Zulfinlar qoplamasini hisoblashda hisoblash sxemasi uzun tomoni bilan tayanchlarga elastik tarzda qotirilgan plastinka ko„rinishida qabul qilinadi. Bunday plastinkani hisoblashda shartli ravishda kengligi 1 sm bo„lgan elementar bo„lakchasi ajratib olinadi. Demak, qoplama oraliq masofasi £q bo„lgan, uchlari elastik tarzda qotirilgan vertikal to„sin singari hisoblanadi. Agar, zulfinning yordamchi to„sinlari sifatida qo„shtavrdan foydalanilsa qoplama qo„shtavr tokchalarining chetiga payvandlanadi va oraliq masofa £q ushbu choklar orasidagi masofaga teng deb qabul qilinadi. Agar, yordamchi to„sinlar sifatida shvellerlardan foydalanilsa oraliq masofa £q shveller devorlarining tashqi tekisliklari orasidagi masofalarga teng deb qabul qilinadi (7.16-rasm).
Qoplamning uzunligini quiydagi formula orqali aniqlash mumkin:
A, = a2 - ^ - b, m (7.22)
bu yerda b b - rigelning bosimsiz belbog„ning eni, m.
Rigelning bosimsiz belbog„ining enini quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |