Industrial iqtisodiyot


Rejalashtirishning maqsadli funktsiyasi bu



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   259
Bog'liq
Индустриал

Rejalashtirishning maqsadli funktsiyasi bu
- zarur hisob- kitoblar, bashorat 
va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va o’zoq muddatli strategiyasini 
belgilashdir.To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 40 kishigacha bo’lgan 
mikrofirmalarga qaraganda ko’prok yirik va o’rta korxonalar uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard 
natijaga erishish uchun yo’naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda 
odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi.
Milliy iqtisod va uning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoat ishlab chiqarishning 
o’zoq davrga mo’ljallangan rivojini belgilash uchun boshqaruvning eng muhim 
funktsiyalaridan biri bo’lgan prognozlash alohida e’tibor berishni talab qiladi. SHu 
munosabat bilan bu kategoriyaning mohiyati va ahamiyati, mazmuni va turlari, 


usullari va vazifalarini yaxshi bilish kerak. Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, 
ijtimoiy hayot kelajakni oldindan ko’rishsiz va uning istiqbolini bashorat qilmasdan 
mumkin emas. Shu sababli keyingi vaqtda bashorat qilish xalq xo’jaligining optimal 
faoliyat ko’rsatishining eng zaruriy shartiga aylanmoqda. Istiqbolni boshqaruvning 
juda murakkab jarayonida bashorat qilish ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot yo’llarini oldindan ko’rish vazifasini bajaradi. 
Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektning istiqbolda yo’zaga 
kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko’ra bilishini 
ifodalaydi. U yo’zaga kelayotgan yoki kelajakda yo’zaga kelishi mumkin bo’lgan 
iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida 
yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi.Ya’ni,bozor 
iqtisodiyoti sharoitida bashorat qilish jamiyat rivoji, shu jumladan, moddiy ishlab 
chiqarishning eng muhim sohasi bo’lgan sanoat rivojining kelajakda amalga oshishi 
mumkin bo’lgan maqsadlarini va ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni 
aniqlash, iqtisodiy va texnikaviy siyosatning o’zoq va o’rta muddatli 
yo’nalishlarining eng ehtimolga yaqin iqtisodiy samarali variantlarini qidirib topish 
uchun zarur. 
Bashoratning maqsadi – bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, 
xo’jalikning umumiy ahvoli, to’zilmaviy siljishlar, investitsion faolliq fan-texnika 
taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy 
mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib 
keluvchi yangi mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yo’zaga kelishi mumkin 
bo’lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish 
muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va 
miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz 
rejalashtirishning ilmiy asosidir.Prognoz, ya’ni bashorat deganda real ob’ektning 
kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan ahvoli, uni amalga oshirishning alьternativ, ya’ni 
muqobil (mumkin bo’lgan qarama-qarshi ikki holdan birini tanlab olish zaruriyati) 
yo’llarini va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohaza tushuniladi. 
Qisqacha qilib aytganda, oldindan qilingan xulosadir. Bashorat qilishning bir qancha 
yo’llari mavjud bo’lib, ulardan eng asosiylariga iqtisodiy va ijtimoiy bashorat qilish 
kiradi. Ularni bir-biridan shartli ajratish mumkin, chunki bashorat qilishning 
maqsadi va vazifasi bir hodisa yoki voqeaning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlari 
bilan bog’liq, bir medalning ikki tomonidir.

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish