1996 yil 19 mayda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshketda Halqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Islom diniga oid boy ma'naviy-madaniy merosni asrash, diyorimizda etishib chiqqan buyuk allomalaming ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama oʻrganish maqsadida 1999 yil 7 aprelda Toshkent Islom Universiteti, uning qoshida Islomshunoslik ilmiy-tadqiqod markazi va akademik litsey tashkil etildi.0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi siyosiy huquqlarga bag‘ishlangan. Fuqarolaming huquqlari va erkinliklari tizimida uning siyosiy huquqlari alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolaming davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bogiiqdir. Siyosiy huquq va erkinliklar siyosiy manfaatlarga tegishli bo‘lgan hamda shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “0‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik
tarzda tashkil etish yoii bilan amalga oshiriladi,,15deyiladi. Fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim prinsiplaridan biri boiib xizmat qiladi. Fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. 0‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.
Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolaming ishtirok etish huquqlariga bevosita aloqador bo‘lgan muhim huquqlardan biri, bu fuqarolaming o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqidir (0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasi).
Bu huquq fuqarolarga yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarda ijtimoiy uyushgan faoliyat olib borishning turli shakllariga birlashish, u yoki bu vazifalami bajarish uchun kuchlarini umumlashtirish imkonini beradi. “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobda fuqarolaming huquq va erkinliklarini iqtisodiy kafolatlash davlatda amal qilib turgan iqtisodiy tizim orqali namoyon bo‘ladi. Har bir mamlakatda shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari uning jamiyatda erkin yashashini ta'minlash maqsadida mustahkamlanadi. Bu bevosita shaxslaming moddiy manfaatlarini himoyalash va ulami ta'minlash bilan bogiiqdir. Davlat ulami amalga oshirishga ko‘maklashadi, sharoit yaratadi.“Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari” deb nomlangan X bobda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga tushuncha, ulaming turlari va kafolatlaming huquqiy asoslari ko‘rsatilgan. Kafolatning asosiy vazifasi sifatida fuqarolami huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
to‘siqlami bartaraf etish bilan bogiiq bo‘lgan majburiyatlaming bajarilishi ta'kidlanadi. Konstitutsiyamizning XI bobi 47-52 moddalarida fuqarolaming burchlari o‘z aksini topgan. Shu jumladan 0‘zbekistonda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari, fuqaroligi boimagan shaxslaming burchlari Konstitutsiyamizning 23- moddasiga muvofiq “0‘zbekiston Respublikasi xududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boimagan shaxslarning huquq va erkinliklari halqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va halqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlami ado etadilar. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlami bajaradi”18deb Konstitutsiyamizning 47-moddasida mustaxkamlangan
Xulosa Mustaqil 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab berilgan huquq va erkinliklarining toiiq amalga oshirilishi, burch va majburiyatlami bajarilishiga erishishimiz oldimizga qo‘ygan inson huquq va erkinliklari - oliy qadriyat tamoyilining amaliy ifodasini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Ma'lumki, huquq va burch xuddi tabiat va jamiyat kabi uzviy bog‘liqdir.O‘zbeksiton Respublikasi fuqarolarining o‘z burchlari va majburiyatlariga sodiqligi, ulaming ona Vatanni himoya qilish, qadimiy tariximiz va ma'naviy madaniy ulug‘ ajdodlarimizning merosini, atrof tabiiy muhitni avaylab asrashdek ma'suliyatlarda namoyon boʻladi.Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy asoslari, mamlakatda o‘matilgan huquqiy tartibot, ijtimoiy munosabatlaming butun tizimi ifoda etiladi. Shu sababli ularga har bir fuqaror qa'tiy rioya etishi shart. Bu qoidalami har qanday ko‘rinishda buzish davlat, jamiyat va fiiqarolaming manfaatlariga putur etkazadi. Odatda soliqlami davlataing qon tomirlarga o‘hshatiladi. Insoniyatning yashashi uchun “qon tomirlari” naqadar muhim ekanligi, soliqlami ham mustaqil davlatimiz iqtisodiy va ijtiomiy rivojlanishini barqarorligini ta'minlashdagi muhim vazifasi shunchalik muhim ekanligini mustaqil fikrlashni, har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishimiz va ulami avaylab asrash zaminida tarixiy adolatni qaror toptirish uchun asos boiib xizmat qilishi,har bir fuqaroming o‘ta ma'suliyatli majburiyatlari ekanligini unutmasligi lozim.