Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
Yordamchi tugmalar: Alt, Ctrl, Shift. Bu tugmalar hech qanday amal bajarmaydi, balki bularning yordamida boshqa tugma birgalikda bosilsa amal bajariladi.
Boshqa (maxsus) tugmalar: Home - Satr boshiga utish. End - Satr oxiriga utish. PgUp - Bir sahifa yuqoriga utish. PgDn - Bir sahifa pastga utish. Insert - Belgilarni uchirib ustiga yozish yoki ularni siljitib urtasiga yozish holatini urtnatish. Delete - Keyin (ungda) joylashgan bitta belgini uchirish. Tab - Keyingi bo‘limga yoki qismga utish. Backspace - Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini uchirish. Enter - Yangi satrga utish yoki ma’lumotlarni kiritish. Esc - Oxirgi harakatdan voz kechish. Yo‘nalish tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, ungga va pastga siljitish.
Mustaqil ish mavzulari:
1. Axborotni kodlash, axborot o‘lchov birliklari?
2. Birinchi hisoblash mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan?
3. Mexanik hisoblash mashinalar haqida nima bilasiz?
4. Birinchi Elektron Hisoblash Mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan? EHMning avlodlari haqida ma’lumot bering.
5. Shaxsiy kopyuterning umumiy tuzilishi, asosiy qurilmalari.
6. Shaxsiy kopyuterning qo‘shimcha qurilmalari.
7. Klaviaturaning oddiy, yordamchi, funksional(vazifali) tugmalari.
4-Mavzu: KOMPYUTERLARNING DASTURIY TA’MINOTI.
OPERATSION TIZIMLAR.
Reja:
1. Dasturiy ta’minot
2. Operatsion tizimlar haqida ma’lumot
3. Windows operatsion tizimi.
Tayanch iboralar: Kompyuterning dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minot turlari, operatsion tizimlar, Windows operatsion tizimi, Windows muhitida ishlash.
Kompyuterlar o‘zi hech qanday amallarni bajarmaydi, ular faqat biz bergan buyruqlarni yoki bizning harakatimizga qarab bajariladigan ko‘rsatmalarni bajaradi. Agar bizga biror bir vaziyatni kompyuterda yechilishi kerak bo‘lsa, u holda biz shu vaziyatni yechilish modelini tuzamiz. Keyin bu modelni algoritm tiliga o‘tkazamiz.
Algoritm bu boshlangich ma’lumotlarni natijagacha qayta ishlash usulini aniq belgilaydigan buyruqlar va ko‘rsatmalar ketma-ketligi.
Algoritm so‘zi O‘rta Osiyodan chiqqan buyuk olim Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso Al Xorazmiyning (787-850) lotincha harflar bilan yozilgan nomidir. Ushbu olim matematikada kup uchraydigan bir necha amaldan iborat misollarni yechish tartibini birinchi bo‘lib kullagan (avval qavslar ichidagi va darajaga ko‘tarish, keyin ko‘paytirish va bo‘lish, va nihoyat qo‘shish va ayirish amallari bajariladi).
Algoritmni berilish usullari xilma-xil: Suz orqali; Formulalar yordammida; Jadvallar ko‘rinishida; Grafik (blok-sxemalar) shaklida; Dastur shaklida
Murakab masalani yechishda algoritmdan dasturlash tiliga utish juda kiyin. Bunda bizga algoritmni blok-sxema ko‘rinishida ifodalash juda yordam beradi, chunki bu holda dastur va algoritm alohida qismlari orasidagi bog‘lanish yuqolmaydi. Va nixoyat shu algoritmni dasturlash tiliga o‘tkazamiz. Shu jarayon dasturlash deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |