Evropada inson atrof muhitining o'zaro ta'siriEvropa inson-Atrof-muhitning o'zaro ta'siri.
Evropa davlatlari kabi Germaniya, Ispaniya, Frantsiya, Shveytsariya, Gretsiya, Netherland, va hokazo. 10,000 yillar davomida qishloq xo'jaligi erlarini etishtirish va tabiiy resurslardan qazib olish yo'li bilan Yevropa peyzajini butunlay o'zgartirdi. atrof-muhit.
Ushbu o'zgarishlar Yevropaning tabiiy atrof-muhit ijobiy va salbiy o'zgarishlarni keltirdi. Masalan, eski bir so'z aytadi, "Xudo dunyoni yaratdi, lekin golland Gollandni yaratdi"(Gollandiya Gollandiyaning yana bir nomi.) Gollandiyaliklar o'sib borayotgan aholisi uchun ko'proq erlarga muhtoj bo'lganligi sababli, ular dengizdan erlarni qaytarib olishdi.
Niderlandiyaning kamida 40 foizi bir vaqtlar dengiz ostida bo'lgan. Velosiped va drenaj yordamida qaytariladigan erlar polder deb ataladi. bu faoliyat odamlarning atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlarining usullaridan biridir.
bu erda uchun infographics Evropadagi inson muhitida shovqin
Ushbu maqola sizning tezkor ehtiyojlaringizga javob beradimi? agar ha bo'lsa, quyidagi 5-yulduz reytingi bilan bizni ko'rib chiqing. agar yo'q bo'lsa, tashvishingizni bildirishingiz yoki savolingizni berish uchun sharh qutisiga qo'ying va imkon qadar tezroq sizga qaytarib beramiz.
Mamlakatimiz agrar bo’lgani uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish qishoq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi mahsulolari asosan sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Dehqonchilik eng qadimiy kasblardan bo’lib jamiyatimiz a’zolarining asosiy qismi bu sohada faoliyat olib boradilar. Jamiyatimiz rivojlangan sari «dehqon» so’zining ma’nosi, dehqonchilik usullari o’zgarib, uning tabiatga salbiy ta’siri ham ortib boradi. Тabiatga va u orqali insoniyatga ko’p zarar keltiruvchi omillar bu tuproqning zaharlanishi, eroziyaga (yemirilishga) uchrashi va sug’oriladigan yerlarning sho’rlanishi, botqoqlanishdir. O’tgan asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrlarda qishloq xo’jaligini kimyolashtirishga e’tibor berilib, foydali ishlar bilan ko’p xatoliklarga ham yo’l qo’yildi. Bu holat turg’unlik yillarida ham davom etib, organik o’g’itlardan samarali foydalanish keskin kamaydi. 1960-1985 yillar ichida kimyoviy o’g’it va zaharli moddalarni ishlab chiqarish 15 marta ortdi. Ularning soni 300 xilga yetsa ham, hosildorlikni oshirishga ta’siri kam bo’ldi. Mamalakatimiz qishloq xo’jaligida 70 xilga yaqin kimyoviy moddalar ishlatilmoqda. Ulardan tayyorlangan zararkunandalarga qarshi zaharlar, barg tushiruvchi defoliantlarni ehtiyot qilib saqlamaslik, me’yoridan ortiqcha sifatsiz foydalanish katta zarar keltiradi. Mustaqil hamdo’stlik davlatlarida o’rtacha bir gektar yerga 113,7 kg mineral o’g’it, 2 kg zaharli modda ishlatilsa, 75 O’zbekistonda 284,4 kg (paxtaga 438 kg) o’g’it, 19,5 (ba’zan paxtaga 50 kg) kilogrammgacha zaharli moddalar ishlatilgan. Ular tuproqda yig’ilib shudgor tagiga suv, havo o’tkazishni, modda almashuvini, mikroorganizmlarning rivojlanishini yomonlashtiruvchi zichlashgan qavat hosil qiladi. Pestitsidlardagi geksoxloran, DDТ kimyoviy o’g’itlaridagi nitrat va nitritlar suvi, sabzavot, meva va har xil o’simliklarni zaharlab, ularni iste’mol qilgan chorva, parranda, hattoki odamni ham oz-ozdan zaharlab kasal qiladi. Pestitsid va gerbitsid tarkibidagi dioksin hozirgi vaqtda Orol bo’yi xalqlarining qoni va sutida ham uchrayotgani sir emas. Chunki bu yerda yashayotganlar o’zlarining yerlariga sepayotgan zahardan tashqari, Amudaryo va Sirdaryolarning yuqori va o’rta qismida ifloslanib kelayotgan suvdan iste’mol qiladilar.
Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ke-tish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni I. davri deyiladi. Ijtimoiy ti-zimlardagi I. larga differensial yondoshish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi I. lar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda ba-ravar boʻladi. Bunday holda jamiyatning umumiy I.i boshlanadi. Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib kеladigan darajada vaziyatni vujudga kеlishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.
Tashqi muhitni muhofaza qihsh butun dunyo jamoatchihgining muhim
vazifasidir va u xalqaro konvensiyalar va kehshuvlar bilan tartibga
sohb turiladi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil ekologik
siyosatini shakllantirib xalqaro ekologik uyushmalar va kehshuvlar
borasida faol harakat qilmoqda.
Hozirgi kunda respublikamiz 10 dan ortiq konvensiyalarga qo‘shilgan.
Ular quyidagilardir:
tabiatga zarar keltirishga qaratilgan har qanday harbiy va boshqa xil
ta’sirlami man etish konvensiyasi (5-oktabr 1978-yilda);
ozon qavatini himoya qihsh Vena konvensiyasi; ozon qavatini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal qarori (18-may
1993-yil qo‘shilgan);
xavfli chiqindilarni tashqariga tashib chiqarishni nazorat qihsh
bo‘yicha Bazel konvensiyasi (22-dekabr 1995-yilda kirgan);
iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha BMTning Ramoch Konvensiyasi
(10-iyun 1993-yilda kirgan);
biologik turh-tumanlik konvensiyasi (6-may 1995-yilda kirgan);
cho‘llanishga qarshi, yoki jiddiy cho‘hanishni o‘z boshidan kechirayotgan
Afrika qit’asi bo‘yicha BMT konvensiyasi (31-avgust 1995-yilda
kirgan);
yo‘qolish arafasida turgan yowoyi flora va faunalaming xalqaro
savdosi bo‘yicha konvensiyia (1-iyul 1997-yilda kirgan);
Tabiat va madaniy merosni asrash konvensiyasi (22-dekabr 1995-yilda
kirgan);
migratsiya qiluvchi (ko‘chib yuruvchi) yowoyi hayvonlarni asrash
bo‘yicha Bonn konvensiyasi (1-may 1998-yilda kirgan).
Bulardan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi muhitni muhofaza
qihsh bo‘yicha 12 ta xalqaro kelishuvlarga qo‘l qo‘ygan.
4. Tashqi muhit va tabiatni muhofaza qilishning huquqiy
0 ‘zbekiston mustaqilhkni qo‘lga kiritgandan so‘ng u xalqaro iqtisodiy
va siyosiy tizimlar bilan integratsiyani kuchaytirdi va natijada, har qanday
ekologik muammolami yechish uchun sharoit tug‘ildi. Hozirgi kunda
tashqi muhitni muhofaza qihsh respublikamizda bo‘layotgan iqtisodiy islohotlarning
bir bo‘lagi bo‘lib qoldi. 0 ‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy siyosati, uning integratsiyasi ishlab
chiqarish bilan tashqi muhitning o‘zaro muvoflqligi asosida
170
o‘tkazilmoqda. Bu siyosat xalqimiz va davlatimiz oldida turgan ekologik
muanunolaming naqadar jiddiy ekanligini sezgan holda ohb borilmoqda.
Hoziigi kunda aholining ekologik xavfsizligi 0 ‘zbekiston Respubhasi
Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Bundan tashqari, mustaqillik davrida
tabiatni muhofaza qihsh va ekologik muammolami odilona yechishga
bag‘ishlangan 100 dan ortiq hujjatlar qabul qilingan.
Ekologik munosabatlami tartibga solib turuvchi
Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish., iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoqyaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 mlrd. t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab mln. t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha mlrd. t), neft mahsulotlari (bir necha mln. t), mineral oʻgʻitlar (yuz mln. t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5) regionallik.
Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish. usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish. teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarish.ning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq. muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan boʻldi, daryo va koʻllar suvlari tozalanib, baliqlarni koʻpaytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.
Biroq 20-asrning oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish. korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilishq. sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va Tabiatni muhofaza qilishq.da yetarlicha samara bermayapti.
Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq.ni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab qiladi. Buning ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish., ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni taʼqiklash, borlarini yoʻqotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992 y. 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993 y. 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994 y. 23 sent.; 2002 y. 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996 y. 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997 y. 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000 y. 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999 y. 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000 y. 5 aprel)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro aspektlari
Hozirgi vaqtda global tavsifga ega bo‘lgan ekologik muammolarni hal qilish muhim va zarur ekanligi butun dunyo mamalakatlari tomonidan tan olindi. Mamlakatlarning geografik o‘rni va iqtisodiy rivojlanishdan qat’iy nazar ularning serqirra va o‘zaro bog‘liqligining umumiy chora-tadbirlari va takliflarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, jahonning turli mamlakatlari atrof-muhitni sog‘lomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq qilish bo‘yicha bir xil imkoniyatga ega emas. Bu borada hamkorlik va dunyo hamjamiyatining yordami ham muhimdir.
Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro aspektlar quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
tabiatdan foydalanish milliy dasturlarini tadbiq qilishda tajriba almashuv;
davlatlararo dastur hamda bitimlarni yaratish va joriy qilish;
atrof-muhit holatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarni ta’sis etish va qabul qilingan bitimlarni bajarish.
Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish milliy dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu dasturlarni tadbiq qilish, birinchi navbatda, to‘planib qolgan ifloslanishni yo‘qotishga, ko‘zda tutilgan choralar asosan ishlab chiqarish faoliyati natijasida kelib chiqqan noxush natijalarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi. Bunday yondashish dastlab o‘zini oqladi, keyinchalik esa, ba’zi hollarda ekotizimni buzilganligi sababli tezkorlik bilan qutqarish ishlarini olib borishga to‘g‘ri keldi. Hozir bularga boshqacha urg‘u berilmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatdan foydalanish bo‘yicha majmuali dasturlar qabul qilingan. Bular qonuniy ravishda amal qiladi. Unda tabiatdan foydalanish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha davlatning kuchli roli o‘z ifodasini topgan, huquq va ma’suliyati aniqlangan.
Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan foydalanish tadbirlariga davlatning aralashuvi sezilarli tavsifga ega. Boshqarish tizimlari tuzilib, ularda tabiatdan foydalanish sifatining maqsadlari, ularning ob’ektlari (havo baseyni, suv tizimlari, yer resurslari, o‘rmonlar va boshqalar) ko‘rsatilgan. Atrof-muhit monitoringi, jarayonlarniboshqarish, moliyalashtirish, tabiatdan foydalanish faoliyatlarini rag‘batlantirish qoidalari ishlab chiqilgan.
So‘nggi yillarda atrof-muhit holatiga ma’sul tarmoq vazirliklarini o‘z ichiga olgan davlat boshqaruv organlarining ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ekologik muammolarni hal etishdagi tajriba va miliy dasturlar
Barcha mamlakatlarda milliy miqyosida tabiatdan foydalanish siyosatiga rahbarlikni uyushtiruvchi mrkaziy organlar paydo bo‘ldi. Masalan, Yaponiyada atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Fransiyada vazirlik, AQShda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Federal Agentlik (qator shtatlarda o‘z bo‘limiga ega) va boshqalar.
Tabiatni muhofaza qilishni davlat tomonidan tartibga solish usullarini turli-tumanligiga qaramasdan, bu yerda umumiylik shundan iboratki, davlat tabiat muhofazasi siyosatining maqsadlarini o‘rnatadi, tabiatdan foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabat me’yorlarini, ya’ni xo‘jalik mexanizmi deb ataluvchi qoidalarni ishlab chiqadi. Bu mexanizm o‘zining elementlari bilan iqtisodiy va noiqtisodiy tavsifga ega bo‘lib, bozor munosabatlari asosida harakat qiladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ekologik siyosatni o‘tkazish va harakat qilish asosida turli xil ifloslanish standartlarini o‘rnatish yo‘li bilan atrof-muhitning me’yoriy sifat holati tamoyillariga asos solindi. Bu andozaga o‘tish bilan soliq siyosatiga mos ravishda (jazolovchi, avf etuvchi va rag‘batlantiruvchi tavsifga ega bo‘lgan) imtiyozli kredit berish, me’yoriy va me’yoridan ortiq darajasi uchun to‘lovlar, jarima to‘lash va boshqalar amalga oshiriladi.
Noiqtisodiy sharoitlarga quyidagilara kiradi:
- ishlab chiqarishni bevosita ta’qiqlash;
- korxonani yopishni ma’muriy hal qilish;
- jinoiy javobgarlikka tortish.
Masalan, AQSH tabiatni muhofaza qilish agentligi har bir fuqaro yoki kompaniyaga me’yoridan ortiq ifloslantirganligi uchun jinoiy ish qo‘zg‘atib, qamoq jazosini o‘rnatish huquqiga esa.
Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi bo‘yicha faol siyosatga o‘tish rivojlanayotgan mamalakatlarga xosdir. Ularda chegaralash, ishlab chiqarish hajmining o‘sayotgani bilan emas, balki “iflos” ishlab chiqarish korxonalari sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiat muhofazasi bo‘yicha qonunlar ishlab chiqildi, davlat organlari ta’sis etildi, ekotizimni saqlash dasturlari yaratilmoqda, ifloslanish andoza va me’yorlari ishlab chiqilmoqda. “Uchinchi dunyo” mamlakatlari uchun albatta rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xususan tejash, chiqindisiz texnologiya, agrar sohada hosildorlikni ko‘tarish va yoqilg‘i – energetika resurslaridan foydalanish samaradorligi kabilar muhimdir. Bu tajribalar tabiat muhofazasi bo‘yicha juda ko‘p muammolarni yechishda, umumiy ijimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
O‘tish davrini o‘tayotgan mamlakatlarda (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, MDH) tabiat muhofazasi bo‘yicha faoliyat tajribalari o‘sha rejalai, Markaziy boshqaruv davrida to‘plangan edi.
XX asrning 70-80 yillarida tabiat muhofazasi bo‘yicha qator qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Tabiat muhofazasi bo‘yicha davlat boshqaruv tizimi yaratildi. Iqtisodiy monitoring (nazorat punktlari tizimi havo va suv havzalari holati) barpo qilindi, iqtisodiy ta’sir qilish elementlari (soliq, dotatsiya, jarima, imtiyoz), ekologik fondlar tuzila boshladi. Hozirgi vaqtda (ayniqsa, o‘tish davrini o‘tayotgan mamlakatlarda) bu tajribalarning ijobiy tomonlarini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda tabiat muhofazasi uchun sarf-harajatlarni tejash uchun moyillik bo‘ladi. shub lian birga bozor iqtisodiyotiga o‘tish nafaqat mamlakatni iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi, balki unda ekologik vazifani yaxshi tomonga o‘zgartiradi.
Birinchidan, bu qayta ko‘rish tizimining zarurligiyu ya’ni xo‘jalikning “og‘ir” sektorida qator samarasiz ishlab chiqarish korxonalarini yo‘qotish bilan va markazlashgan iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan resurslarni yo‘qotishni to‘xtatish bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, korxonalarni davlat moliyasiga kirib borishini to‘xtatish, resurslarni subsidiya qilishni to‘xtatish bilan bog‘liq. Bu resurslarni iste’mol darajasini, xususan energiyasizlikni pasaytiradi.
Uchinchidan, kapitalni haqiqiy qiymatiga ishonch hosil qilish bilan bog‘liq. Xom-ashyo resurslarini foydalanishda isrofgarchilikka barham berish bilan birga ishlab turgan korxonalarda jihozlarni uzluksiz almashtirib turishga to‘g‘ri keladi, hamda yangilarini qurish va eski texnologiyalarni konservatsiya qilinadi.
To‘rtinchidan, xususiylashtirish bilan bog‘liq, ya’ni davlatni ekologik harajatlardan holi qilish. So‘nggi yillarda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda zararli chiqindilar hajmi keskin kamaydi. Bu birinchi nabvatda iqtisodiyotni isloh qilish sharoitida ishlab chiqarishni rasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi. shuning uchun tabiat muhofazasi borasida shunday choralar qabul qilish mumkinki, qaysiki buni u yoki bu mamlakatda inqirozdan chiqqandan keyin ham qo‘llasinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |