Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis


-rasm. «Angren» EIZ investorlari uchun imtiyozlar paketi



Download 6,76 Mb.
bet44/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

-rasm. «Angren» EIZ investorlari uchun imtiyozlar paketi
O‘zbekiston Respublikasining «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «Qo‘qon», «Xazorasp» hamda «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonalari (EIZ)ning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda mamlakatimiz hukumati tomonidan taklif qilingan imtiyozlar va yengilliklar paketi muhim rol o‘ynaydi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, «Angren» EIZda kapital talab ishlab chiqarishga qaraganda mehnat talab ishlab chiqarishni ko‘proq rivojlantirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb belgilangan. «Angren» va «Jizzax» EIZlardan farqli o‘laroq, «Navoiy» EIZ kapital talab va ilm talab ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan hudud sifatida rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, EIZda faoliyat yuritadigan va xalqaro yuklarni tashishga ixtisoslashgan avtomobil transporti vositalari va infratuzilmalari uchun ham, EIZda ko‘zda tutilgan imtiyozlardan foydalanish mexanizmini joriy etish kerak. Aks holda, «Angren» logistika markazi kabi ularni faoliyatida muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha faol siyosatning amalga oshirilishi mahsulotlarni eksport va import qilish uchun xalqaro transport marshrutlarining sezilarli darajada kengayishi va diversifikatsiyalanishi ta’minlagan. Natijada, faqatgina 2000-2016 yillarda tashqi savdo aylanmasi – 6,2 mlrd. AQSh dollaridan 29,5 mlrd. AQSh dollarigacha oshgan. Shu yillarda import hajmi 2,9 mlrd. AQSh dollaridan 13,9 mlrd. AQSh dollarigacha, eksport hajmi esa - 3,3 mlrd. AQSh dollaridan 15,6 mlrd. AQSh dollarigacha oshgan.
Transport sektorida investitsiyalarning bir foizga oshirilishi yuklarni tashish hajmini 0,94 foiz miqdorida oshirish imkonini yaratadi. Real yalpi ichki mahsulot har yili o‘rtacha 8 foizga o‘sishi ssenariysida yuklarni tashish hajmi zaruriy o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning transport sektoriga investitsiyalar hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,55 foizdan 2030 yilda esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4,6 foizgacha oshirish imkonini yaratishi rejalashtirilgan.
2030 yilga borib, transport sektoriga investitsiyalar jalb etish umumiy summasi taxminan 46,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi, har yillik investitsiyalar hajmi esa 2,1 mlrd. dollardan 2030 yilga borib, 5,1 mlrd. AQSh dollargacha ortishi ko‘zda tutilmoqda. Investitsiyalar hajmi ortishi bilan bir paytda, iqtisodiy transformatsiyalanishning maqsadlariga erishish uchun transport siyosatini institutsional masalalarini takomillashtirishga, iste’molchiga qaratilgan transport - logistika tizimini optimallashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda turlarini kengaytirish bilan birgalikda, kelgusida yuklarni eksportimport hamda tranzit uchun transport marshrutlarini diversifikatsiyalashni ta’minlashga yo‘naltirish lozim bo‘ladi.
Transport xizmatlari narxlarining o‘sish darajasini pasaytirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, 2030 yilgacha avtomobil transportida yuklarni tashish hajmlari har yili o‘rtacha 9,4 foizga yoki umuman 4,6 martaga o‘sishi bashoratidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yuk avtomobillari sonini kamida 120 mingtaga qadar oshirish talab etiladi. Har yili eskiradigan va ekspluatatsiyadan chiqib ketadigan avtomobillar (5,0 foiz) o‘rnini to‘ldirish zarurligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu 2030 yilgacha har yili sakkiz mingtagacha avtomobil sotib olishni taqozo etadi. Bunda har yillik investitsiyalash taxminan 960 mln. AQSh dollarni, umuman 2030 yilgacha esa - 14,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi ma’lum bo‘ladi.
Shu bilan birga qayd etish joizki, ushbu bashoratlarda yuklarni tashishning yangi texnologiyalari, xususan, «JIT» uslubini imkoniyati inobatga olinmagan. Ushbu imkoniyatlarni baholash uchun kelajakda maxsus tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Bashoratlarga ko‘ra, 2030 yilgacha yo‘l qurilishiga investitsiya jalb etish hajmlari taxminan 19,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi lozim.
Umuman olganda, ushbu investitsion rejalarning amalga oshirilishi esa, respublikamiz avtomobil yo‘llarida o‘rtacha harakatlanish tezligini 70-80 km/soatgacha oshirishni ta’minlash imkonini beradi.
2015-2019 yillarda ishlab chiqarish infratuzilmasining umumiy qiymati 10 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.
Transport sohasi (infratuzilma va harakatlanuvchi tarkib)ga investitsiya kiritish uchun ustuvor yo‘nalishini belgilashda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim: avtomobillarda yuklar tashish xizmatlariga bo‘lgan talabning jadallik bilan o‘sishi; multimodal tashishlarga bo‘lgan talabning o‘sishi; eksport va importning, shuningdek tranzitning o‘sishi bilan bir paytda mamlakat ichida tashishlarga bo‘lgan talabning ortishi.

Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish