Industrial iqtisodiyot


 Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi tarixi



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

2.3. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi tarixi 
Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy 
yakunlari to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi 
O‘zbekiston hududida «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil 
muqaddam mezolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat 
qurollari va buyumlari tayyorlangan. 
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yilning boshi) 
davrida kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida 
metalldan qurol yasash boshlangan. 
10
Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика 
Қўмитаси. Тошкент 2014. Б.24-25; Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон 
Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. Б.25-26. 


22 
Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, miloddan avvalgi 3-
ming yilning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi 
misdan qurol yasashni bilgan. 
Quldorlik tuzumi (m.a. 1-ming yillik o‘rtalari V asr) davrida mehnat 
qurollarining taraqqiy etishi, metallga ishlov berishning takomillashuvi 
hunarmandchilikning 
o‘sishiga, 
ayirboshlash 
va 
savdo-sotiqning 
kuchayishiga olib keldi. 
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan 
So‘xdan oltin, mis, temir, Iloqda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda 
toshtuz qazib chiqarilgan. 
IX asrda Samarqand o‘zining sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan 
mashhur bo‘lgan. Shosh viloyati ko‘nchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. 
O‘sha davrda O‘rta Osiyodan Sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga 
Buyuk Ipak yo‘li orqali charm, mato, ipak, jun, kiyim–kechak eksport 
qilingan. 
X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar 
o‘rtasidagi nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik 
o‘zgarshlar ro‘y bermagan. 
XIV asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga 
kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi. Natijada davlatning iqtisodiy va 
ijtimoiy ravniqiga katta yo‘l ochilgan. 
XV asrning oxiriga kelib Movaraunnahrda yuzaga kelgan ziddiyatlar 
tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur yetadi va rivojlanish 
to‘xtab qoladi. 
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklarining vujudga 
kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va XIX asrga kelib Turkistonda 
hunarmandchilikda yog‘och va metall o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, 
matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash rivojlanadi. Bu asrning 
ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududida taraqqiyot tezlashib sanoat, ayniqsa 
ip-gazlama sanoati rivoj topdi. 
XX asr boshlarida birqancha paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari 
qurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi 
va birinchi bo‘lib Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 
1926 yil 1 mayda ishga tushirildi. 
Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiqlik 
elektrostansiyalari qurilishi boshlanib, 1930 yilda ularning soni 30 ga yetdi. 
O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari 
qurishga imkoniyat yaratdi. 
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sanoat korxonalari 
jumladan, «Tashselmash», Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq-
elektrokimyo kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy 


23 
sement korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, 
qurilish sanoati mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi. 
Urush boshlanishi bilan respublika iqtisodiyoti, jumladan, sanoat 
ishlab chiqarishi harbiy maqsadlarga qaratildi. Bu yerga nemis fashistlari 
egallab olgan hududlardan 100 ga yaqin sanoat korxonalari ko‘chirib 
keltirildi va ular qisqa vaqt ichida to‘la quvvat bilan ishlay boshladi. 1941-
1945 yillar davomida Respublikaning industrial taraqqiyoti GESlar qurish 
bilan energetika bazasini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligi, aholi va front 
ehtiyojlarini qondiradigan zavod va fabrikalarni qurish yo‘lidan bordi. Bu 
davrda 280 ta yirik, o‘rta va kichik korxonalar qurilib ishga tushirildi. 
Natijada 
O‘zbekiston 
Armiyaning 
sanoat 
arsenallaridan, 
ya’ni 
aslahaxonalaridan biriga aylandi. 
Urushdan keyingi yillarda ham sanoat taraqqiyotiga e’tibor qaratilgani 
sababli uning bir qancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi. 
Traktorsozlik, liftsozlik, elektrotexnika sanoati, gaz ishlab chiqarsh, uy 
ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash, yig‘ma temir beton va keramika sanoati 
vujudga keldi. Yengil sanoatning trikotaj, chinni ishlab chiqarish sohalari 
yuzaga keldi. Oziq-ovqat sanoatining tarkibiy qismlarida anchagina 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. 90-yillarga kelib uning yirik va o‘rta korxonalari 300 
dan ortib ketdi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish