Oq tirnoqli ayiq-
Oq tobulg`i-bo`yi 1 – 1.5 m bo`ladigan buta. Uning shox-shabbasi g`uj bo`ladi. Barg chiqarganidan keyin gulaydi. Gullari oq yoki och pushti rangda bo`lib, shoda yoki to`pgullar hosil qiladi, odatda juda ko`p gullaydi. Oq tobulg`I yorug`sevar, qurg`oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan, sovuqqa chidamli bo`ladi. Urug`idan, ildiz va bachkilaridan ko`payadi. Bu o`simlik tog`larda, cho`l va o`rmonlarda ko`p uchraydi. O`zbekistonning tog`li hududlarida 4 turi o`sadi. Tobulg`I juda ko`p va chiroyli gullagani tufayli qimmatli manzara o`simliklaridan hisoblanadi. Tobulg`ining ba`zi turlaridan tog` yon bag`irlarini mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |