iqtisodiyotni rejali va mutanosib rivojlantirish
qonunining
amal qilishini taqozo etadi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida
nafaqat rejali rivojlanish qonuni, balki bir qator boshqa qonunlar, jumladan,
qiymat qonuni, talab va taklif qonuni, vaqtni tejash, mehnatga qarab
taqsimlash qonunlari harakatda bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida umumdavlat strategiyasining, jumladan,
umumdavlat rejasining «falsafasi» masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
102
«falsafa» O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim
sohalari va maqsadlarini, tarkibiy va investitsiya siyosati, fan-texnika
taraqqiyotining yo‘nalishlarini, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy salohiyatini
ko‘tarish, mamlakat mudofaa qobiliyatini saqlab turish vazifalarini belgilab
beradi.
Bozor iqtisodiyotining barcha imkoniyatlari erkin reja asosida amalga
oshiriladi. Demak, rejalashtirish qanchalik erkin va mukammal bo‘lsa,
mustaqillikning afzalliklari, istiqlolning samarasi shunchalik to‘liqroq ko‘zga
tashlanadi,
shundagina
jamiyat
o‘z ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini
muvaffaqiyatli hal etadi. Ana shundagina rejalashtirish iqtisodiyotning barcha
sohalarini, jumladan, sanoatni tashkiliy ravishda va tartibli rivojlanishiga
imkon yaratadi.
Rejalashtirish mutlaqo ilmiy asosda tuziladi va u jamiyat taraqqiyotini,
jumladan, sanoat taraqqiyotining amaliyotini doimo umumlashtirib borishni,
fan va texnikaning barcha yutuqlaridan foydalanishni talab qiladi. Sanoatga
rejali rahbarlik qilish voqealarni oldindan ko‘rish demakdir. Voqealarni,
hodisalarni, bo‘lajak faoliyatni oldindan ko‘rish jamiyat iqtisodiy qonunlarini
bilib olishga asoslanadi va jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti rivojining
yetilgan talablariga suyanadi.
Iqtisodiy qonunlarning mohiyati, mazmuni va boshqa tomonlarini bilib
olish iqtisodiy jarayonlar mohiyatini o‘qib olishga, taraqqiyotning ilg‘or
tendensiyalarini hali ular kurtak holida bo‘lganidayoq aniqlab olishga,
iqtisodiy taraqqiyot jarayonini ilmiy asosda oldindan ko‘ra olishga, uni
mustaqil, buyuk davlat qurish manfaatlari uchun reja asosida yo‘lga solishga
yordam beradi.
Rejalashtirish nazariyasida rejalashtirishning turlari, bosqichlari,
maqsadlari, vazifalari, tizimlari degan tushunchalar mavjud.
Rejalashtirishning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
-
munosabatdor kattaliklar bo‘yicha rejalashtirish;
-
muvofiqlashtirish shakllari bo‘yicha rejalashtirish;
-
moslashuv (adaptatsiya) shakliga ko‘ra rejalashtirish.
Rejalashtirish turlarini bir qator belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.
Masalan, rejalashtirishning birinchi eng muhim turi bo‘lgan munosabatdor
kattaliklar bo‘yicha rejalashtirish turining belgilariga quyidagilar kiradi:
-
zamon (vaqt) ko‘lami (qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli, uzoq
muddatli rejalashtirish);
-
funksional bo‘lim (ishlab chiqarishni, sotishni, saqlashni, ta’minotni,
moliyani, investitsiyani rejalashtirish);
-
boshqaruv iyeraraxiyasi (rahbariyat iyerarxiyasi);
-
rejalash iyeraraxiyasi (strategik, ya’ni oliy; taktik, ya’ni o‘rta;
operativ, ya’ni past darajadagi rejalashtirish).
103
Agar rejalashtirish jarayonini boshdan oyoq ko‘rib chiqilsa, unda ayrim
bosqichlarni ajratish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
-
maqsadlarni ifodalash, ya’ni ishlab chiqish;
-
muammolarni qo‘yish;
-
muqobil variantlarni izlash va tanlash;
-
taxmin qilish;
-
baholash va qarorlar qabul qilish.
Sanoatni rejalashtirishdan ko‘zlangan oliy maqsad sanoat ishlab
chiqarishining faoliyati asosida avvaldan fikran o‘ylangan bo‘lg‘usi natijani
aniqlash va bu natijaga erishish uchun tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan
iborat bo‘ladi. Shu sababli rejalashtirish jarayonining birinchi bosqichi
maqsadlarni ifoodalashdan iborat bo‘ladi.
Maqsadlarni ifodalashning alohida vazifalari quyidagilardan iborat:
maqsadlarni
izlash,
maqsadlarni
aniqlash,
maqsadlarni
tarkiblash;
maqsadlarni amalga oshirish, maqsadlarni tanlash.
Ushbu
nazariyadan
kelib
chiqib,
sanoat
ishlab
chiqarishini
rejalashtirishning asosiy vazifalarini quyidagicha izohlash mumkin:
-
eng avvalo, maqsadni qo‘yish;
-
sanoat ishlab chiqarishining xilma-xil faoliyatini, ayniqsa iqtisodiyot
va aholi uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar
tayyorlashning ijtimoy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab
berish;
-
zaruriy moddiy-texnik bazani shakllantirish;
-
moliyalash manbalarini aniqlash va ijobiy pirovard natijaga erishish.
Mustaqillik yillarida rejalashtirish sohasida bir qator ishlar amalga
oshirildi. Lekin shuni aytish kerakki, iqtisodiyotning rejali, mutanosib
rivojlanish qonuniyati talablariga to‘la javob beradigan darajaga erishilgani
yo‘q. Yaqin o‘tmishda rejalashtirishda bir talay xatolarga yo‘l qo‘yilganini,
murakkab
xo‘jalik
muammolarini
hal
etishga
o‘ylamay-netmay
tavakkalchilik bilan qaralganligini hamma yaxshi biladi.
Milliy iqtisodiyot va uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat ishlab
chiqarishning uzoq davrga mo‘ljallangan rivojini belgilash uchun
boshqaruvning eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lgan prognozlash alohida
e’tibor berishni talab qiladi. Shu munosabat bilan bu kategoriyaning mohiyati
va ahamiyati, mazmuni va turlari, usullari va vazifalarini yaxshi bilish kerak.
Eng avvalo, shuni qayd etish kerakki, ijtimoiy hayot kelajakni oldindan
ko‘rishsiz va uning istiqbolini bashorat qilmasdan mumkin emas. Shu sababli
keyingi
vaqtda
bashorat
qilish
iqtisodiyotning
optimal
faoliyat
ko‘rsatishining eng zaruriy shartiga aylanmoqda. Istiqbolni boshqaruvning
juda murakkab jarayonida bashorat qilish ishlab chiqarishning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yo‘llarini oldindan ko‘rish vazifasini bajaradi.
104
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bashorat qilish jamiyat rivoji, shu
jumladan, moddiy ishlab chiqarishning eng muhim sohasi bo‘lgan sanoat
rivojining kelajakda amalga oshishi mumkin bo‘lgan maqsadlarini va ularga
erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni aniqlash, iqtisodiy va texnikaviy
siyosatning uzoq va o‘rta muddatli yo‘nalishlarining eng ehtimolga yaqin
iqtisodiy samarali variantlarini qidirib topish uchun zarur.
Prognoz, ya’ni bashorat deganda real obyektning kelajakda bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ahvoli, uni amalga oshirishning alternativ, ya’ni muqobil
(mumkin bo‘lgan qarama-qarshi ikki holdan birini tanlab olish zarurati)
yo‘llarini va muddati to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohaza
tushuniladi. Qisqacha qilib aytganda, oldindan qilingan xulosadir.
Prognozlash, ya’ni bashorat qilish deganda kelajakni ko‘rish, mo‘ljal
qilish va oldindan aytib berish jarayoni tushuniladi. Faqat mavjud dalillar,
ma’lumotlar va aniq raqamlar asosida voqea yoki hodisaning qanday bo‘lishi,
rivojlanishi va oqibatini oldindan aytib berish, ya’ni bashorat qilish mumkin.
Bashorat qilishning bir qancha yo‘llari mavjud bo‘lib, ulardan eng
asosiylariga iqtisodiy va ijtimoiy bashorat qilish kiradi. Ularni bir-biridan
shartli ajratish mumkin, chunki bashorat qilishning maqsadi va vazifasi bir
hodisa yoki voqeaning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlari bilan bog‘liq, bir
tanganing ikki tomonidir.
Bashorat qilishning maqsadi real obyektning kelajakda fikran
o‘ylangan natijasini ta’minlashdan iborat. Hodisa va voqealar fikriy
modelining natijasiga erishish.
Bashorat qilishning vazifasi esa bu jarayonning oldida turgan maqsadga
erishish uchun bir qator ishlarni bajarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |