Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis


– mavzu. O’zbekiston transportini rivojlantirishning iqtisodiy-geografik asoslari Reja



Download 6,76 Mb.
bet39/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

8 – mavzu. O’zbekiston transportini rivojlantirishning iqtisodiy-geografik asoslari Reja


  1. O‘zbekistonning transport geografik o‘rni

  2. O’zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalari va avtomobil transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirishni raqbatlantirish orqali invyestitsion muhit jozibadorligini boshqarish

  3. Tyemir yo’l transportini rivojlantirish loyihalari

  4. Havo yo’llari transportini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari.

O‘zbekiston zamini tarixdan ma’lumki, savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalar va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab shakllangan turli sivilizatsiyalarni tutashtirib turuvchi markaz bo‘lib kelgan. Hozirgi globalashuv sharoitida Markaziy Osiyoning xalqaro tashuvlardagi ahamiyati to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. Bu o‘rinda, birinchi navbatda, mintaqa yetakchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekistonning salohiyati yaqqol ajralib turadi.Bugungi kunga kelib samarali tashuvlar tizimi iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omili ekani hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Transport tizimlari va kommunikatsiyalari Markaziy Osiyo orqali transosiyo va transevropa tashuvlarining asosidir.
Dengizga chiqish yo‘lining mavjud emasligiga qaramasdan, Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashuvi unga qator qulayliklar tug‘diradi. Avvalo, Markaziy Osiyo yetakchi mintaqaviy iqtisodiy bozorlar – YEvropa va Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyo, Uzoq Sharq oralig‘ida joylashgan. Ushbu bepoyon hududning yillik umumiy import hajmi 335 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Markaziy Osiyo orqali Yaqin va O‘rta Sharqqa borishning eng qisqa yo‘li o‘tgan.
Ammo O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning hal qiluvchi transporttranzit tarmog‘iga aylanishi uchun transport-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangilash, mahalliy va xalqaro transport xizmatlari tarkibini diversifikatsiya etish, yangi transport yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish va tannarxini kamaytirish talab etiladi.
Yuqori darajada taraqqiy etgan transport magistrallari va kommunikatsiyalari O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish bilan birgalikda, mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini ham belgilaydigan mustahkam iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga molikdir.
Mazkur yo‘nalishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan choratadbirlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ – 1446-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi dasturni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish, transport va muhandislikkommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlarining respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini istiqbolda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog‘liq holda ildam rivojlanishini ta’minlash hamda buning negizida yangi ish joylarini yaratish, aholining bandligi va turmush darajasini uzluksiz o‘sib borishiga erishishdir.
Yuqorida ta’kidlangan fikrlarga uzviy bog‘liq holda dasturda quyidagilar 2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • xorijiy va ichki moliyalashtirish manbalarini, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish, qurilish va industriya ishlab chiqarish komplekslarini yangilash asosida transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini kompleks ravishda va ildam rivojlantirish hamda qurish;

  • respublikaning barcha mintaqalarini puxta birlashtiradigan yagona milliy avtomobil transport tizimini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, O‘zbekiston milliy magistrali tarkibiga kiradigan, xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, zamonaviy sement-beton va asfalt-beton qoplamalar bilan ta’minlangan to‘rt polosali yo‘l uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilishni kengaytirish, Qamchiq dovonidan o‘tadigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish;

  • respublikamizning temir yo‘l transportini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, temir yo‘llar rekonstruksiyasini amalga oshirish, Toshkent – Samarqand yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyasini jihozlash hamda ishga tushirish, Buxoro va Qarshi shaharlarigacha bo‘lgan temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibini zamonaviy yuqori unumli lokomotivlar, yuk tashuvchi va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan vagonlar bilan yangilash;

  • havo kemalari parkini dunyoning yetakchi Boing va Aerbas aviakompaniyalarining zamonaviy, har jihatdan qulay va tejamli samolyotlari bilan tubdan yangilash hisobidan aviatsiyada tashishning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, Toshkent shahri va respublikaning viloyat markazlarida aeroportlar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda shu asosda, tranzitni hisobga olgan holda, yuk tashish hajmini ko‘paytirish, aviatsiyada yo‘lovchilar tashish darajasi hamda sifatini oshirish, eng asosiysi esa – ularning xavfsizligini ta’minlash;

  • zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, uyali aloqa hamda ma’lumotlarni keng ko‘lamda uzatish tarmoqlarini kengaytirish, respublika mintaqalarini raqamli televideniyega bosqichma-bosqich o‘tkazish;

  • transportda yuk tashishni tashkillashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan, ko‘p maqsadli zamonaviy samarali transport-tranzit infratuzilmasini yaratish, har xil transport turlari – avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya transporti tomonidan transport xizmati ko‘rsatishdagi bog‘liqlikni ta’minlash, Angren shahridagi va Navoiy shahri aeroporti negizidagi logistika intermodal markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyat yuritish samaradorligini oshirish;

  • xalqaro transport kommunikatsiyalariga qisqa yo‘l bilan chiqishni va tranzit yuk tashish ko‘payishini, mintaqaviy hamda dunyo bozorlariga chiqishni kengaytirishni, eksport salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va milliy mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirishni ta’minlaydigan yangi transport yo‘laklarini shakllantirish;

  • milliy avtomagistral yoqasi va temir yo‘llar bo‘ylab infratuzilma va servis ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, avtomobil va temir yo‘l magistrallarida qatnovlar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, buning negizida yangi ish joylarini shakllantirish hamda aholining bandligini oshirish;

  • O‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish uchun qo‘shimcha zamonaviy yo‘l-qurilish texnikasining o‘z vaqtida xarid qilinishini ta’minlash, yo‘l qurilishida zamonaviy qurilish texnologiyalarini, uskunalar hamda sifatli materiallarni qo‘llash;

  • respublika mintaqalarida, ayniqsa qishloq joylarda, muhandislikkommunikatsiya tarmoqlarini – suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektrlashtirish tizimlari va boshqalarni qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni kengaytirish, shu asosda aholini va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlarda va aholi punktlarida sanitariyaepidemiologiya holatini yaxshilash;

  • xomashyo, materiallar va energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlaydigan, energiya hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqarish infratuzilmasi, transport va kommunikatsiya ob’yektlarini qurish va foydalanishda ishlab chiqarish xarajatlari hamda tannarxini izchil pasaytirib borish.

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mamlakatimizning asosiy transport shakllari: havo, temir yo‘l va avtomobil transport tizimini, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirishga, mavjud ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyatidan to‘liq va keng miqyosda foydalanishga qaratilgan.

Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish