Industrial iqtisodiyot


 Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

13.2. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari
 
Sanoat ishlab chiqarishi o‘z mahsulotlarining g‘oyat turli-tumanligi, 
ya’ni xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga 
ko‘ra har xil me’yor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, 
ma’lum sanoat mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy 
ko‘rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar 
qo‘llanilishi mumkin.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish 
uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi: 
Iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondirish ko‘rsatkichlari. 
Bunday ko‘rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish 
natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik 
vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi xizmat 
qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi 
mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab 
chiqarish, xizmat ko‘rsatishi mumkinligini ifodalab beradi. 
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi 
saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va 
o‘lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash 
qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi 
mo‘ljallangan muddatda, o‘z xizmat parametrlarini o‘zgartirmay, zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni boshqarish xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning 
ishlash muddati - mo‘ljallangan vaqtda, o‘zining ishlash qobiliyatini 
o‘zgartirmaslik xususiyatidir. 
Texnologik ko‘rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash 
jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktor-
texnologik yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. 
Aynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning 
ommaviyligi, material xarajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona 
taqsimlash ta’minlanadi.
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari - bu mahsulotning 
standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar 
bilan qondirilganligi, to‘ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga 
nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun 
kerak bo‘lgan kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, 
yorug‘lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi 
va suv bug‘ining yig‘ilishi bo‘lishi mumkin. 


210 
Ergonomik ko‘rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu 
buyumdan foydalanishda ro‘y beradigan gigiyenik, fiziologik va ruhiy 
xususiyatlar majmuini aks ettiradi. 
Estetik 
ko‘rsatkichlar 
buyumlarning 
badiiy-konstruktorlik 
xususiyatlarini ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, 
shaklining 
ma’qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal 
bajarilganliligini va barqarorligini tavsiflaydilar. 
Transportabellik 
ko‘rsatkichlari 
mahsulotning 
tashish 
uchun 
moslashganligini ifodalaydi.
Patent-huquqiy ko‘rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va 
patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda 
muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda 
buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar 
bilan himoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. 
Ekologik ko‘rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatish 
darajasi, qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda 
yuzaga keladi
60
. Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, mahsulotni 
saqlash, tashish va iste’mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni 
chiqarish mumkinligi. 
Xavfsizlik 
ko‘rsatkichlari 

xaridor 
va 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
xodimlarning xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni 
mahsulotni montaj qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, 
iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlaydilar. 
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning yig‘indisi mahsulot 
sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko‘zni 
qamashtiradigan, o‘z vazifasini yaxshi bajaradigan bo‘lishi lozim. Lekin, shu 
barcha ko‘rsatkichlardan tashqari, buyumning bahosi ham muhim. Chunki 
iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog‘liqdir. Xaridor 
buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo‘lgan xossalar to‘plamini 
qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi. 
Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat 
birligining bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi:
𝐾𝑜𝑝𝑡 =
𝐵𝑠
𝑋ɛ
bu yerda: 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish