KO’RDIM_______________”_____20__-YIL
Sana__________________
DARS MAVZUSI ODAMDA UCHRAYDIGAN IRSIY KASALLIKLAR.
REPRODUKTIV SALOMATLIK
Darsning ta’limiy maqsadi: Mavzuga oid biologic bilimlarni shakllantirish,tayanch tushunchalar va asosiy terminlar mohiyatini tushuntirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish orqali ularga estetik, ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda milliy qadriyatlar, vatanga muhabbat tuyg’ularini shakllantirish,ularni mustaqil fikrlashi va darslik bilan mustaqil ishlash ko’nikmasini rivojlantirish.
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsadi:O’quvchilarda umumiy va fanga oid xususiy kompetensiyalarni rivojlantirish.
a) Kommunikativ kompetensiya b) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
c) Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi d) Milliy va umummadaniy kompetensiya
e) Matematik savodxonlik fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish kompetensiyasi
f) O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiya:
Биологик объектларни таниш, уларда борадиган жараёнлар- ни тушуниш ва изохлаш компетенцияси
Биологик объектларда борадиган жараёнларни кузатиш, таж- рибалар утказиш ва хулоса килиш компетенцияси
Соглом турмуш тарзи ва экологик компетенция
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Darsning borishi: Salomlashish Ma’naviyat daqiqasi
Davomatni aniqlash Darsga tayyorgarlik nazorati
O’tilgan mavzularni takrorlash,uyga berilgan vazifani tekshirish
YANGI MAVZU BAYONI:Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv
salomatlikni asrash bo‘yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv(lot. re – tiklanish, takrorlanish ma’nosida, produco – yarataman). Reproduktivsalomatlik deganda insonning o‘zidagi mavjud irsiy axborotni keyingi avlodgayaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o‘tkazish natijasida o‘zidansog‘lom nasl qoldirib, avlodlarning bardavomligini ta’minlash tushuniladi.
Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liqbarcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libginaqolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaff aqiyatlar holati hamdir.Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarningfarzandlar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkinhamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shartbo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tanolish sanaladi. Reproduktiv salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar:jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash
(OITSning oldini olish), bepushtlikning oldini olish, o‘sma kasalliklari vao‘sma oldi kasalliklarining oldini olish, farzandlarni ona suti bilan boqish,onalik va bolalikning muhofazasi, o‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiytarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning
reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – bu davlat siyosati darajasida engko‘p e’tibor qaratilayotgan masalalardan biridir. Respublikamizda ona vabola salomatligini muhofaza qilish tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik117shaharlarda perinatal va skrining markazlari tashkil etilgan. Umuman olganda,sog‘lom farzandni voyaga yetkazish, aholi, xususan, bolalar va o‘smirlarning
reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy ishlar olibborilmoqda.
Har bir o‘quvchi reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchiomillarni bilishi, ularni e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim. Qarindoshurug‘lar o‘rtasida nikoh, erta homiladorlik, alkogol, narkotik moddalarniiste’mol qilish, chekish va uning homilaga ta’siri, ekologiya va ijtimoiy holatreproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sirasiga kiradi.Reproduktiv salomatlik nafaqat ayolning, balki erkakning ham o‘zidansog‘lom zurriyot qoldira olish davridagi salomatligidir. Ayniqsa, bu boradao‘smir yigit-qizlarning salomatligiga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Bundaasosiy e’tibor oila farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy psixologik iqlimninghukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma’nodamustahkamligini ta’minlash kabilar nazarda tutiladi. Notinch, ichuvchi,giyohvand moddalarni iste’mol qilish kabi zararli odatlari mavjud oilalarda
tug‘ilgan farzandlar, shuningdek, reproduktiv salomatligiga befarq qaraydiganyoshlar, ayniqsa, bo‘lajak onalarning tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish,giyohvandlik kabi zararli odatlari reproduktiv salomatligiga o‘zining salbiyta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o‘tilgan xavf omillari keyinchalik ularningoilalarida irsiy kasalliklarga chalingan farzandlarning dunyoga kelishi,
homilada fi ziologik jarayonlarning normal kechishining buzilishida kuzatiladi.Reproduktiv salomatlikka kuchli tahdid soladigan omillardan biri irsiy
kasalliklar sanaladi. Naslda irsiy kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishmaqsadida nikohlanadigan yoshlar tibbiy-genetik konsultatsiyadan o‘tishiqonun bilan belgilangan.
Tug‘ma kasalliklarni irsiy kasalliklardan farq etish zarur. Tug‘ma kasalliklar
homilaning rivojlanishidagi buzilishlar, masalan, onaning homiladorlik davrida
og‘ir infeksiya kasalliklariga chalinishi, chekish va alkogol ichimliklarini qabul
qilinishi, oiladagi notinchlik, asab buzilishi, ichki va tashqi muhitning zararli
omillari ta’sirida vujudga keladi, aksari hollarda nasldan naslga o‘tmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |