Industrial iqtisodiyot


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   259
Bog'liq
Индустриал

5.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi 
Ma’lumki, milliy iqtisodiyot, jumladan, industrial iqtisodiyotni rivojlantirish 
uchun aniq topshiriqlar, ya’ni xo’jalik vazifalari 
va amaliy chora-tadbirlar belgilanadi. Ular reja 
shaklida namoyon bo’ladi. 
Reja – bu biror ish, dastur, tadbir va shu 
kabilarni 
amalga 
oshirishning 
oldindan 
belgilangan tartibi, loyihasi. Ko’pincha uni 
topshiriq deb ham ataydilar. Rejalashtirish 
nazariyasida rejalashtirishning turlari, bosqichlari, 
maqsadlari, vazifalari, tizimlari degan tushunchalar mavjud. Rejalashtirish turlarini 
bir qator alomatlar bo’yicha tasniflash mumkin. Masalan, rejalashtirishning birinchi 
eng muhim turi bo’lgan munosabatdor kattaliklar bo’yicha rejalashtirish turining 
alomatlariga quyidagilar kiradi: 
zamon (vaqt) ko’lami (qisqa muddatli, o’rtacha muddatli, o’zoq 
muddatli rejalashtirish); 
funktsional bo’lim (ishlab chiqarishni, sotishni, saqlashni, ta’minotni, 
moliyani, investitsiyani rejalashtirish); 
boshqaruv ieraraxiyasi (rahbariyat ierarxiyasi); 


rejalash ieraraxiyasi (strategiq ya’ni oliy; taktiq ya’ni o’rta; operativ, 
ya’ni past darajadagi rejalashtirish). 
Ishlab chiqarish rejasi har xil bo’lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy ishlab 
chiqarish rejasi yoki milliy iqtisodiyot va uning real tarmog’i rejasi (sanoat, qishloq 
xo’jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi).
Texnik-iqtisodiy rejalashtirishda - korxonalarning texnik va iqtisodiy 
rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal 
variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari 
belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi. 
Operativ-ishlab chiqarish rejalarida yuqoridagi ko’rsatkichlar chuqurlashtirilib, 
tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi. Zamon (vaqt) ko’lami (qisqa 
muddatli, o’rtacha muddatli, o’zoq muddatli rejalashtirish); funktsional bo’lim 
(ishlab chiqarishni, sotishni, saqlashni, ta’minotni, moliyani, investitsiyani 
rejalashtirish) rejalash ieraraxiyasi (strategiq ya’ni oliy; taktiq ya’ni o’rta; operativ, 
ya’ni past darajadagi rejalashtirish).korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex rejasi quyi 
pog’onada - ishlab chiqarish rejalari. 
Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ. 
Davlat 
mulkiga 
asoslangan 
korxonalarda 
administrativ 
rejalashtirishfoydalaniladi. Aktsionerlik jamiyatlari va boshqa xususiy mulkka 
asoslangan korxonalarda bozor yoki indikativ rejalardan foydalaniladi. Indikativ 
rejalashtirish - baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ish haqi miqdorini davlat 
tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi. Markazlashgan reja - barcha ko’rsatkichlarni 
yuqori boshqaruv Ishlab chiqish stadiyalari bo’yicha: dastlabki va yakuniy. 
Aniqlik darajasiga ko’ra: yiriklashtirilgan (umumiy) va aniqlashtirilgan. 
Biznes rejalarni ishlab chiqish texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi hamda 
norma va normativlar asosida amalga oshiriladi. 
Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga 
juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. 
Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki 
bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini o’lchami, nisbiy yoki 
absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi. 
Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni 
aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi. Miqdor ko’rsatkichlari - absolyut 
ko’rsatkichlar bo’lib, bu qatorga yalpi va tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, 
xodimlar soni, ish xaqi fondi, foyda yoki daromad mikdori, ishlab chiqarish 
resurslarining sarflanishini kiritish mumkin. 


Sifat ko’rsatkichlari nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat 
mahsuldorligining o’sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu 
qatorga shuningdeq o’zaro miqdor ko’rsatkichlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar, 
masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig’imi, mahsulot sifati va boshqalarni 
ham kiritish mumkin. 
Solishtirma ko’rsatkichlar ikki yoki undan ortiq o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar 
va mahsulot birligi xarajatlari salmog’ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan, 
mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg’i sarflanishi, ishlab chiqarish 
quvvati birligiga kapital qo’yilmalar, jami to’lovlar hajmida mukofotlarning 
salmog’i va hokazolar.Ushbu barcha ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro aloqalar 
mavjud. Bu ko’rsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo’jalik 
faoliyatini tahlil qilishda ham qo’llanadi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash yo’llaridan biri – sanoatni yuqori sur’atlar bilan 
rivojlantirishdir. Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini 
bilish lozim. Buning uchun har xil ko’rsatkichlardan foydalanish kerak bo’ladi. Bir 
tomondan, qo’llaniladigan ko’rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini ifoda 
etsa, ikkinchidan, sanoatning o’zining shart-sharoitlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar 
ham mavjud bo’lishi mumkin. Bunday ko’rsatkichlarga asoslanib sanoatning 
texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari aniqlanadi.Sanoat taraqqiyotini 
ifodalaydigan ko’rsatkichlar sanoat tarmoqlarining korxonalar tomonidan ishlab 
chiqariladigan mahsulotning hajmini natural o’lchov birligida, qiymat birligida 
ifoda etadigan ko’rsatkichlaridir. Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda 
qo’llaniladigan natural birliklar bo’lib kilovat-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, 
diko-litr, dona va boshqalar hisoblanadi.Bu o’lchovlarga tayangan holda ishlab 
chiqariladigan sanoat mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Sanoat 
mahsulotlarining natural o’lchov birliklari orqali barcha sanoat tarmoqlarining 
rivojlanishini solishtirib bo’lmaydi, chunki bir tarmoqning mahsuloti kilovat-soatda 
o’lchansa, ikkinchisiniki tonnada, uchinchisiniki kubmetrda o’lchanadi va h.k. 
SHuning uchun barcha sanoat tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va 
bajaradigan ishlarini hisoblashda yagona o’lchov birligi bo’lishi lozim. Bu o’lchov 
birligi har tomonlama bo’lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko’rsatkichlari 
bajaradi. Qiymat ko’rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy 
rivojlanishini, o’sish sur’atlari va uning strukturasini aniqlashga imkoniyat yaratadi. 
Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi: 
ishonchliliq ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning ob’ektiv holatiga 
muvofiq kelishi lozim; 
o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega 
hamda aniq bo’lishi; 
etarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim 
tomonlarini to’liq yoritishi keraq 


bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim; 
o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim; 
moslashuvchan va rejalashtirish ob’ektining amal qilish sharoitidagi 
barcha o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi; 
operativlik – reja to’zuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim; 
yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi; 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish