Industrial iqtisodiyot


Tashkiliy-ma’muriy usullar



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

 
Tashkiliy-ma’muriy usullar
to‘g‘risida so‘z yuritilganda, avvalo, bu 
usulning mohiyati, ahamiyati, shakllarini ochib berish kerak. So‘ngra, 
boshqarishning huquqiy vositalari, huquqiy me’yorlarini bayon etish zarur. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv usullari tizimida alohida o‘rin 
tutadi va quyi idoralarning yuqori idoralarga bo‘ysunishiga asoslanadi. Bu 
usulning mohiyati shundaki, boshqaruv tizimidagi munosabatlarni tartibga 
solib turadi, jamoalar ichida va orasida ratsional aloqalar tarkib topishiga 
yordam beradi. 
Tashkiliy-ma’muriy 
usullar 
yordamida 
boshqaruv 
apparatining 
muayyan tizimini tuzish; boshqaruv bo‘g‘inlarining funksiyalarini belgilash; 
kadrlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish; buyruqlar, farmoyishlar va 
qo‘llanmalar chiqarish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish; 
topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga 
nisbatan ma’muriy choralar qo‘llash amalga oshiriladi. 
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydala-
nishga asoslanadi. Zero, har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy 
munosabatlari, eng avvalo manfaatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Manfaatlar 
uch xilda bo‘lishi mumkin: 

umumjamiyat manfaatlari; 

jamoa manfaatlari; 

shaxsiy manfaatlar. 
Bu manfaatlarni uyg‘unlashtirish muammosi bir qator vazifalarni hal 
etishni, har davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni 
talab etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi iqtisodiy usullardan keng 
foydalanishga e’tibor beriladi: 

tarmoqlar va ularning bo‘linmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va 
mustaqillik berishga; 

barcha sohalarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag‘batlantirish, 
soliq imtiyozlarini berishga; 


92 

korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish 
intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirishga; 

moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirishga; 

bozor munosabatlari mexanizmlari: baho va foyda, soliq va boj 
to‘lovlari, kredit va rentabellik, raqobat va hokazolarga alohida e’tibor 
beriladi. 
Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga 
chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Shu maqsadda 
ko‘pincha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta mablag‘ bilan 
taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida yetakchi o‘rin 
egallaydi. Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, 
barcha resurslardan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni 
joriy etishga, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani 
maksimallashtirishga, 
natijada 
ishlab 
chiqarishning 
samaradorligini 
oshirishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. 
Boshqaruv tizimining muhim usuli hisoblangan ijtimoiy-ruhiy 
usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni 
yaratishdan iborat. 
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda ham bir qator umumfalsafiy 
usullarni qo‘llash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy 
asosda o‘rganish, tahlil qilish maqsadida quyidagi usullardan ham keng 
foydalaniladi: 
1.
Tizimli yondashuv 
2.
Kompleks yondashuv 
3.
Tarkibiy yondashuv 
4.
Vaziyatli yondashuv 
5.
Integratsion yondashuv 
6.
Modellashtirilgan yondashuv 
7.
Iqtisodiy matematik yondashuv 
8.
Kuzatish usuli 
9.
Tajriba usuli 
Birinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi yaxlit tizim sifatida olib 
qaraladi. Ikkinchi usulda esa sanoat boshqa sohalar, tarmoqlar bilan o‘zaro 
bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi. Uchinchi usulda sanoat ishlab 
chiqarishi tarkibiy qismlarga, ya’ni tarmoqlar, korxonalar, sanoat 
infratuzilmasi va hokazolarga bo‘lib o‘rganiladi. To‘rtinchi usulda sanoatning 
muayyan sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul 
uslubi qo‘llaniladi. Beshinchi usulda esa sanoat yuqoridagi usullarni 
birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi. 
Modellashtirish va iqtisodiy matematik usullardan foydalanish 
jarayonida turli chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi va hisoblash 


93 
texnikasi va kompyuter texnologiyalarning barcha imkoniyatlari ishga 
solinadi. 
Kuzatish usulida sanoat ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
rejali, bashoratli, ilmiy jihatdan namunali uyushtirilgan asosda to‘plash 
yo‘lga qo‘yiladi. 
Va nihoyat, sotsiologik kuzatuv usulida sanoat ishlab chiqarishini ilmiy 
jihatdan asoslangan boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, 
testlar va infratuzilmaviy tahlillarni o‘tkazish kerak bo‘ladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish