14-jadval
Besh asosiy tamoyil
5
№
Asosiy tamoyillar
Asosiy tamoyillarning mohiyati
1.
Iqtisodiyotning
siyosatdan ustuvorligi
• Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi keraq ular
birorta mafkuraga bo’ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi shuki,
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
• Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish
zarur.
2. Davlat bosh islohotchi
• Davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor
yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi
4
Темур тузуклари. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996 йил, 24 - бет.
5
Каримов И.А. Ўзбекистон–бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли.–Т.:Ўзбекистон, 1993 йил, 42 -
бет.
va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar va konservatorlar
qarshiligini bartaraf etishi shart.
3.
Qonunlar va ularga rioya
qilish ustuvorligi
• Qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Demoqratik yo’l bilan
qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istinosiz hamma hurmat
qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim
4.
Kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish
• Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy
siyosat o’tkazish.
• Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy
himoyalash yo’zasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu
bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib keldi va bundan
keyin ham shunday bo’lib qoladi
5.
Bozor iqtisodiyotiga
sekin-asta, bosqichma-
bosqich o’tib borish
• Bozor iqtisodiyotiga o’tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini
hisobga olgan holda, o’tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni
evolyusion yo’l bilan, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi kerak
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini
boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish mumkin, ular
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo’yish, tarbiyalash va himoya qilish tamoyili;
- ilmiylik tamoyili;
- yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatliliq
- izchillik va barqarorlik tamoyili;
- mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyili;
- qat’iy tejamkorlik tamoyili.
“Yangi uy qurmasdan turib, eskisini bo’zmang” degan hayotiy tamoyil.
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha
usullardan foydalanish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
tashkiliy-ma’muriy va huquqiy usullar;
iqtisodiy usullar;
ijtimoiy-ruhiy usullar;
tarbiyaviy usullar.
Tashkiliy-ma’muriy usullar to’g’risida so’z yuritilganda, avvalo, bu usulning
mohiyati, ahamiyati, shakllarini ochib berish kerak. So’ngra, boshqarishning
hukuqiy vositalari, huquqiy me’yorlarini bayon etish zarur.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv usullari tizimida alohida o’rin tutadi va
quyi idoralarning yuqori idoralarga bo’ysunishiga asoslanadi. Bu usulning mohiyati
shundaki, boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga solib turadi, jamoalar
ichida va orasida ratsional aloqalar tarkib topishiga yordam beradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yordamida boshqaruv apparatining muayyan
tizimini to’zish; boshqaruv bo’g’inlarining funktsiyalarini belgilash; kadrlarni
to’g’ri tanlash va joy-joyiga qo’yish; buyruqlar, farmoyishlar va qo’llanmalar
chiqarish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish; topshiriqlar va direktiv
ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar
qo’llash amalga oshiriladi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga
asoslanadi. Zero, har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo,
manfaatlar tarzida namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xilda bo’lishi mumkin:
- umumjamiyat manfaatlari;
- jamoa manfaatlari;
- shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg’unlashtirish muammosi bir qator vazifalarni hal etishni,
xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o’rnatishni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi iqtisodiy usullardan keng foydalanishga
e’tibor beriladi:
- tarmoqlar va ularning bo’linmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va
mustaqillik berishga;
- barcha sohalarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq
imtiyozlarini berishga;
- korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish
intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirishga;
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirishga;
- bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo va foyda, soliq va boj to’lovlari,
kredit va rentabelliq raqobat va hokazolarga.
Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yo’zaga chiqarish
orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. SHu maqsadda ko’pincha ish haqi
to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta mablag’ bilan takdirlash kabilar muhim
ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida yetakchi o’rin
egallaydi. Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, barcha
resurslardan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani maksimallashtirishga,
natijada ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshqaruv tizimining muhim usuli hisoblangan ijtimoiy-ruhiy usullarning
asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdan iborat.
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda ham bir qator umumfalsafiy usullarni
qo’llash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish,
tahlil qilish maqsadida quyidagi usullardan ham keng foydalaniladi:
1. Tizimli yondashuv;
2. Kompleks yondashuv;
3. Tarkibiy yondashuv;
4. Vaziyatli yondashuv;
5. Integratsion yondashuv;
6. Modellashtirish bo’yicha yondashuv;
7. Ko’zatish usuli;
8. Tajriba usuli.
Birinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi yaxlit tizim tarzida olib qaraladi.
Ikkinchi usulda esa sanoat boshqa sohalar, tarmoqlar bilan o’zaro bog’lanishda va
aloqadorlikda qaraladi. Uchinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi tarkibiy qismlarga,
ya’ni tarmoqlar, korxonalar, sanoat infrato’zilmasi va hokazolarga bo’lib
o’rganiladi. To’rtinchi usulda sanoatning muayyan sharoitdagi ichki va tashqi
vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo’llaniladi. Beshinchi usulda sanoat
yuqoridagi usullarni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi.
Modellashtirish va iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish jarayonida turli
chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi, hisoblash texnikasi va kompyuter
texnologiyalarning barcha imkoniyatlari ishga solinadi.
Ko’zatish usulida sanoat ishlab chiqarishi to’g’risidagi ma’lumotlarni
bashoratli, ilmiy jihatdan namunali uyushtirilgan asosda to’plash va internetdan
foydalanilgan tarzda yo’lga qo’yiladi. Ko’zatuvchining sotsiologik usuli anketali
so’rovlar, suhbatlar, testlar va infrato’zilmaviy tahlillarni o’tkazish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |