Industrial iqtisodiyot


 Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

4.4. Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
Sanoat ishlab chiqarishiga oqilona rahbarlik qilish mamlakat 
iqtisodiyotning yanada taraqqiy etishiga va mustahkamlanishiga har doim 
katta ta’sir ko‘rsatib keldi va kelgusida ham yetarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ham sanoatni boshqarish masalalari doimo Respublika 
Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining diqqat e’tiborida bo‘ladi. 
Natijada, sanoatni boshqarish tizimi milliy iqtisodiyot va sanoat oldida turgan 
vazifalarga bog‘liq ravishda muttasil o‘zgarib turadi. 
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng boshqaruv tizimida juda katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Iqtisodiyotga rahbarlikning ilmiy asoslari, ishlab 
chiqarishni boshqarishning tamoyillari va usullari ishlab chiqildi, 
boshqaruvning yangi tuzilmalari, ularning funksiyalari, huquqlari va 
burchlari belgilandi. Lekin, hali xo‘jalikka rahbarlik qilish, ishlab chiqarishni 
boshqarishni yaxshilash borasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar kam 
emas. Shuning uchun kelgusida sanoat ishlab chiqarishiga rahbarlik qilishni 
takomillashtirishning asosiy yo‘nalish-larini aniqlash alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Bularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 
1.
Bozor iqtisodiyoti qoidalari va demokratik tamoyillarga asoslan-gan 
boshqaruv tizimini barpo etish; 
2.
Boshqaruvni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni mafkuradan 
to‘la holi qilish, iqtisodning siyosatdan ustuvorligini ta’minlash; 
3.
Xo‘jalikka rahbarlik qilishda davlatning bosh islohotchi bo‘lishiga 
erishish. Bozor munosabatlariga o‘tish chuqurlasha borgan sari davlatning 
boshqaruv tizimidagi mavqe’ini nodavlat tashkilotlari va o‘z-o‘zini 
boshqarish tizimlariga o‘tkaza borish; 
4.
Boshqaruv jarayonlarining mustahkam huquqiy asoslarga qurilishini 
ta’minlash. Qonunlarning barcha boshqaruv subyektlari va obyektlari 
tomonidan og‘ishmay bajarilishiga erishish; 
5.
Bozor islohotlari bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga 
oshirilishini inobatga olgan holda boshqaruv tizimini ham bosqichma-
bosqich takomillashtirib borishni ta’minlash. 
Markazdan turib boshqarishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi 
kerak bo‘ladi: 

inson 
omilini 
maksimal 
darajada 
faollashtirish, 
jamiyatning 
intellektual salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish, samarali va sifatli mehnat 
qilish uchun sharoit va unga undovchi motivlarni yaratish; aholining ish bilan 
samarali va oqilona band bo‘lishini ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyilini 
izchil amalga oshirish asosida mamlakat aholisining turmush darajasini 
yuksaltirish; 


98 

eng yangi, avvalo ilm-fan asosida taraqqiy etadigan tarmoqlar va 
ishlab chiqarishlarni jadallik bilan rivojlantirish; 

mamlakat ishlab chiqarish apparatini texnika va texnologiya jihatidan 
doimo yangilab turish, undan oqilona foydalanishni to‘la ta’minlaydigan 
tarkibiy va investitsiya siyosatini yuritish; 

respublikaning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va uni ishlab 
chiqarish 
bilan 
birlashtirish, 
fan-texnika 
taraqqiyotining 
ustuvor 
yo‘nalishlarini va axborot texnologiyalarini jadalroq rivojlantirishga, xavfsiz 
va ekologik jihatdan toza ishlab chiqarishlarni yaratishga, iqtisodiyotni 
intensivlashni ta’minlaydigan miqyoslarda resurslarni tejashga erishishga 
qaratilgan ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish; 

bozor iqtisodiyotining barcha vositalaridan oqilona foydalanish 
asosida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarishning barcha 
sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga e’tiborni kuchaytirish; 

barcha viloyatlar va tumanlar manfaatlarini aks ettiradigan va ulardan 
har birining milliy iqtisod kompleksiga qo‘shadigan hissasini ko‘paytirishga 
yordam beradigan mintaqaviy siyosatni amalga oshirish; 

xalqaro mehnat taqsimotining, integratsiyaning afzalliklaridan yanada 
samaraliroq foydalanishga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosatni amalga 
oshirish. 
Markazlashgan rahbarlikning yangicha qiyofasi, o‘zbek modeliga xos 
xususiyati shu bilan tavsiflanadiki, bunda vazifalar ma’muriy usullar bilan 
emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan hal etiladi, ishlab chiqarish 
qatnashchilarining manfaatlarini birga qo‘shib olib borish asosida demokratik 
yo‘l bilan amalga oshiriladi. 
Boshqaruvning sifat jihatlari, samaradorligi juda ko‘p omillarga 
bog‘liq: 

davlat va nodavlat idoralarining rahbarlarini to‘g‘ri belgilashga; 

tegishli qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga; 

kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashga; 

nazoratni tashkil etishga; 

idora xodimlari mehnatining texnik jihatdan qurollanishiga. 
Bularning barchasini shartli boshqaruvning texnologiyasi desa bo‘ladi. 
Ayni vaqtda, masalaning bir muhim jihati, ya’ni xodimlarni boshqaruv 
jarayoniga tortish va ularning bu jarayonda manfaatdor sifatida qatnashishi 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish