Innovatsion iqtisodiyot


Yangilik kiritishning sof raqobat bozori



Download 461,5 Kb.
bet2/14
Sana20.02.2022
Hajmi461,5 Kb.
#460369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Innavatsion menejment 4 mavzu

2. Yangilik kiritishning sof raqobat bozori.

Sof raqobat bozori sotuvchi va oluvchilarning shunday uyushmasiki, unda yuqoridagilar joriy baholarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat tushun- chasidan foydalanish bizni narxli, narxsiz, insofsiz va boshqa xil raqobat- larni ko‘rib chiqishdan ozod qiladi va shu bilan birga ishlab chiqarish munosabatlari subyektlari orasida eng foydali sohaga kapital qo‘yishni taqsimlash bozori, resurslar manbayi, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat- ning namunalari kabi sohalarda kurashishini o‘z ichiga oladi.


Oldin aytib o‘tganimizdek, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyati natijasi sifatida yangilik to yangilik kiritililishi va xalq ommasiga yangi tovarlarni, texnologiyalarni, xilma-xil xizmatlarni, yangi uslublarni va boshqalarni tan olinishida bo‘lgan jarayon vaqt va xarajatlar bilan bog‘liq.
Sof raqobat bozori bu jarayonda ikkilamchi pozitsiyada namoyon bo‘ladi, ya’ni ular o‘zlarida birlik va qarama qarshi tomonlarni kurashini ifoda etadi. Tashkilotning yangiliklar bozorida har xil formada qatnashishini aniqlovchi sharti bo‘lib ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat sohasiga va yan- gilikni kiritish jarayonini qayta tashkil etish yoki o‘qitishga sarflanadigan investitsiya hajmi hisoblanadi.
Kapital bozori. Rivojlanishni xohlamagan tashkilotni topish qiyin. Uy xo‘jaligiga mebel, videojihoz, avtomobil, gilamlar sotib olish yoki yangi- lash kerak. Korxonaga esa tashqi va ichki bozorlarda raqobat qila oladi- gan texnologiyalarni sotib olish, o‘zining mahsulotini taqsimlash uchun yangi bozorlarni topish, yangi yetkazib beruvchilar va iste’molchilar topish kerak bo‘ladi. Davlatga esa yangi xil qurol-yaroqlar, ekologik toza energiyalar, resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalar kerak bo‘ladi.
Jahon uyushmalari. Mars va boshqa sayyoralarni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslaridan qanday foydalanishning yo‘llari kerak. Zamonaviy taraqqiy etgan ilmlar va texnikalar bularning hammasiga bugunoq erishishga yo‘l qo‘yadi. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan ehtiyojlarning hammasini asosiy cheklanishi sifatida har xil turdagi (sizdali, aylanma, aksionerli, ven- churli, nizomli va boshqa) kapital namoyon bo‘ladi. Kapital bozori rivoj- lanishining asosiy mezonlarini 1.2-chizmada ko‘rsatib o‘tilgan. Innovat­siya sohasida aniqlovchi rolni uzoq muddatli va o‘rta muddatli investitsi- yalar o‘ynaydi. Innovatsion jarayon, odatda, o‘rtacha 3-5 yil va undan yuqori muddatlarda davom etadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat sanoat siyosati konsepsiyasida quyidagi sanoatdagi investitsion siyosati muhim normalarini qonuniy tartibda mustahkamlash ko‘rib chiqiladi:
Respublika budjetidan faqat fundamental ilmiy tadqiqotlar va notijorat xarakterga ega bo‘lgan obyektlar va shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq obyektlar qaytarmaslik sharti bilan moliyalashtirladi.
Boshqa xil markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.


Davlat resurslarini qaytarish sharti bilan berishni foydali shakllari bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yo‘li bilan investitsiyalash yoki chiqari- layotgan qimmatli qog‘ozlarga kafolat berish hisoblanadi. Investitsiyalarning umumiy ko‘rinishi o‘zida iqtisodiyotni har xil sohalariga foyda olish maqsadida uzoq muddatli vositalarni qo‘yishni namoyon etadi. Maxsus ada- biyotlarda investitsiyaning xilma-xil klassifikatsiyalashgan va.ria.nt.la.rini ko‘rish mumkin. Ulardan bin 1.3-chizmada ko‘rsatilgan iqtisodiy mohiyat va investitsiya maqsadiga ko‘ra investitsiyalar real va moliyaviy investitsilarga bo‘linadi. Real investitsiyani tashkilotlar, korxonalar va boshqa xil uy xo‘jalik subyektlari yer, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish jarayonida amalga oshiradi. Moliyaviy investitsiyalar — bu uy xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning har xil elementlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishidir. Berilgan holatda biznesga kapital qimmatli qog‘ozlarga vosi­talarni investitsiyalash orqali keladi. Innovatsion soha o‘zida yangiliklar yaratuvchilar, investorlar, raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarni namoyon etadi. Mana shu yerda innovatsion jarayon tamom bo‘ladi.





Download 461,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish