Individual rivojlanishi darsning ta’limiy maqsadi



Download 2,18 Mb.
bet17/23
Sana29.05.2022
Hajmi2,18 Mb.
#614873
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
BIOLOGIYA 10 KONS

YANGI MAVZU BAYONI:
Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini
ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasiyoki genetik injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNKva DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish(manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangangenlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari vausullari jamlanmasidir.Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNKzanjiridagi nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayonketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo‘yichadeyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi yokioilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki
tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib,ularning faoliyatini idora etishdir. Natijada har qanday tirik mavjudotni, albatta,imkoniyat darajasida maqsadga yanada ko‘proq muvofi qlashtirish yo‘li bilansanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik va hayvon turlariniinson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, irsiy va yuqumli kasalliklarni aniqva tez tashxis qilish hamda sabablarini aniqlash usullari yaratildi.Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – DNKmolekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK
bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklariniuzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforezusulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa, DNK molekulasinitashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash122hamda xohlagan DNK bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining
va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishinita’minladi.Gen muhandisligi tadqiqot obyektlari. Gen muhandisligining tadqiqotobyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon va o‘sim liklarninghujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik inje neriya: gen muhandisligi,xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichigaoladi. Tirik tuzilmalarning DNK molekulalari hujayraning boshqa moddalaridantozalab olingach, ular orasidagi moddiy farq yo‘qoladi. Har qanday manbadanajratilib, tozalangan DNK molekulasi enzimlar vositasida spetsifi k bo‘laklargaparchalanishi va qaytadan bu bo‘laklar ulovchi enzim vositasida ehtiyojgamos ravishda ulanishi mumkin. Hozirgi zamon genetik injeneriyasi usullari
vositasida probirkada har qanday DNK molekulasi bo‘lagini aynan ko‘paytirishyoki DNK zanjiridagi xohlagan nukleotidni boshqasi bilan almashtirishmumkin. Albatta, bu qadar yuksak yutuqlarga irsiyat qonuniyatlarini izchillikbilan tadqiq etish natijasida erishildi.Yuksak darajadagi bu texnologiya hozirgi
zamon biologiya fanining istiqbolli sohalaridan biridir.Irsiyatning moddiy asoslarini o‘rganish tarixi. Buyuk fransuz olimiLui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularda irsiyat mavjudligini va
xususiyatlarining irsiyatga to‘la bog‘liqligini bakteriyalarni klonlash usulibilan ilk bor ko‘rsatib berdi.
1952-yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasiningo‘z-o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko‘chirishusulini qo‘llash vositasida isbot qilib berdi. Bu olimlar mutant hujayralarnireplika ko‘chirish usuli bilan ajratib olishni ishlab chiqdilar.
Bir turga mansub bo‘lgan, lekin ayrim genlari bilan bir-biridan farqlanuvchibakteriya hujayralari alohida shtamm deb ataladi. Genetik xususiyatlarinihisobga olib shtammlarga nom beriladi. Masalan, «lac» (lak, minus) shtammdalaktozani parchalovchi genning faoliyati u mazkur fermentning noaktiv, ya’nimutant formasini sintez qiladi. Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida
o‘zgarib, bir dona bakteriya bo‘linib ko‘payishi natijasida hosil bo‘lganhujayralar to‘plami mazkur shtammning kloni deb ataladi. Bir klon tarkibigakiruvchi bakteriya hujayralarning irsiyati bir xildir.
1915-yilda Tuort va D’Errel faglarning zararlangan bakteriyalar ichidao‘z-o‘zidan ko‘payib, ularni oldirishi mumkinligini isbotladilar. Mikrobiologlarfaglardan xavfl i infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi123foydalanishni umid qilgan edilar.
.Uygavazifa:_Mavzuni o’qish, rasm chizish

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish