Industrial iqtisodiyot


 Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

 
3.1. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati 
Tarkibiy siyosat haqida mulohaza yuritishdan oldin, tarkib (tuzilma)ning 
o‘zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur. 
Tarkib narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashish, 
tuzilishini bildiradi.
Tarkibiy siyosatning mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab 
berish, yo‘lga solib turishdan iboratdir. 
Islohotlarning o‘tgan davri uchun mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning 
yo‘nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisodiyot tarkibida 
progressiv o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki 
nisbatlarini 
takomillashtirish, 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
belgilovchi 
tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim 
ahamiyatga molikdir. 
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish jumladan, sanoat 
tarkibini rejali tarzda takomillashtirish ko‘z ilg‘aydigan istiqbolda: 

iqtisodiyot 
va 
uning 
yetakchi 
tarmog‘i 
bo‘lgan 
sanoatni 
balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish; 

iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yo‘liga 
o‘tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy 
resurslarni iste’mol qilishni ratsionallashtirishni, ularni har tomonlama tejash; 

iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo‘nalishini yanada 
kuchaytirish, milliy iqtisodiyotning aholi faravonligini oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan xilma xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta’minlash 
lozim. 
Bir butun qismlarning muayyan o‘zaro aloqasi, bir biriga nisbatan 
joylashuvi bo‘lgan tarkibni proporsiyalar (mutanosibliklar) juda ham aniq 
tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va 
ularni rejalar, prognozlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy 


25 
iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining, milliy iqtisodiyotning tegishli ishlab 
chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan hisobga 
olish, rejalarni zarur rezervlar bilan mustahkamlash rejalashtirish 
texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo‘lib, ularga 
qat’iy rioya qilish vazifalarining proporsionalligi, balanslashtirilganligi, 
realligi, qo‘yilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining 
shartidir.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy strategiyasida iqtisodiyot 
tarkibini takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim 
topshiriqlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining marralari batafsil belgilab 
berilgan. 
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish 
iqtisodiyot ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab 
chiqarishda ham tarkibiy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan 
aniqlanadi. 
Tarkibni aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o‘zgarishlarni sifat jahatdan baholashni aniqlashning muhim xususiyati 
iqtisodiyotning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining salbiy tomonga o‘zgarishi 
yuz berishi muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning 
o‘zi bir necha tarmoqlarning turli o‘sish sur’atlarida ifodalanishi mumkin, bu 
bir xil bo‘lmagan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo 
oqibatda u yoki bu sohaga ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratishni 
taqozo etadi. Masalan, fan-texnika taraqqiyotida to‘liq aks etadigan sohalar 
ajralib turadi: yoqilg‘i-energetika, elektronika, mashinasozlik, Kimyo. 
Shuning uchun bu tarmoqlar o‘sish sur’atlari bo‘yicha sanoat o‘sishidan 
yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq tarkibida ham jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berishi zarur. Kimyoda biotexnologiyani qo‘llab, nozik 
organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi 
zarur. 
Tarkibiy o‘zgarishlarning yo‘nalishi, ularning jadalligi va ko‘lamini 
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda iqtisodiy darajasi bir xil 
bo‘lgan yoki iqtisodiyotidagi tarkibiy yo‘nalishlari o‘zgarishi o‘xshash 
bo‘lgan mamlakatlar guruhi bo‘yicha tarmoqlararo komplekslar va ayrim 
tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste’molining rivojlanishidagi umumiy 
qonuniyatlarni aniqlash – bu barcha analitik materiallar istiqbolni 
rejalashtirishning muhim zamini hisoblanadi. 
Shu bilan birga tarkibiy yo‘nalishlar o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak, 
chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va 
tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unlashtirilishi zarur. 
Yangi asrning dastlabki yillaridagi 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish