Industrial iqtisodiyot


 Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

13.2. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari
13.3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari
13.4. Standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, attestatsiya va nazorat 
qilish 
 
13.1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zarurati 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga 
boshqacha muhim talablar qo‘yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday 
firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam 
mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O‘z navbatida 
raqobatbardoshlik ikki ko‘rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining 
darajasi bilan bog‘liqdir. 
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa 
ko‘tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda 
sifatni boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish 
bajaruvchi uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir
59
. Shu tufayli 
davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim 
o‘rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu natijada uning miqdori, 
resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi 
hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va 
estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida 
raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sifat muammosi hal 
etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo‘lgan 
ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu mahsulotning har tomondan 
59
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.165. 


208 
foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir. 
Mahsulot sifati - bu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun 
uning 
yaroqlilik 
darajasi, 
mahsulotning 
iqtisodiyot 
ehtiyojlarini, 
iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir. 
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini 
rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, 
mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati 
ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi 
va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja 
topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha 
korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari
mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz 
mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha 
korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 
Mahsulot 
sifati 
texnika 
taraqqiyotining 
sur’atlarini, mehnat 
unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini 
ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda 
yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o‘stirishni asosiy 
omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Yuqori 
sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat 
ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini 
yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish 
demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o‘zaro 
bog‘liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishga 
imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o‘sishining muhim 
omili bo‘lib xizmat qiladi. 
Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur 
talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin 
bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta 
tushumini ko‘paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, 
ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish 
imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga 
erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab chiqarish salohiyatini yanada 
yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday subyektlarning ko‘payishi esa 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa aholining 
daromadlarini oshishi va turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. 


209 
Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab 
ko‘payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini 
(talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy 
o‘sish ta’minlanadi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish