80
ADABIYOT:
1. I.A. Karimov. “ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining pydevori”.
Toshkent .”Sharq”- 1997.
2. R.A. Mavlonova, M.T. Satbayeva. Mehnat o’qitish metodikasi. T. -2013.
3. A. Pereverten. “ O’quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish”. Toshkent.
“O’qituvchi”-1992.
4. Y. Rasulova, O. Nurmatova. Pedagogika fanidan qo’llanma. Toshkent.
“Voris” 2002.
TEXNOLOGIK TA’LIMNING TA’LIMIY, TARBIYAVIY
VARIVOJLANTIRUVCHI VAZIFALARI
A.B.Nabiyev - Kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasi dosenti v.b.
A.R.Samatova - talaba.
Namangan davlat universiteti
Ta’lim-tarbiyaning asosiy tashkiliy shakli maktablardagi darsdir. Tabiatga doir
bilimlarning puxtaligi xayotga bog’lanishi ilmiylik va milliy g’oyaviyligi, mehnat va ekologik
tarbiyasi go’zallikka qay tariqa intilishi kabi avlodiy mezonlar, umuman barkamol inson shaxsini
tarbiyalashning asosiy darslar davomida amalga oshiriladi. Bu ishlarni mazmuni va samarasi
darslarning qay mazmunda tashkil etilishi hamda olib borishga bog’liqdir.
Mehnat ta`limi fanini o’qitish bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va
metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga
asoslanadi va o’z predmetini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning
metodlaridan foydalanadi[1].
O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni talimni davom ettirish va
amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina
qolmay, dunyoqarashi, irodasi, harakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Shunga ko’ra mehnat ta`limini o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: predmet mazmunini, o’qituvchi
va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi.
Mehnat ta`limini o’qitishning vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida mehnat ta`limi mazmunini
aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash
kiradi. Mehnat ta`limini o’qitish faqat o’qitish jarayonini tariflash va tushuntirish bilan
cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan
bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin.
Bundan tashqari, mehnat ta`limi -umumpedagogik va o’ziga xos metodlari, darsni
to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish
usullarini o’rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Ma’lumki, “Mehnat ta`limi” (3-4-sinflarda) o’qitiladi. “Mehnat ta`limi” fani “Atrofimizdagi
olam” fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har
tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega.
“Mehnat ta`limi” fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi: unga
nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash,
in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va
ko’paytirishga chorlaydi.
Muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat
to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun
tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar
o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim.
81
Bunda oquvchilarga/ odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini
ko’rsatish g’oyat muhimdir.Og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan
foydalaniladi. O’quvchilarni ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan
metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Mehnat ta`limi bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: Ochiq
havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik sayohatlari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq
zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga mehnat ta`limi bo’yicha o’quvchilar bilan
shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini
shakllanishiga ta’sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Mehnat ta`limini o’qitishning maqsadi
botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar
asoslarini berishdir.
Mehnat ta`limi darslari mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni
odam mehnati - uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib,
o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni
tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda “Maktab xodimlari mehnatiga hurmat”, “Maktab oldi
maydonidagi ishlarga qatnashish”, “Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari”; 2-sinfda
“Kun tartibidagi mehnatning turlari”, “Xona o’simliklarini parvarish qilish”, “Qurilish,sanoat
korxonalarida ishlovchi odamlarning kasblari”, “Mavsumlar bo’yicha maktaboldi
maydonidagi ishlar”; 3- sinfda “Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar
mehnati”, “Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)”, “Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati”,
“Maktaboldi maydonida odamlar mehnati”, “Foydali qazilmalarni olish”; 4- sinfda
“Cho’llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati”, “Yer osti boyliklari,
suv, havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati” mavzularidir.
Mehnat mavzusi o’quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Mehnat ta`limi vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat darslardagina
emas, balki o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida (sayohat, sinfdan
tashqari mashg’ulot, maktaboldi maydonidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda
rejalilikni talab qiladi.
Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning muvofiq (ratsional)
ravishdagi metod va vositalari o’quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi
hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi
bo’libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, mehnat ta`limi o’qitish jarayonining
qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda
ijtimoiy rivojlanishi o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik omili ta’lim sohasini ham tubdan
yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. Bu borada Respublikamizda ta’lim sohasidagi davlat
siyosati umuminsoniy qadriyatlarni halqiga tarixiy tajribasini madaniy va fan bobidagi ko’p asrli
an’analarini jamiyatning inqilobidagi rivojlanishi rejalarini hisobga olgan holda yurgiziladi[2].
Bizga ma’lumki, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi
(1997-2001) yillar yakunlanib, ikkinchi bosqichi (2001-2005) yillarga o’tdi. O’tgan vaqt
mobaynida umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim turlari uchun fanlar bo’yicha
uzviy bog’langan.
O’quv dasturlarini ishlab chiqish va o’quv adabiyotlarini yangi avlodga asos bo’lib,
o’quv jarayonini sifatli tashkil qilishga hizmat qiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
bugungi yoshlar respublikamiz chiroyini ta’minlaydigan serg’ayrat, bilimli, zamonaviy texnikani
mukammal egallagan ishbilarmon, vatan va xalq ravnaqi yo’lida fidoyi insonlar bo’lib
etishmoqlari zarurligi alohida ahamiyat berilgan, prezidentimiz alohida ta’kidlagan
mamlakatimiz mehnatkashlari kelajaklari, taqdirlarini o’z qo’llari bilan bunyod etmoqdalar.
Mutaqillik e’lon qilinganidan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida xalqimiz va davlatimiz
tarixida katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. Milliy dasturimiz qayta
tiklandi. Ko’p asrlik beqiyos ma’naviy merosimiz tarixi madaniyatimiz dinu-tilimiz qayta qad
82
rostladi. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida yoshlarimiz qalbida milliy iftixor, ekologik
savodxonligini tarkib toptirishda jiddiy ahamiyat bermoqda.
Ekologiya moddiy va ma’naviy merosni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Tabiat
muxofazasiga doir an’analarni turmushda keng joriy etish ham ekologik faoliyatning tarkibiy
qismiga kiradi. Bunday an’analar yoshlarning ekologik madaniyatini, vatanparvarlik tuyg’usini
rivojlantirishda bilimlarini, amaliy ko’nikmalarini mustaxkamlashda yordam beradi.
Vatanga muxabbat jamiyat baxt-saodati uchun fidokorona mehnat qilish, o’zaro yordam
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ekologik tushunchalarni shakllantirish-bu bolaning
ongi, xis-tuyg’usi, xulq-atvori kabi xususiyatlaridan iborat bo’lib, ularning ildizi bevosita
texnologik ta’lim bilan bog’liqdir. O’quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar
o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanishlari bilan tanishtirishlari lozim. Bunda
o’quvchilarga odamlar mehnati tabiat, atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish
g’oyat muhimdir. Mehnat ta`limi dasturini xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat ta`limi
ta’limining mazmunini esa botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, geografiya fanlarining
xozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan. Mehnat ta`limini o’qitishda ilmiylik qoidasi xozirgi
zamon fanida qat’iy qaror topgan. Mehnat ta`limi bo’yicha ilmiy bilimlarni egallab olishni
ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga
olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quv materialining ilmiyligi
tushunarli bo’lishi bilan uyg’unlanishi kerak. Bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruxiy
rivojlantirish bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |