Oq sharbat-
Oq shirach-(Eremurus lactiflorus) g`arbiy Tyanshandagi kamayib borayotgan o`simlik. Bo`yining uzunligi 35-100 sm oralig`ida bo`lib, ko`p yillik o`simlik. Ildizpoyasi qisqa. Barglari keng, eni 13-25 mm, silliq bo`ladi. Shingili siyrak, ko`p gulli bo`lib, oq rangda, uzunligi 15-30 sm. Mevasi esa ko`sakday, yumaloq, 3 ta burmali silliq, eni 20-30 mm bo`ladi. Oq shirach may-iyun oylarida gullab, iyun-avgust oylarida mevasi yetiladi. Oq shirach Ugom, Piskom, Chotqol tizmalarida, Qorjontog`da tarqalgan. Bu o`simlik Qirg`iziston va Qozog`istonda ham o`sadi. U tog`larning o`rta qismidagi toshli va shag`alli yon bag`irlarida o`sadi. Urug`idan va vegetative yo`l bilan ko`payadi. Aholi tomonidan ko`p miqdorda terib olinishi tufayli soni kamayib bormoqda. Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |