Inson atrof-muhitga ta'sir o'tkazish ta'rifi



Download 83,99 Kb.
bet6/6
Sana23.12.2019
Hajmi83,99 Kb.
#31381
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Inson atrof

O‘simliklar qabul qilgan Quyosh energiyasi turli jarayonlar va reaksiyalarning o‘tishida tubandagi yo‘nalishlarda foydalaniladi, ya’ni:

1) energiyaning bir qismi fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalarda to‘planadi;

2) yana bir qismi barglarning qizishi va issiqlik chiqarishga sarflanadi;

3) bir qismi issiqlikka aylanib, transpiratsiya jarayoniga sarflanadi.

Biosferada o‘simliklar hosil qilgan fitomassa o‘simlikxo‘r hayvonlar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirilgan fitomassani 10 %ni o‘txo‘r hayvon biomassasi tashkil etadi.

Destruksiya funksiyasi, bu tirik moddalarning (organizmlarning) o‘lgandan keyin chirish, parchalanish va organik moddalarning mineralizatsiyalanishidan iboratdir, ya’ni tirik moddalardan biosferaning biogen va biokos moddalari hosil bo‘ladi.

Ma’lumki, Yerda keladigan energiyaning 99 %ini Quyosh nurlari tashkil etadi. Bu energiya atmosfera, gidrosfera va litosferada bo‘lib o‘tadigan turli fizik-kimyoviy jarayonlarga sarf qilinadi, ya’ni: havo va suv to‘lqinlari, tog‘-toshlarning yemirilishi, bug‘lanishi, tirik moddalarning hosil bo‘lishi va taqsimlanishi, minerallarning erishi, gazlarning yutilishi va ajralishi kabi holatlarga sarflanadi.

Biosferada turli mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va tiklanish kabi kimyoviy jarayonlar bo‘ladi.

10Quyosh energiyasi Yer yuzasida ikki xil moddalar almashinishini ta’minlaydi, ya’ni geologik yoki katta almashinish va biologik yoki kichik (biotik) modda aylanishi yuzaga keladi. Har yili Quyoshdan 2120 kJ yorug‘lik energiyasi Yerga keladi. Shu energiyaning 50 %i bug‘lanishga sarf qilinadi. Biosferada suvning aylanishi – Yer yuzi va suv havzalaridan suvning bug‘lanishi va namlik sifatida qaytib yerga tushishi geologik aylanishdir.

Biosferada tirik moddalarning yuzaga kelishi bilan atmosfera, suv va mineral moddalarning aylanishi hosil bo‘lad, ya’ni abiotik va geologik asosda organik moddalar almashinishi yoki kichik biologik aylanish paydo bo‘lgan.

Tirik materiya – organizmlar o‘zlarining hayot faoliyati uchun kerakli elementlarini geologik aylanishdan oladi va shu elementlar yangi, biologik aylanishga kirishadi. Bunda organik moddalarning sintez bo‘lishi va ularning bug‘lanish jarayonlari katta rol o‘ynaydi.

Biosferada geologik moddalar aylanishiga 50 %ga yaqin, biologikka esa 0,1-0,2 % Quyosh energiyasi sarflanadi. Biologik aylanishga juda kam energiya ketsa ham biosferadagi bu jarayonda birlamchi mahsulot yaratiladi.

Biosferada kimyoviy elementlar doim sirkulyatsiya qilib, tashqi muhitdan organizmga, undan esa yana tashqi muhitga o‘tib turadi. Bu holatni biogeokimyoviy sikl deb aytiladi. Bunda O2, CO2, H2O, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar aylanib turadi. Biogeokimyoviy siklda moddalar migratsiyasini kuzatish mumkin.

Yer sirtida kimyoviy elementlarning tarqalishini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, tirik moddalarda mujasamlashmagan birorta element yo‘q. Akademik V.I.Vernadskiy ta’riflagan biogeokimyoviy tvmoyillar quyidagicha:

1. Biosferada kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud bo‘lib, u o‘zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski, bugungi kunda bu tamoyil inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli buzilgan.

2. Turlarning evolyutsiyasi atomlarning biogen migratsiyasini tobora kuchaytiradi.

3. Tirik modda o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan uzluksiz ravishda kimyoviy almashinuvda bo‘ladi.

Bu tamoyillar buzilgan holda biosfera faoliyatini ta’minlab turgan kosmik ta’sirlar uni yemiruvchi omilga aylanishi mumkin.

Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Tabiatdagi har qanday organizmlar notirik tabiat bilan doimiy uzviy bog‘liq sharoitidagina mavjud bo‘la oladi. Hayot o‘zining butun namoyon bo‘lishi jarayonida planetamizda katta o‘zgarishlar keltirib chiqargan. Evolyutsiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar butun planeta bo‘ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va moddaning qayta taqsimlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.

Endilikda insonning o‘zi yashayotgan muhit bilan o‘zaro munosabati global harakter kashf etdi. Bu esa noosfera tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Noosfera – Yerning “aqlli qobig‘i” degan ma’noni anglatadi. Noosfera biosfera taraqqiyotining inson jamiyati paydo bo‘lgan oliy bosqichidir.

Noosfera atamasini fanga Le-Rua kiritgan. Keyinchalik noosfera konsepsiyasi yuzaga keldi. Uni Teyler de Sharden rivojlantirdi. Uning fikriga ko‘ra, noosfera – bu planetaning kelgusidagi evolyutsiyasi yo‘nalishini nazorat qiladigan va ideal nuqtada tabiiy jarayonlar bilan uyg‘un holda birlashib ketadigan jamoa onggidir. Bu birlashish molekulalar, hujayralar va organizmlar yaxlitligining hosil bo‘lishi holatiga o‘xshab ketadi.

Vernadskiyning firkicha, noosfera biosfera holatining shunday turiki, unda yuzaga kelgan aql planetada misli yo‘q geologik kuchga aylanadigan inson faoliyatiga yo‘nalish beradi.

Umuman, inson o‘zining tabiiy biogeokimyoviy sikllarga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini global miqyosda anglashi uning global tizim ustidan yanada oqilona maqsadga yo‘naltirilgan holda nazorat olib borishga yo‘l ochib beradi.

Noosfera g‘oyasida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining hozirgi zamon bosqich yo‘nalishlaridan biri – insonning tabiiy muhit bilan birligining global harakteri to‘la darajada aks etgan. Bu g‘oyaning yaratilishi davrida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining ziddiyatli ko‘rinishi hozirgidek kuchli emas edi. Keyingi yillarda ekologik holat tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lgan bu ziddiyatning yanada keskinlashgani kuzatiladi.

Inson o‘zining butun mavjudligi davomida biosferani kuchli o‘zgartirib yubordi. U Yer yuzidagi tirik jonzotlarni sun’iy ravishda kamaytirdi, ammo ularni yana qayta ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilmadi. Bu hollar biosferaning antropogen o‘zgarishi ancha teranlashganidan dalolat beradi. Biosfera texnosferaga aylanib bormoqda.

Boz ustiga atropogen ta’sir yo‘nalishi biosfera evolyutsiyasi yo‘nalishiga mutlaqo teskaridir. Antropogen ta’sirlar tabiatning tabiiy tizimini buzmoqda. Turlar bevosita yo‘qolib ketishi oqibatida butun tiriklik katta zarar ko‘rib, destruktiv holatga tushib qolishi mumkin. Aynan bu jarayon mavjud ekotizimni buzuvchi ayrim organizmlarning ko‘payib ketishi tarzida kechadi. Shunday qilib, hali inson kelgusida aqlli sohani yarata oldimi yoki bo‘lmasa, o‘zining nooqilona faoliyati tufayli o‘zini ham, barcha tirik mavjudotlarni ham halok etadimi, degan savolga javob topish qiyindir.

Inson bugungi kunda nafaqat Yerda, balki keng fazoga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda, chunki inson ham planetaviy, ham fazoviy miqyoslarda fikrlamoqda. Noosfera tushunchasi esa Yerdagi hayot – “aqlli qobiq” tushunchasi shu bilangina chegaralanib qoladi.

Noosfera konsepsiyasi shu bilan qadrliki, u inson va tabiat birligini ifodalaydi. Bu noogenez jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa “inson – atrof-muhit” tizimining shakllanishiga olib keladi. Noogenez – alohida tur sifatida mavjud bo‘lgan inson mohiyati shakllanishining yo‘nalishlaridan biridir. Uni to‘xtatib ham bo‘lmaydi. Inson tur sifatida o‘z mohiyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarini kamol toptirib, tobora faollashib boraveradi. Tabiatda o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intilish, aftidan, insonnning tabiat bilan o‘zaro munosabatlari istiqbolini belgilashda asosiy masala bo‘lib qolaveradi.

Inson faoliyati Yer yuzini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan hozirgi davrda biosferaning rivojlanishi yangi pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda insonning biosferaga biokimyoviy ta’siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishni biosferaning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazar-pisand qilmasdan amalga oshirilishi, masalan, o‘rmonlarning kesilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sun’iy suv havzalari, yo‘llar qurilishi va boshqalar biosferadagi biokimyoviy jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda ko‘p miqdorda yoqilg‘i yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli biosferani bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p o‘ta murakkab muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.



Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog‘i, havosi, o‘simlik va hayvonini muhofaza qilish bo‘yicha qonun va qoidalar bor. O‘zbekiston Respublikasi 9.12.1992 yili: “Tabiatni muhofaza qilish” qonunini qabul qildi. Bu mukammal zamonaviy eng zarur hujjat Vatanimiz tabiatini saqlashda, uni boyitishda katta rol o‘ynaydi.
Download 83,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish