Ingliz va o’zbek adabiyоtida bolalik mavzusining talqini



Download 121,62 Kb.
bet6/10
Sana20.07.2022
Hajmi121,62 Kb.
#825714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ingliz va o’zbek adabiyоtida bolalik mavzusining talqini

G’afur G’ulomning "Shum bola" asarida quyidagi misolni ko’rib chiqamiz:

  • Noiloj qoldim, tuxumni qalpoqchamga solib, kiyib oldimda, oshxonaga kirdim. Onam meni tergay boshladi. Men jimgina quloq solib, o’choqning yoniga cho’qqayib, o’t qalashtirmoqqa boshladim. Men bilmagan ekanman o’tning taftiga lippamdagi yog’ erib, pochamdan oqmoqda ekan. Oyim qo’lidagi xamir yoyib o’tirgan o’qlov bilan boshimga astagina urdi. Oyim boshimga o’qlov bilan urganda qalpoq tagida bo’lgan tuxum pachaqlangan edi. Uning sarig’i oqqa aralashib, chakkamdan sirqib, yuzimga oqmoqda edi. Oyim: "Bola bechoraning boshini yorib, qatig’ini chiqarib yubordimmi", - deb esi chiqib ketgan edi.1

  • Misollardan ko’rinadiki Mark Tven asaridagi bosh kahramon yerto’ladan moy bilan nonni o’g’irlab o’gay xolasiga ushlanib qolib shlyapasi ostida yashirishi va issiq xonada erib peshonasidan oqib tushgani, hamda G’afur G’ulom asaridagi bosh kahramon Shum bolani oyisidan o’g’irlagan yog’i ham issiqda erib ketishi va tuxum pachaqlanib chakkasidan oqib tushganida xar ikkala ayol bolaning miyasi oqib tushayapdi, deb o’ylashi, ushbu asarlardagi ikki yozuvchilarning uslublarida badiiy o’xshashlik borligini anglashimiz mumkin.

Har ikkala adibning mahorati obrazlar yaratishda yaqqol namoyon bo’ladi. Shum bola bilan Omon Tom bilan Gekni yodga soladi.
Bu asarlarda realistik obrazlar yaratilgan. Jumladan, Tom Soyer ham, Gekl’berri Finn ham, Shum bola ham yetimchalar hisoblanishadi. Tom kichik ukasi va singlisi bilan Polli xolasinikida yashaydi. Gekning onasi yo’q, otasi ham unga otalik qilmaydi. Shum bolaning ham otasi yo’q, u oilada katta farzand, bir ukasi va singlisi bor. Tom ham, Gek ham, Shum bola ham ertalabdan kechgacha ko’chada, tengdoshlari bilan daydib yurishadi.
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”da:
“Tom did play hookey, and he had a very good time”. 2
«Tom chindan ham kun bo’yi shataloq otib o’ynab yurdi va vaqtini xushchaqchaqlik bilan o’tkazdi».3
“Shum bola”da:
«Ertadan–kech ko’cha changitib hammaning joniga tegib, kampirlardan qarg’ish eshitib, o’spirinlardan kaltak yeb, sandiroqlab yuradigan uvinto’da bekorchi bolalarmiz».4
Ular har xil o’yinlar o’ynashadi.
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”da:
“Soon the free boys would be coming; tripping along on all sorts of exciting expeditions, and they would make the world of fun of him for having to work”.1

  • «Bugun bolalarning hammasi ko’chalarda o’ynab yuradilar. Ular albatta

qiziq–qiziq o’yinlar o’ylab qo’yganlar».2
“Shum bola”da:
«Mahallamizning bir tomoni Tikonli mozor, bir tomoni Qo’rg’ontagi, Uzun ko’chaning o’ng, chap tomonidagi pastqam, tor ko’chalarda o’g’il va qiz bolalar to’planib, har xil o’yinlar o’ynaymiz. Kurash, «botmon–botmon», «oq terakmi–ko’k terak», «qushim boshi», «mindi–mindi», «o’g’ri keldi», «bekinmachoq» degan o’yinlarimiz bor».3
Tomning ham, Shum bolaning ham cho’ntaklarida shu kabi o’yinlarga mo’ljallangan matohlardan o’zga hech narsa yo’q.
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”da:
“He got out all his worldly wealth and examined it; bits of toys, marbles, and rubbish; enough to buy an exchange of work, maybe, but not half enough to buy as much as half an hour of freedom”. 4
Adabiyot tarixiga nazar tashlar ekanmiz, adiblar bolalar va o’smirlar ruhiyatini ochib berishda ularning muhit bilan “to’qnashuvi”ni aziyat chekuvchi shaxs sifatida tasvirlashlari va shu obrazlar orqali o’zlarining ma’naviy-estetik ideallarini aks ettirish uchun foydalanganliklarining guvohi bo’lamiz. Bunga milliy adabiyotlardan yuzlab misollar keltirish mumkin, biroq biz olamga mashhur adiblar Charl’z Dikkens (“Oliver Tvist”), V.Gyugo (“Xo’rlanganlar”, “Kulayotgan kishi”), G.Malo (“Sayoq truppa”, “Romen Kal’brining boshidan kechirganlari”), A.La Guma (“Bir qultum qahva”), A.de Sent-Ekzyuperi (“Kichkina shahzoda”), K.Vivьe (“Avtostop”, “Remi va arvoh”) nomlarini keltirish bilan chegaralanamiz. Bu manzarani Mark Tven va G’afur G’ulom ijodida ham kuzatish mumkin. Ularning asarlari inson umrining shu davrida ro’y beradigan ruhiy kechinmalarini mohirona tadqiq etilganligi bilan ajralib turadi.
Har uchala asar (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari”, “Shum bola”)ning qahramonlari ham umidsizlik nimaligini bilishmaydi, ular kurashchan, intiluvchan, optimist va o’tkir hazilkash o’spirinlar. Tom bilan Gek do’stlari Jimni qullikdan qutqarishga, uning barcha qatori ozod inson bo’lishiga chin dildan harakat qiladilar, “barcha eshon, mulla va ularning tantiq xotinlarining ayovsiz dushmani bo’lgan Shum bola esa o’tgan asrda minglab kitobxonlarning sevimli qahramoniga aylangan edi”.1
Natijada Mark Tven romanlari ham, G’afur G’ulomning “Shum bola”si ham ko’tarinki ruhda nihoya topadi. “Gekl’berri Finning boshidan kechirganlari”ning so’nggi bobida bu haqida shunday yoziladi:
“Tom bilan tanho qolgan paytdayoq men undan bu ishlarni nimaga boshlading, anchadan beri erki o’zida bo’lgan negrni haqiqatdan ham qochirib yuborish qo’lingdan kelganda, nima qilmoqchi eding deb so’radim. U Jimni omon-eson qutqarib olsak, daryoning eng oxirigacha solda suzib borardik, boshimizdan qiziq-qiziq sarguzashtlar kechirardik, keyin Jimga sen ozodsan derdik-da, bekor ketgan vaqti uchun haq to’lab, paroxodda uyiga qaytarib olib ketardik, hamma negrlar kutib olsin deb, oldin xat yozib yuborardik, Shaharga mash’allar yoqib, muzikalar bilan olib kirardik, ana shundan keyin u ham qahramon bo’lib ketardi, biz ham qahramon bo’lib ketardik dedi. Menimcha, shunday ham ishimiz yomon bo’lmadi.”2
“Shum bola” esa quyidagi satrlar bilan tugallanadi:
“Qora-qurum bosgan sassiq takyaxonadan tashqariga chiqib, ko’kragimni to’ldirib nafas oldim. Endi men pok-pokiza, qushday yengil, ko’nglim tongday tiniq. To’rt tomonim qibla. Lekin qayoqqa qarab yo’l olsam ekan?” 1deya so’raydi o’zidan o’zi Shum bola. O’tmish (qora-qurum bosgan sassiq takyaxona) ortda qoldi. Kitobxon esa Shum bola CHorsuda do’sti Turobboyga qishloqqa, onasi va singillari huzuriga “Kelgusi haftaga albatta o’zim boraman” deb va’da bergani sababli o’z va’dasining ustidan chiqadi va oyisi, suyukli singillari yoniga qaytadi, deb umid qilib qoladi.
Mark Tven romanlari bilan G’afur G’ulom qissasida qator mushtarakliklar, o’xshash sahnalar uchraydi. Adiblar dramatik va komik holatlarni yaratishda, personajlarning dialoglarini qurishda ayniqsa bir-birlariga yaqindirlar. Ayniqsa “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” bilan “Shum bola”ni deyarli har bir satrga singib ketgan yumor ham birlashtirib turadi.
G’afur G’ulomning nasrdagi poetik mahorati “Shum bola” qissasida ancha yorqin ko’rinadi.
Muallif “Shum bola” qissasida mamlakatdagi notinchlik tufayli Shaharda ishsizlikning kuchayishi, ahvoli nochor bo’lsada, oddiy, jaydari odamlarning qalbida iymon, e’tiqod, mehr, shafqat kabi yuksak insoniy sifatlar mujassamligini yorqin lavhalar, vaziyat holatlarda aks ettiradi.
Shum bola onasining qalbidagi iymon, e’tiqod, bir olam sog’inch va intizorlik tuyg’ulari, qalbi o’ksik ammasi va pochchasining bolajonligi, tizginsiz mehr – muhabbati, yetimparvarligi kitobxon qalbida g’oyatda iliq ta’assurotlar uyg’otadi. Shum bola va Omondek to’rsiz gardish va bola beshikni sotib olgan qozoq kampir qo’l uchida umrguzaronlik qilayotganligiga qaramasdan, uning qalbi halollik, insof, poklik singari, insoniy harorat tuyg’ulari bilan limmo-limdir. Qirg’iz kampir Yaxshiqiz atrofini qurshagan muhitga singishib ketgan bo’lsa–da, uning xarakterida hali so’nmagan insoniy mehr kurtaklari tafti kitobxonni befarq qoldirmaydi.
Ko’rinadiki G’.G’ulom har bir qissasida qalamga olinayotgan davr va odamlar hayotini teran bilgan va maishiy holatlar sabablarini nozik tahlil eta olgan. Har bir qahramon ruhiy olamidagi ko’z ilg’amas nozik jihatlarni ichidan nurlantirib mahorat bilan ifoda eta olganki, bu muallif qissalari poetik jozibasini ta’minlagan, ularga umrboqiylik bag’ishlagan.
Asarlarda keltirilgan mushtarakliklar bilan birga milliy o’ziga xosliklar yaqqol ko’zga tashlanadi. Bular avvalo asarlar yaratilgan davrdagi mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy holat, tarixiy vaziyat, milliy voqelik, milliy urf-odatlar, milliy mentalitetni ochib berishda, obrazlarning milliyligida namoyon bo’ladi.
BIRINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR
Umuminsoniy maqsadni ko’zlab qalam tebratgan har bir yozuvchi va shoirning asarlari faqat o’z xalqining mulki bo’lib qolmay, balki butun insoniyatning ham boyligidir. Barcha xalqlar bir–birining adabiyoti va madaniyati bilan uzviy aloqa o’rnatgan taqdirdagina o’zlarining adabiyoti va madaniyatini rivojlantira oladilar.
Jahon adabiyoti durdonalari tarjima tufayli bir tildan boshqa tilga o’girilganda, o’sha tilda so’zlashuvchi xalqning milliy ongini o’stirishda, yangicha estetik did paydo qilishda, dunyoqarashini tarbiyalashda faol rol o’ynaydi. Demak, tarjima tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyatga ega. Original adabiyot orqali o’z xalqimizning o’tmishi, bugungi va kelajak hayotini o’rgansak, badiiy tarjima asarlari orqali o’zga xalqlarning hayoti, o’tmishi, turmush tarzi bilan tanishamiz. Original adabiyot ham, tarjima adabiyoti ham bir xil ahamiyatga ega, ular bir xil rivojlanadi.
Biror asarning boshqa tilga tarjima qilinishi avvalo asarning o’ziga, so’ngra uning muallifiga bog’liq. Asar boshqa tilga tarjima qilinishi uchun tarjima qilinayotgan tilda unga ehtiyoj bo’lmog’i lozim. Ana shundagina asar ham, uning muallifi ham o’zga yurtda muvaffaqiyatga erishadi.
Mark Tvenning romanlari hamda G’afur G’ulomning «Shum bola» qissasi genetik yaqinlikka ega bo’lmagan ikki milliy adabiyot vakillari bo’lmish adiblarning asarlaridir. Bu asarlar turli zamonlarda, turli mamlakatlarda va turli janrlarda yaratilganiga qaramay ularni ko’p jihatlar birlashtirib turadi. Ular mavzu jihatidan ham, syujet–kompozitsion qurilishi jihatidan ham nisbatan yaqin va deyarli o’xshash.
Har ikki adibning mahorati qahramonlar va obrazlar yaratishda yaqqol namoyon bo’ladi. Nafaqat bu asarlarning qahramonlari Tom va Gek, Shum bola va Omon, balki “qirol” va “gertsog” (“Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari”), kissavur Sulton va Sharif domla (“Shum bola”) realistik obrazlardir.

Download 121,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish