Insonni ijtimoiy mavjudot sifatida tasvirladilar XVIII asrda ijod qilgan nemis faylasuflari vakillari insonda aqlilik, onglilik yaʼni ratsionalizm hal qiluvchi ahamiyatga ega deyishsa, boshqalari insonni inson bo‘lishida his-tuyg‘u, ongsizlik ya’ni avtomatizm rol oʼynaydi deydilar, yana boshqa birlari insonni shakllanishida ijtimoiy muhit, ayniqsa mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼladi- degan fikr mulohazalarni bayon qiladilar. Inson mohiyati haqidagi falsafiy taʼlimotlar taraqqiyoti haqidagi fikr-mulohazalarni eslatib o‘tishdan muddao, barcha zamonlarda ham inson falsafaning bosh mavzusi boʼlgan. Sharq mutafakkirlarining inson mohiyati haqidagi falsafasiy qarashlari. Sharq falsafasi tarixida ham inson doim bosh mavzulardan biri boʼlib kelgan. Farobiy insonni butun borliq taraqiyotining mahsuli deydi. U insonning barcha yaxshi fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson faqat baxtga ilm va maʼrifat orqali erishishi mumkinligini aytadi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan farqi uning aql va tafakkuri tufayli ekanligini isbotlashga harakat qilganlar. Bulardan farqli ravishda Gʼazzoliy bu ustinlikni aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini , insonning maʼnaviy barkamolligi uning ruhiy yuksalishi va o’zining jismoniy istaklarini idora qilishda deb taʼkidlaydi. G‘arb falsafasida esa insonga biologik mavjudot, tabiatdagi evolutsion oʼzgarishlarning mahsuli deb qaraladi. Vernadskiy inson aqli buyuk kuch, u tabiat taraqqiyotini tezlashtirgan, butun hayotning taqdiri, inson aqli va axloqiga bog‘liqdir degan qarashlarni ilgari surgan. Qadimgi Eron va Turon falsafasi taʼsirida vujuda kelgan va ularning namoyondalari, inson kosmosning bir boʼlagi, u kosmosga xos xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan mikrokosmosdir deb tushuntirishgan edi. Qadimgi Yunon faylasuflari insonni "aqlli maxluq" deb atashgan va uni olamdagi tirik mavjudotlarni gul toji ekanligiga shubha qilmaganlar. G‘arb falsafasida esa insonga biologik mavjudot, tabiatdagi evolutsion oʼzgarishlarning mahsuli deb qaraladi. Vernadskiy inson aqli buyuk kuch, u tabiat taraqqiyotini tezlashtirgan, butun hayotning taqdiri, inson aqli va axloqiga bog‘liqdir degan qarashlarni ilgari surgan. Qadimgi Eron va Turon falsafasi taʼsirida vujuda kelgan va ularning namoyondalari, inson kosmosning bir boʼlagi, u kosmosga xos xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan mikrokosmosdir deb tushuntirishgan edi. Qadimgi Yunon faylasuflari insonni "aqlli maxluq" deb atashgan va uni olamdagi tirik mavjudotlarni gul toji ekanligiga shubha qilmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |