г
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
INJENERLIK KONSTRUKSIYALARI
5340700 - «Gidrotexnika qurilishi (suv xo’jaligida)», 5450200 - «Suv xo’jaligi va melioratsiya», 5450400 - «Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish», 5450100 - «Irrigatsiya tarmoqlari suv energiyasidan foydalanish», 5141100 - «Gidrologiya (suv omborlarida)» bakalavriat yo’nalishlari, tegishli 5111000 Kasb ta’lim yo’nalishlari, hamda 5А340701 - «Gidrotexnika inshootlari (suv xo’jaligida)», 5А450401 - «Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi» magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
TA’LIM VAZIRLIGI
S.T. Vafoyev, O.S. Vafoyeva
Metall konstruksiyalari bo‘limi
V
Toshkent-2018
J
Ushbu o„quv qo„llanma institut ilmiy-metodik kengashining 27.03.2018 yilda bo„lib o„tgan 274- sonli majlisda ko„rib chiqilgan va chop etishga tavsiya etilgan.
Mazkur o„suv qo„llamada “Injenerlik konstruksiyalari” fanidan metall konstruksiyalari va ularni hisoblash asoslari haqida mo„lumotlar berilgan.
O„quv qo„llanmada gidrotexnika qurilishida ishlatiladigan metallar, metall konstruksiyalari va ularni birlashtiruvchi elementlarini hisoblash asoslari, metall ferma, to„sin, ustun va zulfinlarning konsruksiyasi va ularni hisoblashning nazariy asoslari, shuningdek, har bir bobga doir amaliy mashg„lotlar yechimlari bilan berilgan.
O„quv qo„llanmadan bakalavriyat va magistratura talabalari “Injenerlik konstruksiyalari” fanidan amaliy mashg„ulotlar, kurs loyihalari hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishda foydalanishlari mumkin.
T a q r i z ch i l a r:
K.S.Abdurashidov. TAQI QM va IZB kafedrasining professopi, t.f.d. M.M.Mirsaidov. TIMI N va QM kafedrasining mudiri t.f.d, professor.
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 2017 yil.
2
KIRISH
2013 yil 19 apreldagi Prezidentimizning PQ-1958-sonli qarorlari asosida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 fevralda 39-sonli «2013-2017 yillar davrida sug„oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo„yicha Davlat dasturining so„zsiz bajarilishini ta’minlashga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 15- bandi asosida Davlat dasturi amalga oshirilishini maqsadli o„rganish hamda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari samaradorligini oshirishda suv resurslari va suv xo„jaligi ob’ektlari bo„ylab joylashgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanishda metodik yordam ko„rsatish bo„yicha har bir viloyatda ilmiy-amaliy kengashlar tashkil qilingan.
Sug„oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda gidrotexnika inshootlarining o„rni katta bo„lib, ularni zamon talabiga javob beradigan texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, lozim bo„lsa ularning konstruksiyalarini takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun shu soha bo„yicha zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali yetuk mutaxassislar tayyorlash zarur.
Talabalarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularda amaliy ko„nikmalarni shakllantirish maqsadida amaliy mashg„ulot darslari va mustaqil ta’limga katta ahamiyat berish lozim.
Mazkur o„quv qo„llanmada talabalarni tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari asosida o„zbek tilining lotin alifbosida tayyorlangan o„quv-uslubiy qo„llanmalar bilan ta’minlash maqsadida yozildi.
Ushu o„quv qo„llanmada “Gidrotexnika qurilishi”, “Suv xo„jaligi va melioratsiya”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” hamda suv xo„jaligiga oid boshqa bakalavriat yo„nalishlari talabalari uchun “Injenerlik konstruksiyalari” fanidan metall konstruksiyslar bo„yicha amaliy mashg„ulot ishlarini bajarish uchun kerakli ma’lumotlar berilgan bo„lib, unda metall konstruksiyalari (ferma, to„sin, ustun va suv zulfinlari) va ularning elemetlarini hisoblash va
3
loyihalashning nazariy asoslari, har bir bobga doir amaliy mashg„lotlar yechimlari bilan berilgan.
Mualliflar o„quv qo‘llanmaning sifatini yaxshilashga doir bildirgan qimmatli fikrlari uchun taqrizchilar, t.f.d., professor R.S. Adurashidov va t.f.d., professor M.M. Mirsaidovlarga o„zlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etadilar.
4
BOB. INJENERLIK KONSTRUKSIYALARIDA QO‘LLANILADIGAN
METALLAR
Po‘lat, uning tarkibi va xossalari.
Metall konstruksiyalarining asosiy materiallari, po„latdan yasalgan prokatlar va alyuminiy quymalar hisoblanadi. Odatda injenerlik konstruksiyalarida 95% po„latdan yasalgan prokatlar ishlatiladi.
Po‘lat - bu temir (Fe) va uglerod (C) aralashmalarining qotishmasi bo„lib, u kam miqdirda aralashma va uni toblash uchun qo„shimchalardan tashkil topgan bo„ladi. Uni uglerodli po„lat deb ham ataladi.
Po„latlar uning tarkibidagi temir va uglirodning miqdoriga qarab; kam uglerodli (0,09 .„0,23%), o„rta uglerodli (0,24...0,5%) va yuqori uglerodli (0,51.. .1,2%) turlarga bo‘linadi. Injenerlik konstruksiyalarida asosan o„zi-ning egiluvchanlik va yaxshi payvandlanish xususiyatiga ega bo„lgan kam uglerodli po„latlar ishlatiladi.
Toblangan po„lat - po„latni qizdirib sovutish (havoda, suvda, moyda) dan hosil bo„lgan qotishmadir. Toblash qo‘shimchalarining miqdoriga (%) qarab ular uch guruhga bo„linadi: past toblangan (2,5 % gacha), o„rta toblagan (2,6.10 %) va yuqori toblangan (10 % dan yuqori). Injenerlik konstruksiyalarida past toblangan va kamdan kam hollarda o„rta toblangan po„latlar ishlatiladi.
Metallarning mexanik xossasi. Bunda po„latning quyidagi ko„rsatkichlari: mustahkamligi, elastikligi (qayishqoqligi), egiluvchanligi, mo„rtligi hisobga olinadi.
Po„latning mexanik xossasini asosiy ko„rsatkichlari: mustahkamlik va oquvchanlik chegaralari hamda nisbiy uzayishidir (1.1-rasmga qarang).
Deformatsiyada bo„lgan detalning normal zo„riqishi о Guk qonuniga asosan quyidagi formula bilan aniqlanadi:
M F
= — < [a], kPa (1-1)
Do'stlaringiz bilan baham: |