Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Rivojlanishda yadro va sitoplazmaning vazifasi



Download 2,45 Mb.
bet90/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Rivojlanishda yadro va sitoplazmaning vazifasi. Embriologlar va genetik hujayrada yadro va sitoplazma o’rtasidagi munosabatlarni o’rgandilar. DNK xromosomaning boshqa tarkibiy qismlaridan ajralgan xolda o’zining biokimyoviy hususiyatlarini namayon qila olmaydi. Izolyatsiyalangan DNK izolyatsiyalangan oqsil kabi o’lik tuzilma hisoblanadi. Xromasomada DNK dan tashqari oqsil , RNK va boshqa moddalar ham bor. Bir xil hujayraning har xil bosqichlarida oqsillar ham turlicha bo’ladi.
1955 yilda R.Briggis va T.King ko’plab tajribalar o’tkazdilar. Baqaning urug’lanmagan tuxumi shpris ignasi yordamida partenogenetik yo’l bilan rivojlanishga majbur qilindi. Keyin mikroxirurgik yo’l bilan yadrosi olib tashlandi. Mikropipetkaga blastula yoki gastrulyasiya davridagi hujayra tortiladi. Shimdirilgan paytda hujayra yoriladi, ammo yadro va uning atrofidagi sitoplazma qoladi. Ana shu yadro yadrosi olib tashlangan tuxumga in’eksiya qilinadi. Blastulaning animal qutbidagi hujayradan olingan yadro in’eksiya qilinsa, 30% holatda normal maydalanish sodir bo’lib, rivojlanish gastrulyasiyagacha davom etgan. Keyingi tadqiqotlarda 80-100% holatda rivojlanish blastulagacha davom etgan. Demak, xulosa chiqarish mumkinki, yadro blastula va gastrula davrlarida hali differensiallashmagan, zigota yadrosining o’rnini boshqa har qanday yadro bosishi mumkin. Bu bosqichlarda hujayraning o’zi ham differensiallashmagan. Agar in’eksiya uchun embrionning keyingi bosqichlari yadrosi (xorda, mezoderma) olinsa, bu yadro rivojlanishni ta’minlay olmaydi, rivojlanish ko’pchilik hollarda blastula yoki neyrula bosqichlarida to’xtaydi. King va Briggs aniqlashlaricha, entoderma hujayrasidan olingan yadro rivojlanish davrida o’z potensiyasini kamaytirib boradi.
Bu tajribalardan ma’lum bo’ldiki, blastomerlar yadrosida maydalanish va undan keyingi bosqichlarda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi.
L.A.Nikitina va O.G.Stroeva (1960-1969) amfibiyalarning Bufo viridis, B.bufo asiaticus, Rana arvalis va R.temporaria turlarida ektoderma yadrosini gomotransplantasiya qilish bo’yicha tajribalar o’tkazdilar. Tajriba usuli va natijalari King va Briggs tajribalari bilan bir xildir. Ammo Nikitina ko’chirib o’tkazish uchun ko’z xaltasi va ko’z bakali hujayralarining yadrosini oldi. Aniqlanishicha, bu hujayralar ham zigota rivojlanishi uchun zarur bo’lgan potensiyani saqlab qolgan ekan. Rivojlanish davom etgan sari normal rivojlanayotgan resipient embrion kichiklashib boraveradi. Xulosa shuki, differensiallashayotgan hujayrada yadroning yashash muddati chegaralanib boradi.
Zavarzinning yuqorida aytilgan gipotezasini isbotlovchi bu ma’lumotlar embrion rivojlanishida yadro va sitoplazma vazifalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu tajribalarda resipienga yadro bilan birgalikda oz miqdorda bo’lsa ham sitoplazma kiradi. Bu oz miqdordagi sitoplazmaning biokimyoviy vazifasi qanday bo’lishi no’ma’lum bo’lib qolgan. King va Briggs tajribalarida embrionga va yadroga ancha zarar yetkazilgan.
King va Briggs tajribalarini dumli amfibiyalardan tritonla r tuxumida o’tkazilganda rivojlanish umuman sodir bo’lmadi. Demak, dumli amfibiyalar yadrosining differensiallanish qonunyatlari o’ziga xos yo’nalishga ega ekan. Ammo ba’zi olimlarning natijalari bu xulosalardan farq qiladi.
1962 yilda J.Gerdon Xenopus laevis itbaliqning ichak epiteliy hujayrasining yadrosi emrional rivojlanishni ta’minlashi mumkinlaigini isbotladi. O’tkazilgan 726 tajribadan 10 tasida itbaliqlar rivojlangan. Demak, yadro hujayra differensiasiyasini ta’minlaydi, normal rivojlanish uchun zarur bo’gangenetik axborotni o’zida saqlaydi. T.King va Mek-Kinnel (1962) da baqa tixum hujayrasida o’sma (adenokardisinoma) yadrosini ko’chirib o’tkazdi. Natijada xorda , teri, bosh miya va muskullari differensiallashgan itbaliq paydo bo’ldi R.Briggs (1964) aksolotl tuxumining po’stini olib tashladi, uning xromasomasini ultrabinafsha nur bilan zararladi. Tuxumni elektr toki ta’sirida faollashtirib, rivojlanishga majbur qildi. Ko’chirib o’tkazish uchun boshqa emrionning xordasi, neyrulla, ektoderma kabi hujayralarining yadrosi olindi. Natijada rivojlanish blastula yoki gastrulyasiyaning dastlabki davrigacha davom etdi, xolos
Ba’zi olimlar tuxum yoki blastomer yadrosini ionli radiasiya bilan o’ldirib, rivojlanish davrida yadro yoki sitoplazma vazifasini o’rganishga harakat qilmoqdalar. Ularning fikricha, bunda yadro o’ladi, sitoplazmaga zarar yetmaydi.
V.V.Konyuxov (1973) fikricha, hujayra differensiasiyasi mahsus oqsillar sinteziga bog’liq. Bunday oqsillar sintezi DNK differensiasiyasi va I-RNK sintezi bilan aniqxlanadi. Ba’zi olimlar fikricha, differensiasiya va morfoginez jarayonida hujayralar sistemasini bitta gen ishga tushiradi va ishni to’xtatadi.Konyuxov fikricha, dastlab ko’payishni va metabolizimni boshqaradigan genlar depressiyaga uchraydi, keyin hosil bo’lishini boshqaradigan genlar faollashadi. Gisto- va orgonogenezni boshqaradigan genlar depressiyaga uchraydi.
Xulosa aytganda, hujayra, to’qima va organ differensiasiyasi davrida genlarning ahamiyati to’risida ko’plab ilmiy ma’lumotlar olingan. Ammo bu ma’lumotlar ana shu jarayonlarni to’liq isbotlash uchun yetarli emas. Shuning uchun bu sohadagi tadqiqotlar kelajakda davom etdirilishi lozim.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish