Inson huquqlarining asosiy kafolati Konstitutsiyadir



Download 2,08 Mb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi2,08 Mb.
#668571
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish


Mavzu: O’zbekistonda
inson huquqlari va
erkinliklari kafolatining
yaratilishi
Reja:
  • Inson huquqlari
  • Umum insoniy demokratik tabiat
  • Fuqarolarni saylov huquqlari
  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar

Inson huquqlarining asosiy kafolati - Konstitutsiyadir
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olar ekan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.Bu oliy maqsad yo’lida shu kungacha ko’pdan-ko’p ishlar amalga oshirildi.Malumki, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini Konstitutsiya va qonun ustunligiga erishmay, ularni ham normativ hujjatlarda, ham amalda ta’minlamay turib qurib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek:

“Huquqiy davlatning asosiy belgisi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konsitutsiya va qonunlarning ustunligining ta’minlanishidir”
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo’lishi talab etiladi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi”. Demak qayerda qonun hukmronlik qilsa, o’sha yerda erkinlik, demokratiya bo’ladi. Binobarin, davlatimiz asosiy qonuni xalqimizning milliy o’ziga xosligi, urf-odat va an’analari, o’zbek davlatchiligi rivojidagi tarixiy rahbarlarimiz, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari, rivojlangan demokratik davlatning ilg’or tajribalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizning amaldagi Konstitutsiyasi sof demokratik ruhda yaratilgan bo’lib, u milliy huquqiy tizimning poydevoridir. Shu bois “1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb etadi”.
Zero, bosh qomusimiz insonlar qonun uchun emas, qonunlar insonlar uchun xizmat qilmog’i lozim degan prinsipni o’zida mujassam etgani, xalqning davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida etgani uchun ham ulug’vor ahamiyatga egadir.
Jamiyatimizda muhim ijtimoiy qatlam sanaluvchi yoshlarda siyosiy-huquqiy ong va madaniyatning shakllanishi ham davlat ham ularning o’zlari uchun birdek foydali ekanligi amalda o’z isbotini topdi. Bugun yangicha fikrlaydigan, o’z mustaqil dunyoqarashiga ega, yon-atrofda sodir bo’layotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan yondashuvchi, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalash ustuvor vazifa hisoblanadi. Mazkur jarayonni amalga oshirishda asosiy qonun sanalmish, Konstitutsiyamiz o’rin tutishi shubhasizdir. Sababi, yoshlarning dastavval Konstitutsiyamizda belgilangan o’z huquqlari, burchlari va majburiyatlarini chuqur anglab yetishi, birinchi navbatda ularda Konstitutsiya va qonunlarga nisbatan hurmat hissini oshirsa, ikkinchidan, shakllangan huquqiy madaniyat va ong kelgusida yoshlarning har qanday ijtimoiy foydali faoliyatida o’zining ijobiy samarasini berishi shubhasizdir.









Ko’hna zaminimiz odamlari ko’nglida ustuvor bo’lgan adolat, haqiqat,imon, oliyjanoblik, bag’rikenglik, mardlik, tantilik, kabi ulug’ xislatlar bu muborak hujjat – Konstitutsiyamizdan munosib o’rin olgan.


I.A.Karimov
Inson huquq va erkinliklari – eng oliy qadriyat
Inson huquqlari – tabiat tomonidan berilgan, tabiiy, davlat tomonidan mustahkamlangan huquqlardir. Shuning uchun ham, inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o’rin tutadi. Xalqaro huquqning muhim tamoyillaridan biri bu – inson huquqlarini hurmat qilish tamoyili hisoblanadi. Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyilining mazmunini tegishli davlat yurisdiksiyasida bo’lgan barcha shaxslarga nisbatan bu huquqlarni biron-bir kamsitishlarsiz hurmat qilish va unga rioya etish bo’yicha davlatning majburiyatlari tashkil qiladi. Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri sifatida 1945-yilda BMT Ustavining 1-moddasi (3-bandida) BMT maqsadlaridan biri “Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini barcha uchun irqidan, jinsidan, tili va dinidan qa’iy nazar, istisnosiz hurmat qilish” borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish hisoblanadi deb ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “Konstitutsiyamizda muhrlab qo’yilgan tamoyil va qoidalar asosida mamlakatimizda to’laqonli, samarali amal qiladigan qonunchilik va huquqiy baza yaratildi. Bir so’z bilan aytganda, asosiy qonunimiz huquqiy davlat qurish yo’liga o’tishimizning poydevorini qurib berdi”.
Konstitutsiyamizning ikkinchi bo’limi – inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ishlangan bo’lib, ushbu bo’limdagi V bob “Umumiy qoidalar”, VI bob “Fuqarolik”, VII bob “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, VIII bob “Siyosiy huquqlar”, IX bob “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar”, X bob “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolati”, XI bob “Fuqarolarning burchlari” deb nomlanadi hamda o’zida tegishli qoidalarni ifodalaydi. Konstitutsiyamizning V bobi ushbu bolimga oid umumiy qoidalami mustahkamlagan bo‘lib, unda demokratik rivojlanish yo‘lini tanlab olgan davlatimizning inson huquqlari masalasiga doir siyosatining asosiy qoidalari mustahkamlangan. Ushbu boiimning mazmuni va mohiyati Konstitutsiyamizning 13-moddasida mustahkamlangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, degan yuksak insonparvarlik prinsipiga asoslanadi.
Ma'lum bir davlat hududida yashab turgan inson uchun, qaysi davlatga mansubligi muhim ahamiyatga ega. Har bir insonning huquqiy maqomi uning qaerda yashayotganligi, qaysi davlat fuqarosi ekanligi kabi holatlarga bog‘liq holda shakllanadi. Shu bois ham 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi
boiimi “Inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanib, unda “inson” va “fuqaro” maqomi alohida ta'riflanadi. 0‘zbekiston Konstitutsiyasining huquq va erkinliklarga bag‘ishlangan normalari, agarda inson huquqlarini mustahkamlayotgan bo‘lsa, odatda «har kim», «hech kim», «har bir shaxs» kabi iboralardan foydalanilgan. Agar 0‘zbekiston fuqarosi huquqlari va majburiyatlari mustahkamlanayotgan boisa, “0‘zbekiston fuqarolari” degan atamadan foydalanilgan. 0‘zbekiston Konstitutsiyasi insoniyatning uzoq davom etgan erkinlik va tenglik uchun kurashi jarayonida shakllangan umuminsoniy siyosiy- huquqiy qadriyatlarga bo‘lgan e'tiqodi va sodiqligini namoyish etib, inson va fuqaro huquq va erkinliklarini tizimli ravishda mustahkamlaydi.
Shaxsiy huquq va erkinliklaming aksariyati insoniyat pay do bo‘lgandan beri amalda bo‘lib kelayotgan tabiiy huquqlardir. Shaxsiy huquq va erkinliklar deganda shaxslaming faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan va hayoti davomida ajralmas bo‘lib hisoblangan huquq va erkinliklar tushuniladi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo lim, yettinchi bobida inson va fuqarolaming shaxsiy huquq va erkinliklari huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar alohida tizimni tashkil etadi. 
Ushbu tizimga quyidagi huquq va erkinliklar kiradi:
Yashash huquqi (24-modda);
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda);
Aybsizlik prezumpsiyasi (26-modda);
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi (27-modda);
Turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda);
Shaxslami bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi (28-modda);
Fikr, so‘z va e'tiqod erkinligi (29-modda);
Fuqarolami huquq va manfaatlariga daxldor boigan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi (30-modda);
Vij don erkinligi (31 -modda).
Bir qator xalqaro hujjatlarda, jumladan, 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi mustahkamlangan3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida esa “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashashdan mahrum qila olmaydi” deyilgan4. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham inson va fuqarolaming yashash huquqlariga oid ushbu xalqaro andozalar o‘zining toia aksini topgan.
Shaxsning yashash huquqi - bu insonning tug‘ilishi bilan vujudga keladigan, faqat o‘zining biologik mavjudligini ta'minlovchi hamda davlat tomonidan muhofaza etiladigan huquqidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash huquqining mustahakamlanishi davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya qilishning kuchli mexanizmini yaratishni talab qiladi. Bu boradagi tadbirlar nafaqat jinoyatchilikni oldini olish yoki jinoyatga qarshi kurashish natijasidagi huquqni himoya qilish faoliyatini, balki ijtimoiy sohada ham inson hayotining ta'minlanishini o‘z ichiga oladi.
Insonning tabiiy huquqi, yashash huquqini himoya qilish davlat hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har bir inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sharoitini o‘z ichiga oladi5. Konstitutsiyada mustahkamlanib, kafolatlangan inson va fuqarolaming yashash huquqi joriy qonunlarda rivojlantiriladi va amaliyotda davlat organlarining tashkiliy faoliyati orqali ta'minlanadi.
Shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq me'yorlari doirasidan chiqmasligi va
qonun asosida bolishi kerak, ya'ni shaxs har qanday harakatni qonun va qonun hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga zid kelmagan taqdirda, amalga oshirish mumkin. Xo‘sh, huquq va erkinliklaming chegarasi bormi? Ushbu masalaga Konstitutsiyaning 20-moddasida oydinlik kiritilgan, unga ko‘ra “Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslaming, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart”6 Bunda birinchi navbatda inson manfaatlari ustuvor boiganligini ko‘ramiz. Bundan tashqari mamlakatimizning har bir fuqarosi butun umri davomida davlat himoyasida ekanliklarini yaxshi anglamoqlari kerak. Shaxsiy erkinlik daxlsizdir. Shaxs daxlsizligini davlat va uning hokimiyat tuzilmalari tomonidan ta'minlanadigan shaxs erkinligining kafolati sifatida tushunish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 14-moddasida hamda 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida bay on qilingani kabi, jinoiy ishlarda har qanday ayblanuvchi uning aybi qonunda ko‘zda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha aybsiz, deb hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 5-moddasidagi “Hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, insonlikka isnod keltiradigan yoki qadr- qimmatini xo‘rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bolmasligi kerak”8 degan qoida Konstitutsiyamizning 26-moddasida o‘z aksini topgan. Deklaratsiyaning 22- moddasida insonning qadr-qimmatini kamsitishga yoi qo‘ymaydigan ijtimoiy- iqtisodiy sharoitni yaratish zarurligi ko‘zda tutilgan. Insonning qadr-qimmatini kamsitish, qiynash va boshqa shafqatsiz usulda inson bilan muomalada bo‘lishni taqiqlash Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 7- moddasida ko‘rsatilgan9.
Shaxsiy hayot daxlsizligi – bu shaxsning tug‘ilishi bilan vujudga keladigan va hech kimning aralashishiga yoi qo‘yilmaydigan insonning hayotiy turmush tarzidir.
Konstitutsiya moddalarining mustahkamlanishi va rivojlantirilishi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa huquq sohalariga doir huquqiy me’yorlarda o‘z aksini topgan. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq advokat advokatlik sirini saqlashi shart10. Advokatga, advokatura xodimlari va mansabdor shaxslarga advokatlik siri predmetini tashkil etadigan ma'lumotlami oshkor etish va ushbu ma'lumotlardan o‘zlarining va uchinchi shaxsning manfaatlari yoʼlida foydalanish man etiladi.
Bajarilgan notarial harakatlar haqidagi ma'lumot faqat unga yoki uning nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan notarial harakatlami bajargan shaxslarga berilishi mumkin.Konstitutsiyaga muvoftq hech kirn 0‘zbekiston Respublikasida shaxslaming turar joyiga qonunda ko‘rsatilmagan hollarda ulaming ruxsatisiz kirishga, tintuv o‘tkazish yoki uni ko‘zdan kechirishga yo‘1 qo‘yilmaydi. Faqat prokuroming ruxsati bilan jinoyatga aloqadorligi mavjud deb gumon qilinayotgan turar joyda yuqoridagi hatti-harakatlami amalga oshirish mumkin.
Fuqarolaming shaxsiy aloqa vositalaridan foydalanishlarida daxlsizlik huquqining ma'nosi shundaki, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari hech kimning shaxsiy irodasiga zid holda uning yozishmalari, telefon so‘zlashuvlari, telegraf ma'lumotlari bilan tanishishga haqqi yo‘q. Fuqarolaming shaxsiy hayotini qo‘riqlash maqsadida ma'lum xat yozishmalari, telefon so‘zlashuvlari, telegraf ma'lumotlari bilan tanishish mumkin. Shaxsiy axborotnoma bilan tanishish tegishli vakolatga ega tor doiradagi shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan mezon va tartiblar asosida amalga oshiriladi.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish