Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet94/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Hujayralararo aloqa
Hujayralararo munosabat individual rivojlanishda muhim o’rin egallaydi. Bu munosabatning 2 ta tipi farqlanadi.
Hujayralar o’rtasidagi kontakt aloqa. Hujayralar o’rtasidagi bevosita aloqa kontakt aloqa deyiladi. Bunday hujayralarning membranasi o’rtasidagi masofa 0,02 mkm bo’ladi va ularga vorsinka hujayralari nerv hujayralari kiradi. Ba’zan hujayra membranasidan mahsus xaltacha xosil bo’lib, bir hujayraning boshqa hujayra bilan alaqasini o’rnatadi.
Bir xil hujayralar o’rtasidagi aloqa. Hujayraning harakati ular o’rtasidagi aloqani o’rnatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Harakat orqali organizmning har xil qismidagi hujayralar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Ko’plab morfogenetik jarayonlarda hujayralar membranasi orqali harakatlanadi. Jumladan, birlamchi ichak hujayralari blastosel bo’ylab harakatlanadi. Bu harakatlarning ko’pi aniq yo’nalishga ega. Bunda mo’ljal oluvchi egatcha sabab bo’lsa kerak. Avstraliyalik biolog P.Veyss bu hodisani “kontaktli mo’l;jal “deb atadi. Kontaktli mo’ljal hujayra harakati paytida subistrat va boshqa hujayra yuzasi bo’ylab sodir bo’ladi. Buning natijasida bir hil hujayralar bir joyda to’planadi. Natijada morfogenetik jarayonla r sodir bo’ladi. Kontaktli mo’ljal tufayli nerv tolalari o’sishi mumkin.
Kontaktli ingibisiya han bir xil hujayralar o’rtasidagi aloqa turi hisoblanadi. Agar 2 ta fibrioblast bir –biriga qarab harakatlanib , qaysisi dastlab oldingi qismi bila n boshqasiga tegsa, o’shasi tezda orqaga qaytadi. Agar hujayralar bir-biriga tegib tursa, mitotic faolligi pasayadi. Regenerasiya jarayoni ham hujayralar bir biriga tegishigacha davom etadi. Bu hodisalarning mehanizmi hozircha noma’lum.
Har xil hujayralar o’rtasidagi kontakt aloqa. XX asrning 30-yillarida I.Golfreter amfibiyalarning har xil embrion qavatlari hujayralarini aralashtiradi. Dastlab hujayralar tartibsiz aralashib , bir biri bilan aloqa o’rnatadi. Keyin har bir qavat hujayralari alohidalashgan. Keyinchalik shunga o’xshash tajribalar ko’plab o’tkazildi. Bu tajribalarda xech qachon uchrashmaydigan hujayralar aralashtirildi. Masalan, tog’ay va ko’z hujayralari aralashtirilganda, ular ham bir biridan ajralgan. Ammo rak hujayralari normal hujayradan ajralmasligi aniqlandi.
Bu hodisalarning mexanizmi haqida bir qancha fikrlar aytilgan. Bulardan ko’pchiligida hujayralar dastlab tanlanmasdan aloqa o’rnatilishi, keyinchalik bir xil hujayralar o’zoro aloqa o’rnatishi aniqlandi.
Tuban hayvonlarda turning ixtisoslashgan hujayralari organning o’rnini bosadi yuksak hayvonlarda buning aksi bo’ladi. Agar bulutlar har xil turining hujayralari aralashtirilsa, ular turiga qarab ajraladi. Agar qushlar va sut emizuvchilar har xil organlarning hujayralari aralashtirilsa, hujayralar tur bo’yiha emas, balki organlar bo’yicha ajraladi. Birlamchi induksiya molekulalarning diffuziya yo’li bilan ta’siri tufayli sodir bo’ladi. Diffuziya ikkilamchi induksiyada ishtirok etadimi? Bu savolga javob berish uchun inductor va to’qima o’rtasida harxil teshikli filtr o’rnatildi. Aniqlanishisha oshqozon osti bezi uchun induksiya omili juda ingichka poralar orqali tarqala oladi. Bu omil glikoproteid modda bo’lib to’qima undan tozalanadi. Chunki induksiya uchun bu modda kerak emas, hujayralar ustki tomoni bilan bir biriga tegishli yetarli omil hisoblanadi.
Epiteliy va mezenxima hujayralari induksiya uchun ular bevosita aloqada bo’lishi lozim.
Hujayralar o’rtasidagi aloqa hamma jarayonlarga, jumladan, sintez jarayon lariga ham ta’sir etadi. Masalan, ko’z gavhari birikib turgan kallogen moddadan ajratilsa, RNK DNK sintezi pasayadi. (91-rasm).
5s, 18s, 28s-r-RNK ning turlari. RNK sintezining har xil xususyarlari rivojlanish davrida regulyator omillar borligidan dalolat beradi.
Induksiyaga sabab bo’luvchi kimyoviy moddani ajratib olish bo’yicha ko’plab tajribalar o’tkazilgan va quyidagi aniq ma’lumotlar olingan.

  1. Tiderman embrional ektodermani endodermaga aylantiruvchi omilni aniqladi.

  2. ratter embrionda mezenxima omili borligini aniqladi.

  3. glikoproteidni xorda hujayralari ishlab chiqaradi va xorda bilan somit o’rtasida joylashib somitga xondrogenez jarayonini induksiyalaydi.

Direktiv” va “Bajaruvchi” induksiya. To’qima inductor ta’sirini qabul qiladi. Finlandiyalik embriolog L.Saksen induksion jarayonni “direktiv”va “bajaruvchi”ga ajratishni tavsiya etdi. Direktiv indunsiyada inductor to’qimaga shunday molekulalar sintezini taklif qiladiki, bunday jarayonlar to’qima tarixida bo’lmagan va induktorsiz bo’lmaydi ham. Bunga embrion markaziy nerv sistemasining birlamchi induksiyasi, embrion ektodermasi induksiyasi misol bo’ladi.
Mezodermaga yo’nalgan induksiya bajaruvchi induksiya hisoblanadi. Buning manosi shuki, ular oldindan tayyorlangan to’qimaga ta’sir etadi. Masalan, siydik xaltasi yoki orqa miya buyrak kananiga induksiya hosil qiladi.
Endodermadan organlar hosil bo’lishida ham direktiv, ham bajaruvchi induksiya hosil bo’ladi.
Bajaruvchi induksiyada muhim vazifani to’qima bajaradi, direktiv induksiyada to’qima va genotip katta ahamiyatga ega. Agar triton embrioni tomog’ining oldingi qismida baqa embrioninig qorin ektodermasi ko’chirib o’tkazilsa, transplantatdan itbaliqning tomog’ o’simtalari hosil bo’ladi. Shunday qilib , triton embrioni tomog’ining oldingi qismi induksion tasir tufayli transplantat tomonidan o’zining genotipi bo’yicha o’qilgan.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish