Mavzu №6 Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy kirralari



Download 14,83 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi14,83 Kb.
#646443
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu №6 Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy kirralari-fayllar.org


Mavzu №6 Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy kirralari



Mavzu № 6 

Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy 

kirralari


Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – o'rganaman) aholi


va uning rivajlanishi haqidagi fan. 
Demografik statistika aholining soni, tarkibi, tug'ilishi, o'limi, 

ko'payishi, harakati haqidagi asosiy qonuniyatlarni o'rganadi.


Demografik ma'lumotlar aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojini 
qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega (muqim
shifoxonadagi o'rinlar soni, poliklinikadagi lavozimlar, shtatlar, yasli, 
sanatoriyalardagi o'rinlar soni, vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlarining,
dorixonalarning soni va boshqalar). Aholi, sog'liqni saqlash muassasalar 
uchun bevosita sog'lomlashtirish ishlari olib boriladigan ob'yekt
hisoblanadi. 

Demografiya ikkita asosiy qismdan iborat:




1. Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining


ma'lum bir vaqtda olingan soni, tarkibi ( jinsi, yoshi, 
kasbi, mashg'uloti, oilaviy ahvoli, millati, tili, ma'lumoti),
turar joyi, geografik joylanishi, zichligi haqidagi 
ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.


2. Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining


o'zgarashi. U o'z navbatida ikki xil bo'ladi:
a) mexanik harakat;
b) tabiiy harakat (tug'ilish va o'lim natijasida).

Aholi statikasi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun asosiy


manba bo'lib davlat tomonidan davriy ravishda 
o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish hisoblanadi. Chor
Rossiyasi davrida birinchi marta aholini ro'yxatga olish 1897 
yilda o'tkazilgan. Sobiq Ittifoq davrida 1920y., 1926y.,
1936y., 1959y., 1970y. va 1989 yillarda davlat tomonidan 
umumaholi ro'yxati o'tkazilgan. Oxirgi aholi ro'yxati 1989 yil
12 yanavarda o'tkazilgan. Aholi statikasi haqidagi 
ma'lumotlarni olish uchun asosiy manba bo'lib davlat
tomonidan davriy ravishda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga 
olish hisoblanadi.


Aholi ro'yxati lahzalik prinsipiga asoslangan


bo'lib, u aniq bir kun va soatda, aholi eng kam 
harakat qiladigan payti, qish faslining dekabr
yoki yanvarida o'tkaziladi va u barcha aholini 
ro'yxatdan o'tkazishga asoslangan. Aholini
ro'yxatdan o'tkazish barcha territoriya bo'yicha 
bir xil dastur va reja asosida bevosita so'rov
usullari orqali amalga oshiriladi.

Aholini ro'yxatdan o'tkazish juda katta mehnat, kuch, mablag'ni


talab qilganligi uchun ham odatda 10 yilda bir marta o'tkaziladi. 
1.01.1999 yilga jahon aholisi 5 milliard 961 million 628ming
kishini tashkil etgan bo'lsa, shundan Xitoy aholisi 1 milliard 273 
million 640 ming kishini (jahon aholisining 21,3% tashkil etdi),
Hindiston aholisi 276 million 218 ming, Braziliya- 167million 
988ming, Rossiya aholisi 147 million 196 ming kishini tashkil etdi.
2003 yil 1 yanvarga O'zbekiston aholisi 25,4 mln kishini tashkil 
etgan holda, undan ayollar 50,1 %, erkaklar 49,9 % ni tashkil etdi.
O'zbekiston aholisining 36,7 % aholisi 15 yoshgacha bolalarga 
to'g'ri keldi. Qishloq aholisining soni esa 63,3 % ni tashkil etdi.


Aholi zichligi – 1 km2 maydonga


to'g'ri kelgan aholi soni.



Aholi dinamikasi (harakati).
Aholining ichida tabiiy va mexanik (migratsiya 
jarayonlari) harakat farqlanadi. Aholining tabiiy
harakati deganda, asosiy demografik jarayon 
tug'ilish va o'limning natijasida ma'lum bir
territoriyada aholi sonining o'zgarishi 
tushuniladi.


Migratsiya


Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida yoki 
bir davlatdan ikkinchi davlatga mexanik ravishdagi
harakati tushuniladi. Migratsiyaning har xil formalari 
bo'lib birinchi navbatda tashqi migratsiya – davlatlararo
va ichki migratsiya – bir davlatning ichidagi harakat 
tushuniladi. Ichki migratsiya ham ikki xil bo'ladi.
Masalan: doimiy yashash joyini o'zgartirish natijasidagi 
harakat va mavsumiy migratsiya – aholining ma'lum bir
vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va boshqalar.

Migratsiya jarayonlari katta ijtimoiy


- gigiyenik va epidemiologik
ahamiyatga ega:


a)
aholining mexanik harakati ma'lum bir 


territoriyada aholining son jihatdan
ko'payishiga, boshqa bir territoriyada esa 
kamayishiga, aholining yoshi, jinsi, kasbi
bo'yicha tarkibini o'zgarishiga olib keladi. 
Bu esa o'z navbatida sog'liqni saqlash
muassasalarining faoliyatini ko'rib chiqishni 
talab etadi;


b)
aholining mexanik harakati, 


ayniqsa davlatlararo migratsiyasi
natijasida u yoki bu davlatda 
yuqumli kasalliklarni kelib
chiqishiga olib keladi. 



Aholining tabiiy harakati
1.Tug'ilish ko'rsatkichlari
2. O'lim ko'rsatkichlari
3. Aholining tabiiy o'sish
ko'rsatkichi

Demografik ko'rsatkichlarni taxlili






Aholi soni
Aholi soni esa yilning oxiriga yoki boshiga 
olingan bo'ladi. Shuning uchun ham demografik
ko'rsatkichlarni taqqoslash imkoniyatiga ega 
bo'lish uchun birinchi navbatda o'rtacha aholi
sonini keltirib chiqarish kerak. Ko'pincha 
aholining o'rtacha soni sifatida uning yil
boshidagi (1.01) va yil oxiridagi (31.12) sonining 
yig'indisini yarmi olinadi.





Download 14,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish