Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

tarmoq boshqaruvini
amalga 
oshirishni taqozo etadi. Shu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi. 
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

vazirliklar va davlat qo‘mitalari; 

konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar; 

xolding va milliy kompaniyalar; 

korxonalar (firma)lar va boshqalar. 
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular 
O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘zlariga bo‘ysunuvchi barcha korxona 
(firma)lar va tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. Shu sababli 
Vazirlik
– bu 
o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy 
bo‘g‘inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar hisoblanadi: 

tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish; 


95 

kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoyalash; 

ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
hajmi, 
sifati 
va 
uning 
raqobatbardoshligi; 

tayyorlanayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish; 

va nihoyat, o‘ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan 
aloqasini tashkil etish va kuchaytirishga mas’uldir.
Sanoatga rahbarlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot 
vazirligi alohida o‘rin egallaydi. Chunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng 
yirik ilmiy rejali-iqtisodiy idorasi hisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi 
to‘g‘risida 
2002 
yilning 
24 
dekabrida 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu farmonga muvoffiq Iqtisodiyot 
vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi 
hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi 
g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va 
mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish yuklatilgan: 
- makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutano-sib va 
jadal sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash; 
- ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni 
shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor 
infratuzilmasini rivojlantirish; 
- boy tabiiy va mineral-xomashyo zahiralaridan, bunyod etilgan ishlab 
chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali va oqilona foydalanishga 
qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport 
salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy 
tizimiga keng miqyosida integratsiya-lashuvini ta’minlash; 
- yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band etish 
muammosini hal etish, aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni 
kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy 
infratuzulmani rivojlantirishni ta’minlash; 
- mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali 
rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash. 
Milliy iqtisodiyotni, shu jumladan, sanoatni boshqarishda sobiq 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika 
taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashining roli katta edi. Bu kengash 
sanoat ishlab chiqarish sohasida fan-texnika siyosatini amalga oshirib kelgan. 
Endilikda bu qo‘mita o‘rniga 2017 yil 30 noyabrda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi 
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori 
bilan vazirlik tashkil etilgan. Ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasini 
innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini 
har tomonlama rivojlantirish, mamlakatning intellektual va texnologik 


96 
salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi 
davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Bu vazirlik zimmasiga quyidagi asosiy 
vazifalarni hal etish yuklatilgan
22


mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan 
holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga 
joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy 
tadqiqotlar 
va 
ilg‘or 
texnologiyalarning 
ustuvor 
va 
istiqbolli 
yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash; 

tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda 
iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha strategik va 
oldindan rejalashtirish; 

aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni 
ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har 
tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy 
infratuzilmasini shakllantirish; 

qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan innovatsiyalarni joriy etish; 

ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga 
innovatsiyalarni joriy etish; 

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga 
innovatsiyalarni joriy etish; 

davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash; 

mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan 
holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh 
ilmiy-texnika 
mahsulotlari 
bozorini 
kengaytirishga 
yo‘naltirilgan 
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish; 

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani 
takomillashtirish. 
Sanoat ishlab chiqarishning moliyaviy masalalarini hal etishda Moliya 
vazirligining tutgan o‘rni ham alohida ahamiyatga ega. Sanoat va uning 
tarmoqlariga qarashli sohalarda mehnatni tashkil etish, ishchi kuchini 
taqsimlash va ularni ijtimoiy himoya qilish borasida Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
22
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Инновацион 
ривожланиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги 2017 йил 30 ноябрдаги 
ПҚ-3416-сон Қарори 


97 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish