Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis


-jadval O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi



Download 6,76 Mb.
bet43/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

-jadval
O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi
1 infratuzilmasi va servisi ob’yektlari qurilishini rivojlantirish

Loyihalashtirilayotgan yo‘l yoqasi infratuzilmasi va servis ob’yektlari

jam
i

Jumladan, yillarda:





2011
y.

2012
y.

2013
y.

2014
y.

2015
y.

jami, shu jumladan:

240

95

66

40

28

11

Kempinglar

19

7

8

2

1

1

Motellar

18

6

5

5

1

1

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi
(AZS)

36

19

13

4

-

-

Avtomobillarga gaz to‘ldirish
kompressor stansiyalari (AGNKS)

49

26

12

6

5

-

Avariya-chaqiruv va tibbiy yordam xizmatlari bilan texnik xizmat ko‘rsatish punktlari

78

24

21

15

14

4

Avtomobillarning qisqa muddatli to‘xtash maydonchalari sanitariya-gigiyena uzellari bilan birgalikda

31

6

5

8

7

5

Turizm yo‘l infratuzilmasi kompleks ob’yektlari

9

7

2

-

-

-

Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servis ob’yektlarining joylashtirilishini ko‘rib chiqish va kelishish bo‘yicha komissiya tuzilgan bo‘lib uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servis ob’yektlarini joylashtirishda yagona shaharsozlik siyosati o‘tkazilishini ta’minlash;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servis ob’yektlarining joylashtirilishini kelishish;

  • ob’yektni joylashtirish uchun tanlanayotgan yer uchastkasining aholi punktlari va umuman, mintaqa hududlarida qurilishni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek, shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yong‘inga qarshi kurash va boshqa majburiy norma va qoidalarga muvofiqligini har tomonlama tahlil qilish;

  • tasdiqlangan dasturga muvofiq O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servis ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash;

  • O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servis ob’yektlarini joylashtirishni kelishish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish.

Temir yo‘l transportini rivojlantirish loyihalari. 2011 yil mamlakatimizda temir yo‘l qatnovi sohasida o‘ziga xos mas’uliyatli va shu bilan birga, muvaffaqiyatli o‘tganini alohida ta’kidlash lozim. “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATKning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha vazifalari to‘liq bajarildi. Chunonchi, hisobot davrida temir yo‘l bekatlaridan 59,6 million tonna yuk jo‘natilib, yuk aylanmasi hajmi 22,5 milliard tonna-kilometrni yoki 2010 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 10 foizni tashkil etdi. 2012 yil davomida 15,9 million yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yildi. Yo‘lovchi aylanmasi hajmi 3 milliard 39 million yo‘lovchi-kilometrni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,6 foizni tashkil etdi.
2011 yilda kompaniya sanoat korxonalarida 44 ta lokomotiv seksiyasi modernizatsiya qilinib, 1430 ta yuk va 57 ta yo‘lovchi vagoni ta’mirlandi. Xitoy Xalq Respublikasidan 15 ta yo‘lovchi elektrovozi xarid qilinib, 300 ta yuk va 15 ta yo‘lovchi vagoni qurildi. “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati sexlarida 13 ta yo‘lovchi vagoni yangilandi. Umumiy uzunligi 90 kilometrlik temir yo‘llar reabilitatsiya qilindi, 158 ta yo‘l o‘tkazgich almashtirildi. O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 22 iyundagi qaroriga ko‘ra “Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi. “Toshkent — Samarqand” liniyasida umumiy uzunligi 100 kilometrga teng yangi elektrlashtirilgan yo‘l barpo etildi. Umuman olganda, “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari harakatini tashkil etish loyihasi bo‘yicha 150,29 million dollarlik kapital mablag‘ o‘zlashtirildi.
Bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 5 yanvardagi “Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi uchastkasida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti va “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK mablag‘i hisobidan amalga oshirildi va shu loyiha asosida birinchi tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi Toshkentga 2011 yilning 22 iyul kuni olib kelindi. Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz temir yo‘llari tarixida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Ispaniya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik samarasida yurtimizga keltirilgan “Afrosiyob” poyezdlarining dastlabkisi “Toshkent — Samarqand” liniyasida o‘z qatnovini boshladi. Ikkita lokomotiv, 8 ta yo‘lovchi va bitta vagon restoranidan iborat poyezdda shu kungacha 7 mingga yaqin yo‘lovchi manziliga yetkazildi. 2011 yilning 9 dekabr kuni «PATENTES TALGO S.L.» (Ispaniya) kompaniyasida ishlab chiqarilgan ikkinchi yuqori tezlikda xarakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi Toshkentga kirib keldi.
Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalgaoshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘llar yotqizildi, Toshkent va Samarqand shaharlari temiryo‘l vokzallari rekonstruksiya qilindi va qaytadan jihozlandi.
Shuningdek, “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi dastur asosida keng ko‘lamdagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan:
A) “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK zimmasiga:

  • uzunligi 1030 kilometr bo‘lgan temir yo‘llarni reabilitatsiya qilish;

  • Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus-Naymanko‘l temir yo‘l tarmog‘i uchastkasida uzunligi 721 kilometr bo‘lgan markazlashgan dispetcher qurilmalari va avtoblokirovkalash stansiyalari qurish;

  • 17 ta elektrovoz, 7 ta yo‘lovchi va 4 ta manevr lokomotiv seksiyasi sotib olish;

  • 2550 dona yuk, 115 ta yo‘lovchi vagoni tayyorlash hamda xizmat muddatini uzaytirish maqsadida 7110 ta yuk va 78 ta yo‘lovchi vagonini tiklash va modernizatsiya qilish.

B) xo‘jalik tashkilotlari zimmasiga:

  • uzunligi 267,3 kilometr bo‘lgan temir yo‘lni reabilitatsiya qilish;

  • stansiyalarni qatnovlarni tartibga soladigan 46 ta zamonaviy maxsus qurilma bilan jihozlash;

  • 39 ta lokomotiv seksiyasini sotib olish va 157 ta lokomotiv seksiyasini modernizatsiya qilish va tiklash;

  • 685 ta yuk vagonini sotib olish;

  • 50 dona yuklash-tushirish texnikasini sotib olish vazifasi yuklangan.

Ma’lumki, mamlakatimiz iqtisodiyotining xalqaro miqyosdagi jozibadorligini oshirishda nafaqat transport magistrallari, balki ularning atrofidagi kommunikatsiyalar ham muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy talablar asosida rivojlantirilgan transport kommunikatsiyalari nafaqat mamlakatimiz orqali xalqaro tranzit tashuvlari hajmining ko‘payishiga, balki sayohatchilar oqimining oshishiga ham olib keladi. Bundan tashqari, transport kommunikatsiyalarining rivoji aholini qo‘shimcha ish bilan ta’minlash bilan birga ularning turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy ahvolini yuksaltirish, shuningdek, transport kommunikatsiyalari atrofini obodonlashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalari va avtomobil transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish orqali investitsion muhit jozibadorligini boshqarish
Transport kommunikatsiyalari geografik jihatdan qamrovi O‘zbekiston Respublikasini transport yo‘laklarini shakllantirishni belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.Chunki, mamlakatimiz mintaqada o‘zining joylashgan o‘rni bo‘yicha ma’lum bir afzalliklarga ega. U Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan chegaradosh, uning hududi bo‘ylab muhim temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari o‘tadi. Shu sababli, O‘zbekiston mintaqadagi, shuningdek, mintaqadan tashqari davlatlarning transportlogistika xizmatlariga bo‘lgan talabidan foydalanishdan ham manfaatdor.
Ikkinchi tomondan, O‘zbekiston transport tizimi faoliyati tranzit mamlakatlariga bog‘liq, bu holat mamlakat yuklarini tashishni tashkil qilish jarayonida uning tannarxiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shu sababli ham, barcha geografik yo‘nalishlarda yangi transport yo‘laklarini shakllantirish mamlakatimiz uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2020 yilgacha mo‘ljallangan xorijiy va ichki investitsiyalar hisobiga moliyalashtirish ko‘zda tutilgan chora - tadbirlar majmui amalga oshirilmoqda. Masalan, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishga 3,54 mlrd. AQSh dollari, temir yo‘llarni rivojlantirish va elektrlashtirishga 2,2 mlrd. dollar, havo transportiga 1,0 mlrd. dollar, telekommunikatsiya va muhandislik-kommunikatsiya tuzilmalariga 1,8 mlrd.
AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilmalarni kiritish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi PQ-2313-sonli «2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsion va yo‘ltransport infratuzilmasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yo‘llar qurish, rekonstruksiya qilish dasturi va konsepsiyasiga ko‘ra, 2699,8 km. yo‘llar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Ya’ni umumiy summasi 3,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etuvchi investitsiyalash tadbirlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Loyihani moliyalashtirishda Respublika yo‘l jamg‘armasi (taxminan 1,5 -1,6 mlrd. AQSh dollari atrofida), Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki va boshqa Xalqaro moliya institutlari hamda Xitoy Xalq Respublikasi faol ishtirok etadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududlarining resurs salohiyatidan samarali foydalanish, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish va nihoyat, investitsion faollikni oshirish uchun mamlakatda erkin iqtisodiy zonalar mexanizmi taklif qilishi mumkin bo‘lgan imtiyozlar va imkoniyatlar investitsion muhitni yaxshilashda muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistondagi EIZlarning rezidentlari uchun soliq va boshqa imtiyozlar rasmda keltirilgan.


Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish