O’SMIRLIK DAVRIDA O’ZINI-O’ZI NAZORAT QILISHNING
PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Yo.M.Yusupova - Umumiy psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi.
Andijon davlat universiteti
Milliy istiqlol sharofati bilan jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy
yangilanishlar, birinchi navbatda yosh avlod ongiga ma’naviy-axloqiy an’analar, insonparvarlik
va demokratiya qadriyatlarini singdirishga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, ozod, har jihatdan barkamol, yuksak mas’uliyat va burch hissiga ega “...o’z haq-
huquqlarini taniydigan, o’z kuch va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan
voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni
mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan shaxs, fuqarolarni voyaga yetkazish
va hayotga yo’llash hozirgi muhim vazifalardandir”.
Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatda shunday ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit,
qadriyatlar yuzaga keldiki, ular odamlarning, ayniqsa, yosh avlodning o’zini o’zi anglash, o’zini
o’zi nazorat qilish darajasiga va bu xususiyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limga
yangicha talablarni qo’ymoqda. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida I.A.Karimov
ma’naviy boylik sifatida irodali insonlar borasida quyidagicha fikr yuritadilar: “Hayotda odam
ba’zan o’zini yo’qotib qo’yadigan g’oyat murakkab muammolarga duch keladi, keskin
vaziyatdan chiqishning iloji yo’qdek tuyuladigan holatlar mavjud. SHunday paytda ishda va
hayotda, jamiyatda og’ir savdolarga duch kelganda kim o’zini yo’qotmasligi mumkin?
O’ylaymanki, birinchi navbatda, o’z kuchiga ishongan, ruhiy dunyosi, ma’naviy olami baquvvat
bo’lgan odamgina bunday vaziyatdan yorug’ yuz bilan chiqa oladi. Ma’naviy boylik shunday
paytda odamga katta kuch va madad beradi”[1].
Demak, insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib
mustahkamlana boradi, desak yanglishmagan bo’lamiz. Zero, iroda – shaxsning ongli
harakatlarida, o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, ayniqa, maqsadga erishish yo’lida
uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishida namoyon bo’ladigan ixtiyoriy
faolligidir. Darhaqiqat, inson kamolotida ko’plab shaxs sifatlari qatorida irodaviy xususiyatlar
54
ham asosiy, muhim o’rinni egallaydi. Jumladan, shaxs o’zini o’zi anglash bilan birga o’zini o’zi
boshqarish imkoniyatiga ham ega bo’ladi va shu orqali unda o’zining hulq-atvor, xatti-
harakatlarini nazorat qilish qobiliyati tarkib topadi.
O’zini o’zi nazorat qilish bu – o’zining hayotiy kuchini yuqori darajada anglash va ijodiy
qo’llashdan iborat shaxs xususiyatidir.O’zini o’zi nazorat qilish – shaxsning jismoniy hamda
ruhiy faoliyatini o’zi ongli ravishda nazorat qilib turishidan iborat ijobiy sifat bo’lib, uning bir
qancha turlari mavjud. Sensor o’zini o’zi nazorat qilish idrok faoliyatini nazorat qilish bilan
belgilanadi. Sensomotor o’zini o’zi nazorat qilish idrok bilan harakatlarning birgalikdagi
faoliyatini nazorat qilish, o’zini o’zi nazorat qilish malakalarining tarkib topishida, harakatdagi
xatolarni kuzatishda yaqqol namoyon bo’ladi. Salbiy fikr va tartibsiz his-tuyg’ular hayotiy
quvvat kuchini kamaytiradi va bo’shashtirib toliqtiradi. O’zini o’zi nazorat qilish shaxs
fikrlaridagi salbiy jihatlarni ijobiy, ijodiy va konstruktiv tomonga aylantiradi, hayotiy energiyani
(kuchni) oshiradi, natijada shaxs ichki kuchining o’sishiga zamin yaratiladi.O’ziga bo’lgan
ishonchsizlik yoki haddan tashqari ishonch shaxsdagi harakatsizlik va bo’shashganlikka
yenglashtiriladi. SHaxs kuchining rivojlanishi, avvalo, undagi o’ziga ishonch, yetarli arajadagi
qat’iylik va intilishda ko’rinib, uning birinchi qadamni tashlashi orqali hamma narsaga erishish
mumkinligiga ishonchi ortadi. O’zini o’zi nazorat qilish deganda insonning ongli ravishda o’z
xulq-atvorini, fikrlari va hissiyotlarini boshqarishi hamda rejalashtirishi nazarda tutiladi.O’zini
o’zi nazorat qilish xususiyati o’smirlik davrida mahalliy muhitda tadqiq etilmaganligi sababli
mazkur davrda o’zini o’zi nazorat qilishning namoyon bo’lishi qaysi jabhalar bilan bog’liqligini
o’rganish dolzarb muammo hisoblanadi. O’smirlik davri o’z-o’ziga munosabatlar bilan bog’liq
shaxs xususiyatlarining shakllanishi uchun ayniqsa qulayligini e’tiborga oladigan bo’lsak,
o’smirlarda o’zini o’zi nazorat qilishdek o’z-o’ziga munosabatning rivojlanishiga xos
qonuniyatlarni o’rganish nechog’liq dolzarb ekaniga amin bo’lamiz
O’zini-o’zi nazorat qilishni amalga oshirishni individual o’ziga xosligi masalasi unchalik
ko’p o’rganilmagan ishlar qatoriga kiradi. O’zini-o’zi nazorat qilishning individual farqlari
asosida yotuvchi omillar sirasiga oliy nerv faoliyatining tipologik o’ziga xosligi ta’limda o’quv
ko’nikmalari va o’zini-o’zi nazorat qilishni ijro etish kabilarni aytib o’tadi. Bu davrdagi o’zini-
o’zi nazorat qilishning yetarli darajada rivojlanmaganligi o’smirlarning yoshga doir o’ziga
xosligi bilan belgilanmaydi balki o’qituvchilar va maktab tomonidan o’quvchilarning o’zini-o’zi
nazorat qilishni amalga oshirilishini tizimli va uzluksiz talabchanlikni yo’qligi bilan
tushuntiriladi.
O’zini-o’zi nazorat qilishda ustanovka, o’quv faoliyatida bajarilayotgan muvofiqlashgan
namunaning mavjudligi, shuningdek o’zaro munosabat jarayonini amalga oshirish malakasi
ularning barchasi o’rta maktab yoshidagi o’quvchilarda o’zini-o’zi nazorat nazorat qilishning
shakllanishi asosiy sharti sifatida o’z ahamiyatini saqlaydi. Biroq o’smirlarda o’zini-o’zi nazorat
qilish sohasida bir qator o’zgarishlar paydo. O’smirlik davrida organizmning intensiv rivojlanishi
ro’y beradi, miya tuzilishining morfofunktsional yetilishi va shuningdek peshona qismining
qatlami rivojlanishi, asosan harakat tizimining shakllanishi yakunlanadi. Shu davr bilan o’zini –
o’zi nazorat qilishning rivojlanishi o’ziga xos yo’nalishga bog’liq bo’ladi.
1.
Birinchidan, o’quvchilar tomonidan o’zini-o’zi nazorat qilishning o’quv faoliyati sifatini
ko’tarilishiga yordam beradigan omil sifatida ahamiyatliligini kuzatish tushuniladi.
2. Ikkinchidan harakatlarning va o’zini-o’zi nazorat qilishning birlashuvchi ro’y beradi va ular
o’quv faoliyatiga uning ajralmas qismi sifatida tabiiy ravshda kirib boradi.
O’smirlik davri oxirida o’zini-o’zi nazorat qilish umumlashgan va qisqargan aqliy
faoliyatga aylanadi. O’zini-o’zi nazorat qilishga zarur bo’lgan fikrlash operatsiyalari qisqargan
shaklda chiqa boshlaydi, biroq o’zini nazorat qilish anglangan va asoslangan bo’lib boradi, agar
o’quvchi o’quv faoliyatida ma’lum qiyinchiliklarga duch kelsa va shunga bog’liq ravishda
bajarilayotgan vazifani to’g’riligiga ishonchsizlik hissini kechira boshlaydi. O’smirlik yoshining
yana bir o’ziga xosligi shundaki, o’quvchilar faoliyatining ma’lum vaqt oralig’idagi va yakuniy
natijalarini nazorat qilish bilan bir qatorda dastlabki o’zini-o’zi nazorat qilishga murojaat
qiladilar. Uning yordamida ular faoliyatning maqsadini aniqlashga harakat qiladilar, harakat
55
rejasini belgilaydilar, rejalashtirilayotgan ishlarining natijalarini korrektsiyasini amalga
oshiradilar.
O’smirlarda o’zini-o’zi nazorat qilishdan haqiqiy o’zini-o’zi nazorat qilishni to’liq ijro
etilishiga o’tiladi. Boshqacha aytganda avvalgilarni esdan chiqarmaslik, yodda olib qolish,
keyinroq esa to’g’ri yodda olib qolish bilan bog’liq xavotir yuzaga keladi. O’qitishning dastlabki
bosqichlarida o’zini-o’zi nazorat qilishning dastlabki va namunaviy turlari umuman kuzatilmaydi
yoki rasmiy xususiyatga ega bo’ladi. Kasbiy ta’limni boshlang’ich bosqichida o’quvchilarning
o’zini-o’zi nazorat qilishning kamligi ularning predmetning doimiy o’zgarishlarini tizimli
kuzatish imkonini beruvchi o’zini-o’zi nazorat qilishning rolini vosita sifatida yetarli
tushunmasliklaridan guvohlik beradi. O’zini-o’zi nazorat qilishning samaradorligini oshirilishini
N.I.Kuvshinov quyidagilarda ko’radi: maqsadlarin maksimal aniq shakllantirish,topshiriqlarni
bajarish usullari va ketma-ketligi, o’quvchi tomonidan o’zini-o’zi nazorat qilish asosida
harakatning nazorat o’lchov ko’nikmalari va o’zini harakatlarini boshqarish usullarini ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan mashqlarning bajarilishi, o’quvchilarning oddiy mashqlardan
murakkab kompleks topshiriqlarga muvaffaqiyatli o’tishini belgilaydigan metodik usullarni
maxsus ishlab chiqish va boshqalar.
O’smirlarning muvofiqligi o’qitishning muhim sharti bo’lib, ular tomonidan o’zini-o’zi
nazorat qilishning faoliyatidagi ahamiyati va o’zini anglash shuningdek ular tomonidan
o’zlarining xatti-harakatlarini nazorat qilish va boshqarishga xizmat qiladigan belgi signallarni
o’zlashtirish hisoblanadi. SHu orqali o’zini-o’zi nazorat qilishning shakllanish dinamikasi
ochiladi. O’qitishning birinchi bosqichlarida o’zini-o’zi nazorat qilish o’quvchilar uchun ish
natijalarini tekshirishga qaratilgan mustaqil faoliyat sifatida chiqadi. Vaqti bilan murakkabroq
ko’rinishdagi o’zini-o’zi nazorat qilish shakllanadi, u faoliyat jarayoni bilan uyg’unlasha
boshlaydi va ish harakatlarini boshqarishda etalon rolini bajaradigan muskul harkat sezgi
obrazlari asosida amalga oshiriladi. O’zini-o’zi nazorat qilishni samaradorligi o’quvchilarning
o’z ishini tekshirishda amal qilish kerak bo’ladigan o’zini-o’zi nazorat qilish usullari va signal
belgilarini o’zlashtirganligining turli tumanligiga bog’liq bo’ladi.
O’smirning fikrlash imkoniyatlarini rivojlanishi va takomillashuvi o’zining xulq-atvorini
yanada ko’proq ixtiyoriy tashkil qilishda aks etadi. O’zini-o’zi nazorat qilishning dastlabki
prognozlash imkoniyatiga tayanadigan ixtiyoriylik bu yosh davrida o’quv faoliyatining asosiy
yangidan tashkillanishi hisoblanadi. O’smirlarda irodaviy harakat ham yanada anglangan bo’lib
boradi. O’smirlik davrida axloq sohasida yangi o’ziga xosliklar ko’rinadi. O’smirlar ijtimoiy
xulq-atvor normalari va odamlarning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlari bilan bog’liq
masalalarga ko’proq e’tibor qila boshlaydilar; o’zlarining xulq-atvorini boshqarishda esa ma’lum
darajada tasodifiy ta’sirlarga chidamli mustaqil axloqiy qarashlar, mushoxadalar va baholarga
amal qiladilar. Umuman olganda bu davrda javobgarlik shaxsning axloqiy sifati va o’smirning
o’z xatti-harakatlarini nazorat qilish qobiliyati sifatida o’zaro aloqasi aniq ko’rina boshlaydi.
O’smirlarning axloq normalariga munosabati kichik maktab yoshi o’quvchilarinikiga nisbatan
boshqacha ko’rinishga ega. O’smirlar uchun axloq normalari har doim ham buzib bo’lmas emas,
ular tomonidan o’zlarining obro’larini va kattalar bilan o’zaro munosabatlarda ma’lum
huquqlarini himoya qilish uchun me’yorlar buziladi.
L.V.Domenskaya, o’smirlarda xulq-atvorni o’zini-o’zi nazorat qilishning 3ta darajasini
ko’rsatadi: yuqori, o’rta va past. Ular o’smirlar tomonidan o’zini-o’zi nazorat qilishni zarurligini
anglanganligining chuqurligi va uni amalga oshirish usullarini egallanganlik darajasiga ko’ra
farqlanadi.
Xulosa kilib aytganda, shaxsda o’zini-o’zi tarbiyalash muhim ahamiyat kasb eta
boshlaydi, unda qo’yilgan maqsadlarga erishishda o’zini-o’zi nazorat qilishni rolini tushunish va
shuningdek odamning o’zida o’zini-o’zi nazorat qilishning zarur mexanizmlarini shakllantirishga
hoxishi va bilimi aks etadi. O’zini-o’zi tarbiyalash deganda hozirgi va kelajakda mahsuldor
faoliyat uchun zarur bo’lgan shaxs o’zida yangi sifatlarni takomillashtirishi yoki shakllantirish
maqsadida o’z ustida ongli, to’laqonli, tizimli ishlash tushuniladi. O’zini-o’zi tarbiyalash odam
o’zidagi mavjud sifatlarini tahlil qilib va baholay olsa, ularning to’g’riligini jamoat tomonidan
56
va o’zi band bo’lgan yoki intilayotgan faoliyati qo’yayotgan talablar asosida to’g’riligini
tekshirsagina amalga oshadi. SHunday qilib, o’zini-o’zi tarbiyalash jarayonida zarur
imkoniyatlardan biri o’zini-o’zi nazorat qilishdir. O’z shaxsini o’zini-o’zi tarbiyalash vositasida
shakllantirish ushbu yosh davrining yangi va printsipial muhim tomoni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |