Inson atrof-muhitga ta'sir o'tkazish ta'rifi
Insonni qurshab turgan tabiatni, uning paydo bo`lishi va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy bilish amaliyotda katta ahamiyat kasb etadi. T a b i a t bеnihoya xilma xil shakl va ko`rinishlari bilan insonni qurshab turgan organik olam, butun bir borliqdan iboratdir. J a m i ya t esa (arabcha-yig`moq, to`plamoq) tabiat rivojlanishining ma'lum bosqichida vujudga kеlgan ijtimoiy munosabatlarning yig`indisidir. Jamiyat har doim ma'lum ijtimoiy formatsiyalar shaklida rivojlanadi va yashaydi. Jamiyat garchand tabiat nеgizida rivojlansada, uning taraqqiyoti asosini mеhnat, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularga muvofiq bo`lgan ishlab chiqarish munosabatlari tashkil etadi. Bu jarayonlar esa bеvosita tabiatning jamiyatdagi ongli faoliyat yurituvchi borlig`i – i n s o n tomonidan amalga oshiriladi. Inson-tabiatdagi tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mеhnat faoliyatini yurituvchi individdir. Insonlar faoliyati va ular o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz bo`lmaydi. Bu bilan insonlarning oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kеchak va boshqa narsalarga bo`lgan ehtiyojlari qondiriladi. Bularning barchasi esa tabiatdan olinadi. Shu tarzda ishlab chiqarishda inson, jamiyat va tabiat bilan o`zaro ta'sir va munosabatlari vujudga kеladi.
Dialеktik matеrializm fanining mohiyati shundaki, uning tabiat va jamiyatdagi prеdmеt va hodisalarning bir-biri bilan bog`liqligi haqidagi qonuni tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish fanining ilmiy nеgizidir. Inson, tabiat va jamiyat orasidagi o`zaro bog`liqlikni ma'lum bir muvozanatda ushlab turgan taqdirdagina tabiatdan ilmiy asosda foydalanish va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish usullarini yaratishi mumkin. Inson hayoti, uning sog`ligi, ish faoliyati atrof muhit bilan chambarchas bog`liqdir. U tashqi muhitning barcha omillari atrofida, shuningdеk tabiat va jamiyatning har tomonlama o`zaro komplеks ta'siri ostida yashaydi.
Atrof muhitning asrlardan buyon insonga ko`rsatib kеlayotgan ta'siri - tabiiy ofatlar yoki epidеmiya bilan bog`liq bo`lgan. Inson bu omillarning aksariyati bilan kurashish usullarini, ya'ni yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ba'zi tabiiy ofatlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqdilar. Shunday bo`lsada, ta'kidlash lozimki, insoniyatning tеz ko`payishi oqibatida tabiiy rеsurslarga, uy-joyga bo`lgan zarurati ham shuncha orta borib tabiatga nisbatan o`z ta'sirini ko`rsatmasdan qolmayapdi. Ibtidoiy jamoa davridan boshlab to hozirgi kunga qadar inson tabiatni tobora ko`proq o`ziga qaratib kеldi: dеhqonchilik maqsadida katta-katta maydonlarni o`zlashtirdi, oqibatda yangi o`zlashtirilgan yеrlardagi tabiiy o`simliklar dunyosi, hayvonot olamiga zarar еtkazildi, daraxtlarning kеsilishi bilan o`rmon o`rnidagi tuproqlar himoyasiz qolib, dеngiz va okеanlar suvini loyqa bosishiga sabab bo`ldi, buloqlar kеskin kamaydi, ob-havo (iqlim) o`zgardi, go`shti, tеrisi, qimmatbaho suyagi uchun yovvoyi hayvonlar qirib yuborildi.
Fan va tеxnika rivojlanishi bilan insonning tabiatga nisbatan ta'siri yanada orta bordi. Bunday hukmronliklar butun tabiatni yеr qa'ridan boshlab atmosfеragacha qamrab oldi. XX asrning oxiri XXI asrning boshlanishi bilan esa insoniyatning asosiy intilishi ilgari foydalanib kеlinmagan qo`shimcha organik va minеral mahsulotlar olish maqsadida dеngiz va okеanlarning chuqur qa'riga va boshqa sayyoralar tomon boshlamoqda. Ma'lumki, tabiat bir butun bo`lib, undagi borliq bir-biri bilan chambarchas bog`langandir. Shu sababli ham tabiiy yashash vositalaridan ehtiyojga yarashasini yagona rеja asosida, tabiatdagi o`zaro bog`liqlikni hisobga olgan holda foydalanish lozim. Chunki tabiatda hеch bir narsa biri-ikkinchisidan ajralgan holda faoliyat ko`rsata olmaydi. So`nggi bir asrda insoniyatning 5,5-6,0 barobargacha ko`payganligi ularning tabiiy yashash vositalariga bo`lgan zaruratini ham shuncha ko`paytirdi, buning natijasida insonning tabiatga ta'siri ham shuncha orta bordi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda inson bilan tabiat o`rtasidagi modda, enеrgiya almashinuvi, asosan, tеxnika rivoji vositasida amalga oshiriladi.
Inson faoliyati oqibatida tabiatda paydo bo`lgan o`zgarishlarga antropogеn o`zgarishlar dеyiladi. Dеmak, inson faoliyatida t a b i a t xom-ashyo manbai, modda ishlab chiqarishning nеgizi va albatta, yashash muhiti hisoblanadi. Sanoat, shaharlar qurilishi, transport vositalari va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining kеngayishi bilan insonni himoyalab turgan tabiiy muhit muvozanatiga ancha zarar еtkazildi. Shu sababli ham iqtisodni rivojlantirish manfaatlari, aksariyat holatlarda asosiy ekologik muammolarga, ya'ni tabiat musaffoligini bir maromda saqlash imkoniyatini bеrmayapdi. Hеch sir emaski, tеxnika taraqqiyoti tufayli iqtisodiyotning o`sib borishi tabiiy boyliklardan foydalanishning hisobsiz o`sib borishi evaziga amalga oshirilmoqda. Sayyoramizning aksariyat hududlarida tabiiy yashash vositalaridan foydalanish sur'ati, tabiatga yеtkazilgan zararni to`ldirish zaruratidan ancha yuqori bo`lmoqda. Insoniyatning juda tеz ko`payishi ularni oziq-ovqatga bo`lgan zaruratini qondirish uchun ko`proq tabiiy yashash vositalaridan, nafaqat, tiklanadigan tabiiy boyliklar, balki tiklanmaydigan boyliklardan ham rеjasiz foydalanilishi natijasida tugab qolish xavfi paydo bo`lmoqda.
Marten 2001-ga ko'ra, u insoniy-ekologik munosabatlarni inson ijtimoiy tizimi va boshqa ekotizimning o'zaro ta'siri sifatida aniqladi.
Inson ijtimoiy tizimi va ekotizim juda murakkab uyg'unlashtirilgan tizimdir, chunki ularning ikkalasi ham bu qismlar orasida juda ko'p qismlarga va ko'plab aloqalarga ega. Ular adaptivdir, chunki ular doimo rivojlanib borayotgan hayot sharoitlarini yaxshilashga yordam beruvchi ko'plab fikr-mulohazalar mavjud
Iqlim tushunchasi taxminan 2200-yil oldin yunonistonlik olim Gipparx
tomonidan kiritilgan bo‘lib, u yunonchada quyosh nurlarining kun yarmida
yer yuzasiga «og‘ishi»ni bildiradi. Hozirgi vaqtda iqlim deganda harorat, namlik
va atmosfera sirkulatsiyasining o‘ziga xos rejimini vujudga keltiradigan,
ma’lum joy uchun eng ko‘p takrorlanadigan ob-havo xususiyatlari tushuniladi.
Iqlim va uning o‘zgarib turishi o‘simliklar va hayvonot olamining
rivojlanishi va insonning inson sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Ohmlaming taxmin qilishicha, bundan 65 mln yil ilgari yerga ulkan
asteroid kelib urilgan, natijada, atmosferaga juda ko‘p chang chiqarilgan va
oqibatda dunyo uch yil zimistonga aylangan. Quyosh nurlarining kam
tushishi natijasida harorat pasaygan, ko‘p o‘simhklar o‘sishdan to‘xtagan,
oziq zanjirlari buziigan va ko‘p turlar, shu jumladan, dinozavrlar ham
qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib ketish sababini tushuntiruvchi
ye take hi nazariyalardan biridir.
Boshqa nazariyaga ko‘ra inson zoti taxminan 6 mln yil oldin, yog‘in
miqdori kamayib, harorat keskin pasaygan davrda tez rivojlana boshlagan.
Afrikadagi Buyuk Yoriq vodiysidagi eng qadimgi ajdodlarimiz daraxtlarda
yashashga moslashgan edilar. Lekin iqlimning uzoq vaqt davom etgan
o‘zgarishlari natijasida daraxtlar o‘t-o‘simliklar bilan almashgan. Eng
qadimgi ajdodlarimiz; oilalari o‘zlari moslashgan sovuqroq va quruq yalang
tekislikka o‘tib, yirtqichlar yetishi mumldn bo‘lgan sharoitga tushib qolganlar.
Ana shunday qirilib ketishi mumkin bo‘lgan sharoitda ikki evolutsionevolutsion
sakrash yo‘li bilan moslashib olganlar: Birinchisi, — uzoq masofalarga
tik yurib bora oladigan, qo‘llari bola va oziqni tashish uchun bo‘sh bo‘lgan
mavjudotlarga va undan keyin katta aqliy imkoniyatlarga ega boigan,
mehnat va ov qurollarini ishlata oladigan, ham go'sht va oksimlik yeydigan
mavjudotlarga aylanganlar. Ilclcinchisi — aql-qobiliyati bo‘lgan mavjudotlar
dastlabki odam deb qaralgan. Inson keyinchalik moslasha borib ko‘chib
yurib, yanada kuchh bo‘Hb iqlim o‘zgarishlariga moslashgan.
Muzlik davrida quruqlik ko‘priklari orqali Osiyodan Amerikaga va
Tinch okeani orollariga ko‘chib o‘tganlar. Bu ketma-ket ko‘chishlarda albatta,
falokatlar ham bo‘lgan. Bu falokatlaming ayiimlari unchalik kuclih
bo‘lmagan.
Oxirgi yuz yilliklar va ayniqsa, XX asming xususiyati shundaki, insonlaming
faoliyati ma’lum joy va hududning iqlim sharoitiga yaxshi
moslashgan o‘simliklar hamda hayvon turlarini yaratish va o‘stirishga qaratilgan.
Hoziigi vaqtga kelib, ko‘pchilik xalqlar ushbu yo‘nalishda salmoqli
muvaffaqiyatlarga erishdilar. Oziq-ovqatlaming yetarliligi mamlakat va xalqlaming
barqaror iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Issiqxona samarasi
Yerdagi hayotning bosh manbayi quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasining
bir qismi (taxminan 30 %) yer yuzasi va atmosfera, asosan bulutlar
orqali darhol kosmosga qaytariladi. 55 %ga yaqini atmosfera orqali yeiga tushadi
va havo shafFof bo‘lganligi tufayli quyoshdan keladigan qisqa to‘lqinli radiatsiya
atmosferaning bevosita kuchli isishiga sabab bo‘lolmaydi. Ammo u yer
yuzasini isitadi va isigan yer yuzasi uzun to‘lqinli radiatsiyani tarqatadi. Atmosferani
tashkil qiluvchi ayrim gazlar yoki «issiqxona gazlari» ushbu radiatsiyani
yutish qobiliyatiga ega va shuning hisobiga atmosfera isiydi.
Yer yuzasidan yuqoriga tarqaladigan uzun to‘lqinli radiatsiyaning
katta qismi atmosferadagi suv bug‘lari, karbonat angidrid gazlari va boshqa
tabiiy issiqxona gazlari bilan yutiladi. Bu gazkr yer yuzasidagi energiyaning
bevosita kosmosga chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Agar eneigiyaning
kosmosga tarqalishi qarshiliksiz amalga oshganida yer yuzasidagi harorat
hozirgidan deyarli 30°C pastroq bo‘lar edi. Yer usti xuddi Mars sayyorasiga
o‘xshash sovuq, unumsiz, o‘simlik qatlamisiz, hayotsiz bo‘lar edi.
Insonlar hayoti o‘simlik va hayvonlar hayoti singari sayyoramizni
o‘rab turadigan atmosfera deb ataladigan havo okeani ostida rivojlanadi.
Inson faoliyati natijasida hozirgi vaqtda amalga oshgan asosiy o‘zgarishlar—
bu yer atmosferasidagi o‘zgarishlardir. Dinozavrlami yo‘q qilgan asteroidiarga
qaraganda ham bugungi atmosferani o‘zgartirishga olib keladigan
xatti-harakatlarimiz teranroqdir. Bu shundan iboratki, biz atmosfera gazlari
muvozanatini o‘zgartirdik va o‘zgartirishda davom etyapmiz. Bu ayniqsa,
karbonat angidrid (C02), metan (CH4), azotning chala oksidi (H2O) kabi
asosiy issiqxona gazlari uchun tegishlidir. Tabiatda bu gazlar asosan kislorod
(21%) va azot (78%)dan iborat atmosferaning 0,1 %dan ham kamrog‘
ini tashkil qiladi. Lekin issiqxona gazlari har holda zarur, chunki ular Tabiat - bizni o‘rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi.
Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar.
Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga joylashganlar.
Xo‘jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Muayyan hududning hayvonot olami va o‘simlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga ko‘chirish va ko‘paytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajo‘xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qo‘y, tovuq, asalari, kofe, bug‘doy, sholi, arpa, karam, sholg‘om, nok kabilar olib ketilgan . Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi:
1. Tabiiy landshaltlar. 2. Tabiiy-antropogen landshaftlar. 3. Antropogen landshaftlar.
Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, tog‘lar, cho‘llar, qalin o‘rmonzorlar tipik misol bo‘ladi.
Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig‘ida tarkib topadi. Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir.
Antropogen landshaftlar - kishilarning xo‘jalik faoliyati ta'sirida o‘zgargan tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam « qal'a-shahar «, «shahar-davlat« sifatida shakllana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |