Birinchi yo‘nalish – ichki tuzilmalar, elementlar, omillar va tizimlarning ichki o‘zaro hamkorligiga. Bu hamkorlik markazlashtirishni tugatilishi va bo‘linmalarning mustaqilligiga asoslangan, bu ularning yuqori manyovrligi, operativligi, tashkiliy shakllarining ko‘pligi, yangi usullarining ixchamligini ta’minlaydi.
Ikkinchi yo‘nalish esa tashqi muhitga qaratilgan, u uzoq muddatli tendensiyalar, barqarorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq. Tizimni tashqi muhitda faoliyat yuritishi. Tashkilotni rivojlanishining bu ikkinchi tendensiyasi sinergik (hamkorlik) samarasini yaratuvchi mexanizmni jipslashishi va intergratsiyalashishga asoslangan, u harakatlarning bitta maqsadiga qaratilgan birlashishlardan tashkil topuvchi samaralarni ko‘payishidan iboratdir. Bu shuni bildiradiki, u elementlarning oddiy summasidan samaradan ko‘proqdir, ya’ni o‘zini o‘zi rivojlantirishi va takomillashishga asoslangan murakkab tizimlarda, innovatsion tashkilot ham ularga kiradi, katta sinergik (hamkorlik) samarasi kuzatiladi.
Rivojlanishning ikkita tendensiyalarni umumlashtirish asosida alomatlarning to‘rtta asosiy vazifaviy kategoriyalari vujudga keladi, ya’ni tizimni moslashuvi, uning tashqi muhitga javob qaytarishi nuqtai nazaridan maqsadga erishishi, elementlarning integratsiyalashishi va ularning o‘zaro munosabatlari, hamda o‘zini o‘zi tashkil qilishning ichki tamoyili tizimning gomeostazini o‘qllab quvvatlash.
Innovatsion tizimning xususiyatlari ikkita qarama qarshi tendensiyalar: bir tomondan markazlao‘tirishni tugatish va tabaqalashtirish va boshqa tomondan markazlashtirish va integratsiyalangan jarayonlarning o‘zaro hamkorligini takomillashtirishga asoslangan. Tizim umuman muvofiq faoliyat yurita olishi uchun, unda tashkilotni mavjud bo‘lishining har xil masofaviy va vaqtli davrlarida vositachilar, innovatsiyalar manbalari, muqobil elementlar (etkazib beruvchilar, sheriklar, pudratchilar va boshqalar) rolini o‘ynashga qodir turli tuman vazifaviy tizimchalar va elementlarni jamlanishi sodir bo‘ladi. Tashkilotning ko‘pgina shakllarining mavjudligi tizimning masofaviy doirasini tashkil qiladi, o‘zining faoliyatida turli tuman yangi usullar, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanuvchi ishtirokchilar, tizimchalar va muqobil elementlarni ko‘pligi esa aloqalarning ko‘pligi bilan o‘zaro bog‘langan va chatishib ketgan, bu tashkilotning umumiy yashash qobiliyati va barqarorligini oshishini ta’minlaydi. Masalan, xo‘jalik bo‘linmalari va tashkiliy tuzilmalarning o‘zaro aloqasi innovatsion rivojlanish talablari burchagi ostida ko‘rib chiqiladi. Bozor iqtisodiyotida har bir firma o‘zining tashkilik tuzilmasini mustaqil ravishda belgilaydi. Ammo umumiy yashash qobiliyatini oshishi firmaning uchta asosiy vazifaviy tizimchalari (ITTKI va mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish texnologiyasi va marketing)ni muvofiq faoliyat yuritishi bilan yaqindan bog‘langan.
Tashkilotning vazifaviy tizimchalari turi texnologik jarayonlar aloqalarining xarakteriga mos kelishi va yangiliklarni ishlab chiqish bosqichlarini shartnoma asosida yoki sof bozor aloqalari ishlab chiqarish va sotish bilan parallel tashkil qilishga qaratilishi kerak. Mahsulotni bo‘linmalar orasidagi o‘zaro hamkorliklarni tashkil qilishning bunday tamoyili moliya, moddiy va axborot oqimlarini, xodimning tajribasi va bilimlarini, tayyor mahsulot va xizmatlarni epchil taqsaimlanishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |