26-rasm. Maslou boʻyicha ehtiyojlar ierarxiyasi
Dastlabki ehtiyoj koʻpincha pul yordamida ta’minlanadi. Xorijiy mutaxassislarning baholashi boʻyicha pul xodimlar motivatsiyasining 50-70%ini, qolgani esa yuqori saviyadagi bilimni olish, obroʻga ega boʻlish, tadqiqot qilish imkoniyatlariga ega boʻlish kabi ehtiyojlarni qondirish orqali ta’minlanadi.
Maqsadlar, an’analar, moda va shu kabi axloqiy ideallar insonlarni buyuklikka yetaklaydi. Bu omillar koʻpincha olimlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizdagi iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlari narx tizimiga katta ta’sirini koʻrsatdi. Shuning uchun pul oʻz ahamiyatiga ega boʻlib qoldi. Bu esa olimlarning motivatsiyaga oʻz ta’sirini koʻrsatdi, chunki har qanday insonning turmush hayotida moddiy ehtiyojlar birinchi navbatda turadi.
Rivojlangan davlatlardagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi firmalar ham olimlarning moddiy ehtiyojlarini qondirish yoʻli orqali oʻzlariga samarali jalb etadilar. Masalan, Italiyadagi “Olivetti” firmasining rahbariyati, oʻz xodimlarini oylik maoshlari haqida qayg’urmasliklari uchun ilmiy-texnik xodimlar uchun mansablarning va ilmiy unvonlarning turli tizimlarini ishlab chiqadilar va amalda qoʻllaydilar.
Zamonaviy motivatsiya nazariyasining kategoriyalari:
Zamonaviy motivatsiya nazariyasi ikkita kategoriyaga, ya’ni majburiy va ixtiyoriy kategoriyalarga ajratiladi.
Insonning ichki istagiga koʻra uni harakat qilishga majbur etuvchi motivatsiya majburiy kategoriyadir. Insonning oʻz tabiati tomonidan tanlangan xulqiga bog’liq holda harakatlanishi motivatsiyaning ixtiyoriy kategoriyasiga ajratiladi, bunday motivatsiya orqali inson oʻz ehtiyojlarini qondirishiga ishonadi.
Ixtiyoriy kategoriyali motivatsiyaning nazariyasi boʻyicha Portera-Loulera modeli boʻyicha haqiqat nazariyasi, kutish nazariyasi koʻpchilikka ma’lum. Kutish nazariyasi quyidagicha oddiy koʻrinishdagi tenglik bilan ifodalanadi:
Harakat=qobiliyat(uddalash) x motivatsiya
Kutish nazariyasi amerikalik filosof va sotsiolog Viktor Vrumning bajarilgan tadqiqotlari orqali talqin etilgan boʻlib, bu nazariyaga asosan, aksariyat hollarda, odamlar ongli ravishda oʻz xulqlaridan eng samaraliligini tanlaydi va ular fikriga koʻra, bu tanlangan xulq orqali kutilgan natijaga erishadi. Bu nazariya uchta oʻzgaruvchidan iborat boʻladi:
1) kuzatish (“mehnat xarajatlari” – “natija”) – bu xarajat va natija oʻrtasidagi harakatlarning taxminiy bog’liqligidir. Harakat – inson tomonidan nazorat qilinadigan ongli xulq tushuniladi. Natija – bu inson tomonidan nazorat qilish imkoni yoʻq, ya’ni uning paydo boʻlishi ehtimolli xarakteriga ega boʻlgan voqelikdir. Kutish 0 va 1 oʻrtasida boʻladi. Agar insonda tegishli ishni oʻz vaqtida bajarish imkoniyati toʻg’risida aniq tasavvur boʻlmasa, kutish 0 ga teng, agar aniq tasavvur boʻlsa, kutish 1 ga teng boʻladi;
2) valentlik (“natija” – “mukofotlash”) inson tomonidan tegishli natijaga erishishga sarflaydigan kuchi. Har bir natija ma’lum darajadagi xohish ehtimolligidir. Xodim jamiyat uchun foydali mehnat orqali erishilgan natija uchun ma’lum mukofot bilan taqdirlanadi;
3) instrumentallik – (“bajarish” – “natija”) - ikki hodisa oʻrtasidagi taxminiy oʻzaro bog’liqlik. Xodim mehnati orqali kutilgan ijobiy natijaga erishishi va buning natijasida mukofot olishidir.
Bu motivatsiya kategoriyasining nazariyasini quyidagicha ifoda koʻrinishida ham aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |