79
ko’rganlarida o’zlarida fahr va g’ururni ko’rishadi. Mehnatni asrab-avaylashga odatlanishadi.
Mehnat jarayonida qiyinchiliklarga uchragan va ularni bartaraf etgan o’quvchilar boshqalarni
ham mehnatlarini qadrlaydi. Har bir inson marralarga, yutuqlarga erishishida o’zining
mehnati bilan yetishadi. O’rganish, o’qish, ishlash insonni tarbiyalovchi asosiy omil
hisoblanadi. O’quvchilar mehnat bilan shug’ullanish davomida mustaqil fikrlashni ham
o’rganishadi. Mehnat ta’limidan olgan bilimlarini u bilan bog’liq
boshqa fanlarda ham
qo’llashi o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Ta’lim sohasidagi
jamoat ishlarida va o’quvchilar birgalikda birdam bo’lib ishlashida, ular o’rtasidagi
munosabatlarda tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishning zamirida
texnologik ta’lim yotadi. O’quvchilar darslar davomida elektr toki bilan ishlaydigan va
boshqa asbob-moslamalar bilan ishlashda xavfsizlik texnika qoidalariga
rioya qilishsa hayot
tarzlaridagi kundalik yumushlarda ayrim kamchiliklarni bartaraf etishadi.
Mehnat ta’limi o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatadi. Barkamol avlodni
tarbiyalashda ham jismonan ham ruhan kamolga yetishida mehnat oldingi o’rinda turadi.
Mehnatsiz inson hech narsaga erisha olmaydi. Mehnat inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekan
bu borasidagi barcha bilimlarni o’quvchilar puxta egallashi kerak. Shunday ekan har bir inson o’z
mehnati bilan ulug’lanadi.Mehnatsevar insonlarni hamma qadrlaydi, ularga mehr-muhabbatli
munosabatda bo’ladi. Insonni faxri ham kasbi ham hunari hisoblanadi. Bu fanni mukammal
o’rgangan inson hayotda hech qachon qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Davlatta’limstandartlariasosidao’tilganmehnatta’limidarslaridao’quvchilarerkinnutqso’zla
yolishlari, aqliyo’sishlarivaharakterlaridahamijobiytomonlarko’rinibturadi. O’quvchilarni mehnat
bilan shug’ullanishida diqqatini bir joyga jamlab ishlashi xotirasini
ham mustahkamlashga
yordamlashadi. Bola tayyorlamoqchi bo’lgan buyumi sifatli, chiroyli, ixcham, qulay bo’lishi uchun
avval eng mukammal holatini tasavvur qila olishi buyumni o’sha darajaga yetkazishida turtki
bo’ladi. Yoshligidan mehnatsevarlikka o’rgangan bolalarni kelajagi porloq, hayoti farovon bo’ladi.
O’qituvchilarning asosiy vazifasi o’quvchilarga bizning milliy o’zbek milliy hunarmandchiligining
kelib chiqishi, tarixi unda qo’llanilgan usullarni o’rgatish va asrlar
davomida avloddan-avlodga
yetkazishda ko’maklashishdir. Inson hech qachon mehnat qilishdan qochmasligi kerak. Chunki
butun hayoti davomida qilgan mehnati o’z samarasini, mevasini beradi.
BuyukajdodlarimizdanbiriAbuRayhonBeruniy
“Mehnatinsonhayotinifarovonqiluvchidavlatdir” debta’kidlabo’tadi. Rostdan ham mehnat
qashshoqlik, nochorlikdan farovon hayot tomon yetaklovchi asosiy yo’l hisoblanadi. O’z kasbini
va hunarini mohir ustasi bo’lgan inson ko’plab marralarni zabt eta olishga qodir. Yoshlarni maktab
davridan boshlab kasbiy tayyorgarlikni shakllantirishda mehnatni alohida o’rni bor. Bu fanni
chuqur o’zlashtirgan bolani ishini unumi bo’ladi, tajribasi yanada ortadi. Mehnat ta’limi
bolalardagi madaniyatni shakllantiradi, bilim olishga intilishlarini kuchaytiradi. O’quvchilar
mehnat bilan shug’ullanganda materiallarni ishlatishda ularni qirqish,
bezash kabi ishlarda
tejamkor bo’lishni va tozalikka rioya qilishni o’rganadi.O’qituvchi qanchalik talabchan bo’lsa
o’quvchilar o’z ustida ko’p ishlaydi, mehnat mashg’ulotlarini ko’paytiradi. Shunda o’quvchi
to’g’ri va aniqlik bilan ish tutishga harakat qiladi. O’qib, o’rganib zamon bilan hamnafas bo’lish
bugungi kunning talabi.
Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek: “Har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga
qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga
qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam,
g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog’liq
ekanligini
anglab yetishlari kerak”. Demak kelajak hayot ham insonning yoshligidagi mehnatsevarligiga
bog’liq ekan. Yoshlarimizning texnologik ta’lim fanini mukammal o’rganishlari va biror kasb yoki
hunar egasi bo’lishi vatanimizning rivojlanishiga katta yo’l ochib beradi. O’quvchilarni kelajakda
jamiyat uchun kerakli kadr bo’lib yetishishida texnologik ta’lim katta ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy chet el texnologiyalarini ham o’rganib yurtimizda amalda qo’llashi bizning ham
texnologiyalarimizning rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: