilar. Oila muhiti – mikromuhit ham o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va roli masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Oila muhiti hamda ijtimoiy muhit o‘rtasida o‘zaro ta’sir, ikki tomonlama aloqa mavjud. Mavjud ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi, ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarbiya - biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan reja, dastur g‘oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonda tashkil etiladi. Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay, samarali omillardan foydalanadi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi.
Ma’lumki, keyingi o‘n yil ichida ta’limni isloh qilishda, milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning ustivorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat tashkilotlari mahallalar , xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlari jadal suratlar bilan olib borildi.
Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishning maqsadi:
- yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va uni muhofaza qilishdan iboratdir;
- ilm-fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi say-harakati, shuningdek ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, intellektual zahiralarni muhofaza qilish va rivojlantirish:
- intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish;
- yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi psixologik-pedagogik tashkiliy uslubiy asoslarini yaratish.
Beliglangan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiq.Birinchidan;
Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni izlash mexanizmi, psixologik-pedagogik, tashkiliy–uslubiy asoslarini yaratish borasidagi kamchiliklarni aniqlash.
Intellektual ijodiy salohiyatni oshirishda tarbiya jarayonining xususiyatlarini o‘rganish.
Yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o‘rganish.
Yoshlarning ma’naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish manbalarini yaratish.
Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini oshirish usullarini ishlab chiqish.
Ikkinchidan:
yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganib chiqish;
fanning turli sohalaridagi mutaxassislar intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ta’lim menejmenti sohasida innavatsion takliflarni o‘rganish va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichiga muvofiq ularni ta’lim tizimiga tadbiq etish;
Bo‘lajak rahbar kadrlarning intellektual salohiyatini oshirish va ko‘maklashuvchi yuridik malakani (xorijiy) o‘rganish va me’riy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish.
Bugungi kunda olib borilayotgan ijodiy intellektual salohiyatni rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib, o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalaridagi tahsili davomida intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab qiladi.
Har bir o‘quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadidda ta’lim-tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo‘llash murakkab jarayondir. Lekin bu davr talabidir.
Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo‘llash, uni mantiqiy-nazariy jihatdan to‘liq anglab olish va amaliyotga qo‘llashgacha bo‘lgan murakkab jarayonga qaraganda – jarayonning o‘zini loyihalashtirish eng qulay va samarador uslubdir. Ya’ni har bir o‘quvchiga individual yondoshish kerak.
O‘quvchilarga yo‘naltirilgan tarbiya tizimi o‘qituvchidan yoshlarning intelleketual salohiyatini rivojlantirishda tarbiya uslubiyotlariga alohida munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to‘liq o‘rganishni, jarayonga ijodiy muhitni olib kirishni taqozo etadi. Bunga asosiy sabab:
- intellektual ijodiy ishlar jarayonida to‘liq muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlik tahdidining mavjudligi;
- o‘quvchi to‘qnashadigan va ba’an ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kurashadigan hayotiy holatlardan biri – bu fikrining o‘ylaganidek ro‘yobga chiqmasligini anglash;
- o‘quvchilar ko‘pincha o‘zining dunyoqarashi, tasavvurining qanday darajada kengligidan kelib chiqib, fikrlaydi hamda bu fikrlashni mavjudlikning ijobiy, yoki salbiy holatlari bilan bog‘lab tahlil qila olmasligidir.
O‘quvchining ijodiy intellektual salohiyatini rivojlantirish jarayonini shakllantirishda quyidagi holatlar e’tiborga olinishi kerak:
1) Intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni maksimal darajada texnokratik bo‘lishi kerak. Buning uchun esa psixologik hamda pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish kerak;
2) Intellektual salohiyatni shakllantirishni ta’lim-tarbiya jarayoniga singdirilishi ko‘zda tutilayotgan tegishli texnologiyalarni ilmiy asoslash va ishlab chiqish lozim;
3) Intellektual salohiyatni shakllantiruvchi tarbiya jarayonining dastlabki holatda ijtimoiy-psixologik muhitni aniq tahlil qilish hamda taktik jarayonni mukammal ishlab chiqish kerak.
O‘quvchi shaxsining shakllanish jarayoniga – jamiyatda qabul qilingan axloq normalari, hulq normalari, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni singdirish texnologiyalarini yaratish ko‘pgina jihatdan yakuniy natijani ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda shaxsning ijtimoiylashuviga ham e’tiborni qaratsak:
Boshlang‘ich jamoalashuv yoki moslashuv bosqichi. Bunda o‘quvchi tomonidan ijtimoiy tajriba o‘zlashtiriladi, moslashtiriladi va qabul qilinadi.
Individuallashuv bosqichi. Bunda o‘quvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashlari va mustaqil firlarini ruyobga chiqarishda o‘zining mustaqil fikrini bildirish istagi, jamoat xulq normalariga nisbatan ijobiy hamda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi.
Integratsion bosqich. O‘quvchi jamiyatda o‘zi o‘rnini topish, jamiyat hayotiga kirishish, atrofdagilarga ijobiy tomondan tanilish, faoliyatda o‘zini ijobiy tarafdan ko‘rsatish harakatiga tushadi, ya’ni shaxs sifatida o‘zini tanitish istagi birinchi o‘ringa chiqadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, agar shaxsning ijodiy izlanishi, intellektual salohiyatini ko‘tarish harakatlari biror ijtimoiy guruh yoki jamiyat tomonidan qabul qilinsa, integratsion bosqich muvoffaqiyatli o‘tadi. Mabodo buning aksi bo‘lsa, quyidagi holatlar kelib chiqadi:
o‘quvchida norozichilik kayfiyati paydo bo‘lib, tushkunlik holatiga tushadi;
o‘zi harakatlarini tahlil qilib, o‘zini o‘zgartirishga harakat qiladi;
o‘quvchi o‘zida tashkilotchilik, yetakchilik, o‘zini ko‘rsatish kabi hislatlarni jilovlab, mavjud muhitga moslashish harakatiga tushadi.
Ijtimoiy faoliyat bosqichi. Bu bosqich inson balog‘atga yetgan davrdan boshlab, hayotining oxirigacha davom etadi. Shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayoni, ya’ni o‘zining intellektual salohiyatini tashqi va ichki omillar ta’sirida shakllantirib boradi. Bunda mehnat jamoasidagi ijtimoiy-psixologik muhit katta ahamiyatga ega.
Yuqorida intellektual salohiyatni shakllantirish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni qarab chiqdik. Tabiiyki, intellektual ijodiy salohiyatni shakllantirib uni rivojlantirib borish uchun, ta’lim-tarbiya jarayoniga bunday texnologik yondoshuv o‘ziga xos savollarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, texnologik asosda oliy ta’lim muassasasida o‘quvchilarning tarbiyaviy jarayonini qanday tashkil etish kerak ? – degan savol yuzaga kelishi muqarrardir.
Yoshlarni intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishda tarbiyaning ahamiyati muhim rol o‘ynaydi. Intellektual ijodiy salohiyatni oshirish uchun tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish jarayonida o‘quvchilarda jamiyatga naf keltiradigan, shaxsga qo‘yiladigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va ko‘nikma hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, dunyo qarashi va irodasiga tizimli, muntazam ta’sir etib boriladi. Ijodiy salohiyatni rivojlantirish jarayonida bulardan birortasi e’tibordan chetda qolsa, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyinlashadi. Mana shu psixologik jihatlarni e’tiborga olingandagina yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib uni rivojlantrishga imkon yaratiladi. Yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va uni rivojlantirish manbalarini quyidagi 1-shaklda ifodalab beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |