TUZUVCHI; X. AKOBIR
Konstitutsiyaviy huquqda shaxsning huquqiy maqomi masalasi markaziy masalalardandir. O‘zbekiston Konstitutsiyasida shaxsning huquqiy maqomiga taalluqli yetarli darajada normalar mavjud. Shaxs huquqiy maqomining qanday bo‘lishiga, eng avvalo, Konstitutsiyaning 13-moddasidagi qoidalar ta’sir etadi. Bu shaxsning huquqiy holatini belgilashda bosh prinsipdir. Unga asosan, inson, uning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Inson va shaxs tushunchalari asosan bir ma’noni berishini nazarda tutsak, bu qoida insonga ham taalluqlidir
Do'stlaringiz bilan baham: |