3-chizma. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy
to’zilishi
O’zbekiston sanoati tasarrufida o’nlab mustaqil tarmoqlar, ming-minglab
korxonalar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari
bilan o’zaro muvofiqlashtirish, respublika hududlarida joylashtirish, mahsulot (ish
bajarish va xizmat ko’rsatish)ga bo’lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab,
keng qamrovli masalalarni o’z vaqtida, oqilona hal etish tarmoq boshqaruvini
amalga oshirishni taqozo etadi. SHu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- vazirliklar va davlat qo’mitalari;
- kontsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;
- xolding va milliy kompaniyalar;
- korxonalar va boshqalar.
Бош вазир
Бош вазир биринчи
ўринбосари
Бош вазир ўринбосарлари
Вазирлар Махкамасининг ижро
этувчи аппарати бошқарувчиси
Ахборот тахлил департаментлари
Функционал бошқарма ва
бўлимлар
Вазирликлар, давлат қўмиталари, хўжалик бирлашмалари (корпорациялар, компаниялар, уюшмалар,
концернлар, марказлар) Қорақолпоғистон Республикаси Вазирлар кенгаши, вилоятлар ва Тошкент
шахар хокимликлари
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular
O’zbekistonning barcha hududlarida o’zlariga bo’ysunuvchi barcha korxonalar va
tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. Shu sababli vazirlik - bu o’ziga tegishli tarmoqning
xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo’g’inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun
javobgar hisoblanadi:
- tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tarbiyalash va himoyalash;
-ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
hajmi,
sifati
va
uning
raqobatbardoshligi;
- tayyorlanayotgan mahsulotga bo’lgan ichki va tashqi talabni qondirish;
- va nihoyat, o’ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan
aloqasini tashkil etish va kuchaytirish.
Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruv mexanizmining
shaklini “O’zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi misolida ko’rish mumkin
(4-chizma).
Sanoatga rahbarlik tizimida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
alohida o’rin egallaydi. CHunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng yirik ilmiy rejali-
iqtisodiy idorasi hisoblanadi. Bu tashkilotning to’zilishi to’g’risida 2002 yilning 24
dekabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu
farmonga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantirishning
o’zoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish, quyidagi g’oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o’ylangan
va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o’tkazish yuklatilgan:
- makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtsodiyotning barqaror, mutanosib va jadal
sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash;
- ko’p ukladli va samarali faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish,
xususiy mulkchilikning yetakchilik rolini ta’minlash, bozor infrato’zilmasini
rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |