101
Rejalashtirish
– «oldindan sezib qabul qilingan qaror», ya’ni
rejalashtirish deganda shunday yechim tushuniladiki, u (qaror qabul qilishga
muvofiq keluvchi axborot jarayoni bilan bir qatorda) vaqt jihatdan
konyunkturali voqealar yuzaga kelishidan oldin ishlab chiqiladi.
Rejalashtirishni «aslida tafakkurning aqliy bashorati va ta’kidlar
kelajak faoliyatini ko‘zda tutadigan tafakkur jarayoni sifatida», - deb
ta’riflash mumkin.
Rejalashtirish
– bu vazifani sifatli va sonli tasvirlash, natijaviy
imkoniyatlarni belgilash va ularga erishish yo‘llarini aniqlashdir.
Rejalashtirish
– kelajak muammolarini bilish va hal etishning tizimli,
uslubiy (metodik) jarayoni.
Nihoyat,
rejalashtirish
– iqtisodiyotga rahbarlik qilishning o‘zagidir.
Rejalar esa davlat iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy
qurolidir.
Rejalashtirishning ahamiyati shundan iboratki, u iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim masalalariga oid davlat va hukumat ko‘rsatmalarini,
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot rejalari yordamida aniq topshiriqlarga va
amaliy ishlarga aylantiradi. Uzoq muddatli, ya’ni uch yillik, besh yillik va
o‘n yillik rejalarda davlatning iqtisodiy strategiyasi jamlangan holda
ifodalanadi. Yillik rejada, odatda, xo‘jalik vazifalarini hal etishning eng
samarali taktikasi nazarda tutiladi.
Rejalashtirish faoliyatlarda, ya’ni amalda muayyan uyg‘unlik va
muvofiqlikni
ta’minlaydi, ishlab chiqarish taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishlarini
aniqlaydi,
raqobat,
bellashuv
sharoitida
umuman
iqtisodiyotning, xususan sanoatning omon (sog‘) qolishiga imkoniyat,
qulaylik yaratadi. Aynan rejalashtirish tufayli tarmoq idoralari mahsulotning
u yoki bu turini ishlab chiqarish, o‘z vaqtida resurslar bilan ta’minlash
vazifasini hal etadilar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish kanallari
va usullarini aniqlaydilar. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish
rezervlaridan, raqobatning afzalliklaridan, iqtisodiyotdagi yangi tendensiyalar
ya’ni mayl va g‘oyalarni kuzatish imkoniyatini yaratib beradi, faoliyatning
nozik va zaif tomonlari ta’sirini susaytirish, bo‘lishi mumkin xatolarning
oldini olish va xavf-xatarni kamaytirish imkonini beradi.
Rejalashtirish
obyektiv
iqtisodiy
qonunlardan
ongli
ravishda
foydalanishni taqozo etadi. Rejali xo‘jalik yuritish imkoniyati va zaruratining
o‘zi har bir jamiyatda
Do'stlaringiz bilan baham: