Инновация: фан, таълим, технология



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/61
Sana25.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#255442
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
2019,,2

ADABIYOT 
1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-yenglmas kuch”.–T.:Ma’naviyat, 2008-173 b 
2. Rajabov I. “Maqomlar”.-T.:Yangi nashr, 2006-173 b. 
3. Matyoqubov O. “Maqomot”.-T.:Musiqa, 2004.-400 b. 
 
 
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQIY TA’LIM YO’NALISHINING TUTGAN 
O’RNI VA BU SOHADA UCHRAYOTGAN MUAMMOLAR 
 
A.Q. Abdujalilov – Musiqa ta’lim yonalishi 2-kurs talabasi. 
Andijon davlat universiteti 
 
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidano’sib kelayotgan yoshlarning ta’lim olishiga va 
ularning jamiyatimiz hayotida kerakli inson bo’lib, el-yurt ravnaqi yo’lida xizmat qila oladigan 
etib tarbiyalashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Qay sohaga nazar solmaylik ushbu sohada 
yetarlicha yutuqlar, samarali ish olib borilib ushbu sohaning kundan-kunga rivoj topayotganligini 
kuzatishimiz mumkin. Albatta bu say-harakatlarning samarali bo’lishi uchun davlatimiz va 
yurtboshimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor va yaratib berilayotgan sharoitlarning o’rni 
kattadir. Bu e’tiborning yana bir isboti bu muxratam yurtboshimizning 2017- yilda oliy ta’lim 
muassasalarining san’at va madaniyat yo’nalishlariga imtihon topshiruvchi abiturientlarga test 
sinovlarisiz, faqatgina san’at yo’nalishining o’zi tanlagan yo’nalishidagi amaliy bilim va 
mahoratlarni namoyish etgan holda imtixon sinovlaridan o’tib oliy ta’lim muassasasiga kirishi 
haqidagi qarori yoshlarga yanada katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Ushbu qarorga muvofiq 2018- yilda san’at va madaniyat yo’nalishlarga bir-biridan iqtidorli 
yoshlar o’qishga qabul qilindilar.Bu qaror albatta san’at va madaniyatga ixtisoslashgan 
OTMlardan tashqari musiqiy ta’lim yo’nalishi bo’lgan pedagogika universitetlariga ham birdek 
tegishli bo’ldi. Shu qatori musiqiy ta’lim yo’nalishlariga ham talabalar o’z mutaxassislik 
mahoratlari bilan o’qishga qabul qilindi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki bu yilgi qabul 
qilingan talabalar olqindilaridanfaqrli o’laroqimtihonlarni test sinovlarini yuqori ballar bilan 
topshirganligi uchun emas balki o’z mutaxassisliklarini puxta egallab, o’z mahoratlarini 
namoyish etganliklari uchunolding talabalardan o’z iste’dodlarining yuqori darajada ekanligi 
bilan tubdan farq quladi.Yurtimizdagi ko’pgina oliy ta’lim muassasalarida pedagogika sohasida 
uchrayotgan ayrim kamchiliklarni kuzatishimiz mumkin.Ayniqsa, yosh musiqiy ta’lim
pedagoglarini tayorlash muhim masalalardan biridir. Chunki, qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar 
ushbu sohadagi yangiliklarni, bilimlarni targ’ib etib yoshlarga yetkazish pedagogika sohasi bilan 
bog’liqdir. Pedagogika fakultetining bir yo’nalishi bo’lgan musiqiy ta’lim yo’nalishidabo’lgan 
kamchiliklar boshqa yo’nalishlarga qaraganda katta e‘tiborni talab etmoqda. Endigi talabalar 
to’liq holda o’z kasbining ustasi va to’liq holda iqtidorli bo‘lganliklari uchun dars jadvallar va 
dars o’tish jarayonlari ham oldingilaridan farqli ravishda ko’proq mutaxassislik fanlariga e’tibor 
qaratib, darslar yangi tartibda olib borilishi kerak. Pedagogika ta’limi yo’nalishida musiqiy 
ta’limdan tashqari boshqa bir necha ta’lim yo’nalishlari bor. Musiqiy ta’limning dars 
yo’nalishlari ham ba’zi bir tomonlama shu yo’nalishlarning dars tarmoqlariga mos ravishda 
bo’ladi. Lekin musiqiy ta’lim yuqorida ta’kidlab o’tilgan qarorga muvofiq endi o’zining yangi 
yo’lini topdi. Bu holatlar endi musiqa ta’limi yo’nalishini alohida fakultet sifatida ajralib o’z 
tarmoqlarini ochishi kerak degan fikrni yuzaga keltiradi.
Ushbu yo’nalishga qabul qilingan talabalaroliy ta’limga kelguniga qadar o’rta maxsus 
ta’limni musiqaning yo’nalishlaridan aynan bir sohasida bilim olib shu mutaxassislik bo’yicha 


96 
o’qishga kirganlar. Lekin oliy oquv yurtiga kelib “musiqiy ta’lim” deb nomlangan musiqaning 
barcha sohalarini birlashtirgan yo’nalishda o’zining mutaxasisligiga begona bo’lgan musiqa 
yo’nalishlari bilan ham shug’ullanishmoqa. Buning natijasida talabalar orasida bir necha 
tushunmovchilik va qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Birinchidan, talabaning asosiy sohasi bilan 
shug’ullanishiga shart sharoit va darslarning tog’ri kelmasligi yuzaga keladi. Ikkinchidan 
musiqaning barcha yo’nalishlarini bir vaqtda o’zlashtirish kerak bo’lganligi uchun talababarcha 
sohani yetarlicha o’zlashtirishga dars soatlari kamlik qilib natijada, barcha sohani birdek sust 
o’zlashtirishi kelib chiqmoqda. Uchinchidan yana bir e’tiborga molik jihat bor ya’ni, talabalarda 
“o’z kasbiga muhabbat”, “o’z kasbiga sadoqat” tushunchalari bor. Bir talaba oliygohga 
kelguniga qadar yetti yildan to’qqiz yilga qadar musiqaning aynan cholg’u ijrochiligi, an’anaviy 
xonandalik, estrada xonandaligi, musiqa nazariyasi kabi turlari bilan muntazam ravishda 
shug’ullanib, aynan shu sohaga mehri tushishi tabiiy albatta. Musiqiy ta’lim yo’nalishidagi 
talabalarning yana avvalgidek o’zi tanlagan bir yo’nalishda bilim olib, aynan o’sha sohaning 
yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishlari uchun ham musiqiy ta’lim yo’nalishini pedagogika 
fakultetidan ajratib alohida fakultet sifatida joriy etilishi albatta bu xatolik va 
tushunmovchiliklarning yechimi bo’la oladi. Albatta hammada musiqiy ta’lim alohida ajralib 
chiqqanidan so’ng unda qanday yo’nalishlar bo’ladi degan savol tug’iladi. Bu savolga 
musiqaning musiqaning mavjud yo’nalishlariga qarab javob topamiz, ya’ni: 
1. Cholg’u ijrochiligi yo’nalishi. 
2. Xonandalik yo’nalishi. 
3. Musiqa nazariyasi o’qituvchisi. 
Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarga muvofiq darslar ham yangi tartibda 
o’tilishiga ahamiyat berish kerak.
Xulosa qilib aytganda yosh avlod tarbiyasida madaniyat va san’at sohasini rolini 
kuchaytirib, ta’lim sohasida o’z o’rnini topishi va jamiyat rivojida muhim omil bo’lib xizmat 
qilishi uchun barchamiz birdek harakat qilmog’imiz darkor. Yuzaga kelayotgan muammolarni u 
qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar o’rtaga tashlab yechimiga erishishmuhimdir. Zero kelajakni 
biz yoshlar kam ko’stsiz qurishimiz uchun barcha muammolarnibartaraf erishmog’imiz joizdir. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish