Ootipik davrda to’qima hosil bo’ladigan materiallar tuxum yoki zigota sitoplazmasining ma’lum qismida joylashgan bo’ladi . (ooptik yunoncha oop tuxumga xos degan ma’noni bildiradi). Masalan, xorda, mezoderma materiallari tuxum hujayra sitoplazmasining o’roqsimon qismida joylashgan bo’ladi. Hozirgi paytda tuxum hujayra yoki zigotaning rivojlanishi davrida kelajakda hosil bo’ladigan to’qimani aniqlash mumkin. Hujayraning anashu qismi takomillashib borib kelajakda undan ma’lum to’qima shakllanadi. Bunga to’qimaning prezumptiv urchig’i deyiladi. Keyingi yillarda gistogenez jarayoni zamonaviy radioavtografiya usulida, ya’ni radioaktiv moddalar yuborib anashu moddalarga qarab tadqiq qilish orqali o’rganilmoqda.
Blastomer davri ootipik davrning davomi bo’lib bunda zigopta bo’linishi tufayli ko’plab blastomerlar ya’ni o’ziga xosyangi hujayralar hosil bo’ladi. Blastomerlar zigotaning maydalanishi tufayli hosil bo’lishi va o’smasligi bilan boshqa hujayralardan farq qiladigan embrion hujayralari hisoblanadi. Blastomerlar o’z navbatidamaydalanib hosil bo’ladigan to’qima yoki organning boshlang’ich elementini hosil qiladi. Blastomerlardan embrionning blastula davri hosil qiladi. Blastomerlardan embrionning blastula davri hosil bo’ladi.Blastulani hosil qiladigan blastomerlar ham bir biridan farq qiladi.
Embrion rivojlanishining navbatdagi bosqichida blastomerlar shakllanishiichki tuzilishi va vazifalarga ko’ra bir biridan farq qiladigan yo’nalish oladi. Embrion rivojlanishining blastomer davri ham hozirgi paytda yaxshi o’rganilgan bo’lib, har bir blastomerning kelajakdagi taqdiri ya’ni kelajakda qaysi organlar hosil bo’lishida ishtirok etishi aniqlangan.
Murtak davrida embrional rivojlanishining blastula davri tugab murtakning boshlang’ich urug’lari hosil bo’la boshlaydi. Bunda kelajakda turli to’qima va organni hosil qiladigan hujayralar to’plami paydo bo’ladi. Murtak davrida ma’lum hujayralar to’plamidan tuzilgan embrion qavatlari hosil bo’ladi va ular differensiallanishi natijada har xil to’qimalar vujudga keladi. Masalan, ektoderma qavatdan shakli naysimon bo’lgan nerv to’qimasining chegarasi hosil bo’lib ajralib chiqadi, mezodermadan esa har xil somitlar hosi bo’lib ajralib chiqadi, mezodermadan esa xar xil somitlar hosil bo’lib,ular sklerotom, miotom, dermatom splanxnotomlarga ajraladi.
Umurtqali hayvonlarda, ko’pincha , boshlang’ich urchuq bilan birgalikda mezenxima qavatidan ajralib chiqqan hujayralardan hosil bo’ladi va organlar boshlang’ich kurtaklarining o’rtalarini to’ldirib turadi. Mezenxima tabaqalanishi natijasida esa shakli va vazifasi har xil bo’lgan to’qimalar hosil bo’la boshlaydi. Masalan , qon hujayralari, suyak, biriktiruvchi to’qima, silliq tolali muskul to’qimalari mezenximadan hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |